Халқаро туризм



Download 1,06 Mb.
bet136/289
Sana17.07.2021
Hajmi1,06 Mb.
#121732
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   289
Bog'liq
Халкаро туризм дарслик 2018 умк 1398-6-29-14-47

Buddizm dini markazi. Buddizm dini o‘zining keng ko‘lamligi jihatidan dunyoda xristian va islom dinlaridan keyin uchinchi o‘rinni egallaydi. Buddizm ilk bor qadimgi Hindiston hududida eramizdan oldin VI-V asrlarda paydo bo‘lgan. Keyinchalik u Janubiy Sharqiy Osiyo, Markaziy Osiyo qisman O‘rta Osiyo va Sibirga tarqalgan. Hozirgi kunda buddizm diniga e’tiqod qiluvchilar Xitoydagi Himolay tog‘ida joylashgan muqaddas Lxasa shahriga qadamjo qilishadilar. Shahar dengiz sathidan 3650 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, u yerda Dalay-Lama monastri va juda katta saroy joylashgan. Ushbu saroy XVII asrda qurilgan bo‘lib, mingdan ortiq xonalardan iborat. Saroyda o‘n mingga yaqin sig‘inadigan narsalar va 20 mingdan ortiq turli xil haykallar mavjud. Dalay–Lama saroyida butunjahon buddizm dini boshqarmasi joylashgan.

Buddizm dinining ikkinchi bir muqaddas, sajdagoh markazi Shri Lanka davlatininг Kandi shahrida joylashgan. Shaharning markaziy qismida Dalida Maligava ibodatxonasi joylashgan bo‘lib, unda Buddaning chap qoziq tishi hanuzgacha saqlanib kelinmoqda. Rivoyatlarga ko‘ra, Buddani olovda kuydirish (krematsiya qilish) chog‘ida uning shogirdlaridan biri tishini sug‘urib oladi. Ushbu tish Hindistonda sakkiz asr davomida saqlanadi va hind malikasi Xemalakta xonim tomonidan yashirincha Shri-Lankaga olib kelinadi. Buddaning tishi muqaddas va mujiza sifatida hamon saqlanib kelinmoqda.

Har yili iyul oyining oxiri va avgust oyi boshlarida Kandi shahrida “Tish marosimi” bayrami o‘tkaziladi va u bezatilgan fillarda butun shahar ko‘chalari bo‘ylab tantanali ravishda namoyish etiladi. “Tish marosimi” bayrami butun dunyo bo‘yicha buddizm diniga e’tiqod qiluvchi ziyoratchi sayyohlar bilan to‘lib-toshib ketadi va ushbu tantanalar qariyib o‘n kun davom etadi.

Buddizm dinida haykallarga ham sig‘inish va sajda qilish keng tarqalgan. Masalan, Yaponiyaning Osakadan uncha uzoqda bo‘lmagan Nara shahrida Todayzi ibodatxonasi bo‘lib, unda dunyoga mashhur bo‘lgan Buyuk Budda bronza haykali mavjud. Uning balandligi 16 metrga yetadi. Ushbu muqaddas sajdagohga keladigan sayyohlar soni beqiyos ko‘pdir.




Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish