Xristian dini markazlari. Hozirgi kunda xristianlar diniga mansub bo‘lgan yer yuzasidagi xalqlarning muqaddas sig‘inishadigan joylari juda ko‘p bo‘lib, ularning aksariyat qismi Yevropada Rim (Italiya), Parij va Lura (Fransiya). Fotima (Portugaliya), Varshava (Polsha), Monserrat (Ispaniya) shaharlarida joylashgandir.
Xristianlarda eng qadrli sajdagohlaridan biri - bu Parij shahridagi Notr-Dam ibodatxonasi bo‘lib hisoblanadi. Bu ibodatxona Iiusus Xristosning chillak qilinishi va o‘limi bilan bog‘liq muqaddas joy bo‘lib, butun Fransiya sayyohlarni o‘ziga jalb etuvchi maskan bo‘lib hisoblanadi. Notr-Dam ibodatxonasi butunlay tog‘olcha daraxti materialidan yasalgan katta bir koshonadir. 1985 yildan boshlab bu yerda har yili butunjahon xristian yoshlarining kuni o‘tkazilib kelinmoqda.
Ushbu yoshlar forumiga Rim papasi Ioanna Pavel II tomonidan 1985 yili asos solingan edi. Har yili bu yerga katolik diniga e’tiqod qiluvchi 500 mingdan ortiq talaba yoshlar tashrif buyurishadilar va sig‘inishadilar.
Yevropadagi eng yirik diniy markazlaridan yana biri Rim shahri bo‘lib hisoblanadi. Bu qadim shaharda dunyoga mashhur saborlar joylashgan. Ulardan bir San –Javanni in - Laterano IV asrda bunyod etilgan. Uni «Rimdagi va Yerdagi barcha cherkovlarning onasi» deb ulug‘lashadi. Unda Muqaddas yodgorliklar jamlangan: avliyo Petr va Pavel boshlari, iudey Nuh payg‘ambari, Aaronning muqaddas temir tayog‘i, Mariyaning yoping‘ichi, Sirli oqshomlar o‘tkazilgan stol qismi, «haqiqiy xoch» ustuni shular jumlasidandir. Bizning davrimizgacha tabarruk zinapoya saqlanib qolgan. U Iyerusalimning Pilat saroyidan olib kelingan. Rivoyatlarga ko‘ra, undan Iso payg‘ambarni qatl etishga olib chiqishganmish. 28 marmar zinalaridan faqat tizzalarni bukibgina ko‘tarilish mumkin. Hozirgi vaqtda San-Javanni in-Laterano Rim kafedral sabori hisoblanadi.
Rimdan tashqarida Vatikan shahar-davlati joylashgan. U katolik cherkovlari markazi, uning rahbari Rim papasining qarorgohi hisoblanadi. Vatikanda madaniyatning bebaho xazinalari to‘plangan. Jumladan Avliyo Petr sabori o‘zining ulug‘vorligi bilan kishini hayratga soladi. Bu yerga dunyoning hamma tomonlaridan ziyoratchilar oqib keladi. Udumga ko‘ra ular yo‘l ko‘rsatuvchi Avliyolar mashhur xaykallari poyini o‘pib, tavof qiladilar. Katolik bayrami - Pasxa kunlari ayniqsa Vatikan gavjum bo‘ladi. Papa Avliyo Negra maydoniga to‘planganlarga xudodan ezgulik tilaydi. Uning ta’sirli nutqi toat-ibodat ruhiga singib dinga e’tiqod qiluvchilarni chuqur hayajonga soladi. Barcha katoliklarning Oliy martabali Otasi ilohiy so‘zlarini jon quloqlarini berib tinglashadi.
Yuqorida tilga olingan xristian muqaddas yodgorliklari va udumlari va udumlari ro‘yxati shular bilan tugamaydi. Ilohiy sig‘inish joylari va buyumlari xilma-xilligi, soni bo‘yicha dunyoning biror boshqa dini xristianlikka teng kelmaydi.
Shuni qayd qilish kerakki, hozirgi kunda ham Yevropaning boshqa hududlarida ham, jumladan Belgiyaning Bryuge, Italiyaning Turin, Fransiyaning Lurd, Polshaning Yasna-Guru shaharlaridagi muqaddas qadamjo joylar xristian diniga e’tiqod qiluvchi millionlab ziyoratchi sayyohlarni o‘ziga jalb qilib kelmoqdalar.
Rivoyatlarga ko‘ra, Iiusus Xristos vafotidan so‘ng uning jasadi zig‘ir tolasidan to‘qilgan matolarga o‘ralib, xushbuy hid tarqatuvchi mirra smolasi va zaytun yog‘iga shimdirilib qoyadagi g‘orga joylashtirilgan. Kafan ehtiyotkorlik bilan saqlanganligi sababli xristianlar unga muqaddas tabarruk sifatida hanuzgacha sig‘inib kelmoqdalar. XIX asr o‘rtalariga kelib, Iiusus Xristosga ta’luqli 42 donadan iborat asl nusxaga ega bo‘lgan kiyim kechaklar: yelkaga tashlanadigan, yengsiz kamzullar ham saqlanib qolgan. Hozirgi kunda bu kamzullar Italiyaning Turin shahridagi bosh soborida kumush bilan zirhlangan nafis sandiqchada hamon saqlanib kelinmoqda. U har 25 yil mobaynida bir marta xalq ommasi oldida namoyish etiladi. Bunday paytlarda Turin shahriga 3 mln. ga yaqin ziyoratchilar kelishadi. Tabarruk narsaning oxirgi marotaba namoyish amallari 2003 yilda o‘tkazilgan. Uni ko‘rish uchun kishilar 15-16 soatdan ortiq navbat kutib turishadilar.
Boshqa bir muqaddas narsa Iiusus Xristosga tegishli «qon tomchisi» bo‘lib, u Belgiyaning Bryuge-shahridagi ibodatxonada saqlanib kelinmoqda. O‘z vaqtida bu tabarruk narsani Iyerusalim patriarxi (ruhoniysi) Belgiyalik graf Gyeri Elzasskiyga sovg‘a sifatida hadya qilingan. Hozirgi paytda har juma kuni muqaddas «qon tomchisi» billurdan yasalgan maxsus idishda “Qon kuni” bayramida ommaga namoyish qilinadi va ziyoratchilar tomonidan tavob etiladi. Bayram tantanalari butun Bryuge shahri ko‘chalari bo‘ylab o‘tkaziladi va unda o‘n minglab ziyoratchi-sayyohlar qatnashadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |