Qadimgi misr dinlari bu atamaning boshqa maʼnolari ham mavjud, qarang: Misr (maʼnolari)



Download 81,5 Kb.
Sana28.12.2019
Hajmi81,5 Kb.
#31756
Bog'liq
QADIMGI MISR DINLARI

QADIMGI MISR DINLARI

Bu atamaning boshqa maʼnolari ham mavjud, qarang: Misr (maʼnolari).

Misr, Qadimgi Misr — Afrikaning shim.-sharqida, Nil daryosining quyi oqimida joylashgan qad. davlat. Tarixi. M.da odamlar paleolit davridan boshlab yashagan. Mil. av. 10—6ming yillikda Nil atrofidagi savannalarda tarqoq yashagan qabilalar terimchilik, ovchilik, keyinroq esa baliq ovlash bilan shugʻullanishgan. Ular orasida kad. som xalqlariga mansub qabilalar, barbarlar va kushitlar • boʻlib, ularning aralashuvidan mil. av. 4ming yillikda M. xalqi vujudga kelgan. Aholi nufusining ortishi chorvachilik va dehqonchilikka oʻtishni tezlashtirgan, bu esa hududiy jamoalarning paydo boʻlishiga olib kelgan. Dehqonchilik qilish uchun kanallar, toʻgʻonlar qurish zaruriyati tugʻilgan, buning uchun esa oʻzaro urushlarda asir tush gan qullar mehnatidan foydalanilgan. Natijada jamoada ijtimoiy tabaqalanish roʻy berib, urugʻ zodagonlari ajralib’chiqqan, qabila sardorlari podshohchalarga aylangan. Bir qancha mayda quldorlik davlatlar vujudga kelgan. Keyinchalik ular oʻrtasidagi kurash natijasida, shim.da Quyi Misr, jan.da Yuqori Misr podsholiklari tuzilgan. Mil. av. taxm. 3ming yillikda ikkala podsholik birlashib, yagona davlat barpo boʻlgan. M.ning key-ingi tarixi 4 asosiy davrga boʻlinadi: Ilk podsholik (mil. av. taxm. 3000— 2800), Qadimgi podsholik (mil. av. taxm. 2800—2250), Oʻrta podsholik (mil. av. taxm. 2050—1700), Yangi podsholik (mil. av. 1580—1070), Soʻnggi (Liviya-Sais va Eron) davr (mil. av. taxm. 1070—332). Ilk podsholik davri sugʻorish tarmoqlarining rivojlanishi, tosh va mis kurollarining mukammallashuvi, kulolchilik charxining paydo boʻlishi, ayirboshlash savdosining taraqqiy etishi bilan harakterlidir. Bu davrda davlat apparati va unga xizmat qiluvchi amaldorlar — kotiblar tabakasi shakllangan, maʼmuriy okruglar — nomlar tashkil topib, ularni noma rxl ar boshqargan, muntazam ravishda bosqinchilik yurishlari uyushtirilib turilgan, jumladan, jan.ga — Kush (Nubiya)ga, shim.-gʻarbga — liviyaliklarga va Sinay ya.o.dagi badaviylarga qarshi (bu yerda mis konlari bor edi) yurishlar qilingan. Qad. podsholik davrida q.x., hunarmandchilik, savdo va qurilish rivojlanishda davom etgan. Xususiy yer egaligi paydo boʻlgan. Oliy mansabdor — tchati (vazir) bosh boʻlgan davlat apparati mustahkamlangan. Firʼavnlar, shuningdek, bosh kohin ham boʻlib, barcha yer va fuqarolarning egasi hisoblangan. Jamoa aʼzolari va qisman kelgindilar (asosan, Kush aholisi)dan tuzilgan muntazam qoʻshin barpo qilingan. Ilohiylashtirilgan firʼavnlarning mutlaq hokimiyati gʻoyasi mahobatli maqbaralar — ehromlar qurilishida mujassamlantirilgan. Bu ayniqsa III —IV sulolalar davrida (Snofru, Xeops, Xefren, Mikerin ehromlari) avj olgan. Ularni bunyod etishda qul va dehqonlar mehnatidan keng foydalanilgan.

Mil. av. 23—22-a.larda M. oʻzaro nizoda boʻlgan bir qancha nomlar va mayda davlatlarga boʻlinib ketgan. Taxm. 2050 y. Mentuxotep I davrida mamlakat Fiva sh. gegemonligi ostida qayta birlashgan. Bu shahar M.ning poytaxtiga aylangan.



Oʻrta podsholik davrida, asosan, XII sulola vakillari hukmronlik qilishgan. Fayyum vohasida yirik irrigatsiya ishlari olib borilgan. Jez (bronza) buyumlari paydo boʻlgan. Suriya, Krit, jan.da — Punt bilan aloqalar kuchaygan. Senusert III davrida Kush (Nubiya)ning bir qismi M.ga qoʻshib olingan. XII sulolaga mansub dastlabki firʼavnlar davrida oʻzaro ichki nizolar davom etmoqda edi. Faqat Amenemxet III davrida (19-a.ning 2-yarmi) isyonkor nomarxlar boʻysundirilib, markaziy hokimiyat mustahkamlangan. Ittaun sh. M. poytaxtiga aylangan. Biroq mulkiy tabaqalanishning kuchayishi kambagʻallarning qoʻzgʻoloniga sabab boʻlgan, natijada taxm. 1750 y. mamlakat yana parchalanib ketgan. Taxm. 1700 y. M.ga shim.-sharqdan giksoslar bostirib kirib, mamlakatning katta qismini deyarli 110 y. egallab turganlar. Avarisda qoʻnim topgan ularning podshoxlari XV va XVI sulolani tashkil etishgan. Fivada mahalliy hukmdorlar saqlanib qolgan (XVI1 sulola). Ushbu sulolaga mansub firʼavnlardan Sekenenra va Kamos ozodlik urushini boshlab yuborishgan, bu kurash ularning vorisi XVIII sulola asoschisi Yaxmos I (Amasis) tomonidan muvaffaqiyatli yakunlangan. U taxm. 1580 y. giksoslarni M.dan quvib chiqargan. Shundan soʻng tiklangan M. davlati Yangi podsholik deb atalgan. Bu davrda jezdan keng qoʻllanila boshlangan, temirdan ishlangan dastlabki buyumlar paydo boʻlgan, metallsozlik, toʻqimachilik dastgohi va omoch takomillashgan, gʻildirakli ara-valar keng tarqalgan, shishasozlik rivojlangan. Boʻysundirilgan va qoʻshni mamlakatlardan oʻlpon sifatida va ayirboshlash yoʻli bilan xom ashyo olib kelingan, jumladan, kumush, qoʻrgʻoshin, mis, yogʻoch materiallari Suriya va Falastindan, oltin, fil suyagi Kushdan, xushboʻy atirlar, oliy nav daraxt koʻchatlari Puntdan keltirilgan. Malika Xatshepsut tomonidan Puntga joʻnatilgan flot haqidagi maʼlumot saqlangan. Xususiy qulchilik nihoyatda keng rivojlangan. Muvaffaqiyatli harbiy yurishlardan soʻng 10 minglab qullar keltirilgan. Tinimsiz davom etgan urushlar XVIII—XX sulolalar firʼavnlarini qoʻshin tuzilishini takomillashtirishni oʻylashga majbur qilgan, qoʻshin asosini zodagon aravakashlar tashkil qilgan. Piyoda qoʻshin uchun namunaviy qurol, xususan, ulama kamon joriy etilgan. Bu tadbirlar armiyaning jan-govarlik qobiliyatini oshirgan. Yaxmosning vorislari Tutmos I, ayniqsa, Tutmos III, Amenxotep II shim.da Suriya va Falastinni, jan.da — Kushning bir qismini M.ga qoʻshib olganlar. Mitanni, Bobil va Xett podsholigi bilan muntazam diplomatik alokalar oʻrnatilgan. Amenxotep III davrida (15-a.ning 2-yarmi) M. oʻz qudratining yuksak choʻqqisiga yetgan. Firʼavnlardan katta yerlar, qullar, oltin va b. olib turgan ibodatxonalar mavqeining ortishi kohinlarni podsho hokimiyati bilan toʻqnashuviga olib kelgan. Kohinlar va zodagon nomlar mavqeini pasaytirish maqsadida Amenxotep IV (Exnaton) mayda va oʻrta yer egalariga tayangan holda diniy islo-hot oʻtkazgan, xususan, eski maʼbudlarga sigʻinishni bekor qilib, yagona quyosh maʼbudi — Atonga sigʻinishni joriy qilgan. Exnaton oʻz qarorgohini yangi qurgan shahri Axetatonga (hoz. Al-Amarna) koʻchirgan. Firʼavn bilan kohinlar oʻrtasidagi kurash M.ni za-iflashtirgan; 14-a.ning 1-yarmida u shim.dagi barcha mulklardan ajralgan. Exnatonning vafotidan soʻng firʼavnlardan Tutanhamon va Xoremxeb davrida kohinlar va zodagonlar eski dinni tiklashga erishganlar. XIX sulolaning eng mashhur vakili Ramses I davrida Suriyani egallash uchun xettlar bilan kurash olib borilgan. Mil. av. 13-a.ning 2-yarmi —12-a. boshida, firʼavnlar Merneptax va Ramses IV davrida "dengiz xalqlari" va liviyaliklar bosqini qaytarilgan.

Uzok, davom etgan urushlar M.ning iqtisodiy, siyosiy va harbiy jihatdan zaiflashuviga olib kelgan; XX sulola hukmronligining oxiriga kelib Suriya va Kushning jan. viloyatlaridagi mulklar qoʻldan ketgan. Ramses XII davrida (mil. av. taxm. 1070 y.) Fivadagi hokimiyat amalda Amon maʼbudning oliy kohini — Xerixor qoʻliga oʻtgan.

Soʻnggi (Liviya — Sais va Eron) davrida temirdan foydalanish, pul muomalasi keng tarqalgan. 11-a.ning 2-yarmi —10-a. boshida M.ning navbatdagi parchalanishidan soʻng liviyalik harbiylar rahbari Sheshoik 10-a. oʻrtasida Bubastisda xrkimiyatni qoʻlga olib, XXII sulolani boshlab bergan. Bu sulola firʼavnlari M.ni yagona davlat qilib birlashtirishga intilganlar. Mil. av. 8-a. 2-yarmida M. Kushga tobe boʻlib qolgan (XXV sulola), mil. av. 671 y. esa ossuriyaliklar tomonidan bosib olingan. Sais hokimi Psammetix 1 (663—610) yunon va kariyalik yollanma qoʻshin yordamida mamlakatni ozod qilishga va uni birlashtirishga erishgan. U va uning vorisi Nexo II davrida Yunoniston va Sharqiy Oʻrta dengizning boshqa mamlakatlari bilan mustahkam savdo aloqalari oʻrnatilgan, Deltada yunonlar manzilgohi (koloniyasi) Navkratisga asos solinadi, Nilni Qizil dengiz bilan bogʻlovchi kanal kaziladi; Nexo II tomonidan yuborilgan finikiyalik dengizchilar Afrika qitʼasini Sharkdan Gʻarbga aylanib oʻtishgan. Nexo II, Psammetix II va Apriy Suriya va Falastinga egalik qilish uchun Bobil bilan kurash olib borishgan. Biroq zaiflashib qrlgan M. Eron podshosi Kambis qoʻshini zarbasini qaytara olmagan va mil. av. 525 y. [[Ax[[omaniylar davlati tarkibiga qoʻshib yuborilgan. Mil. av. 331 y. Aleksandr (Iskandar Maqduniy) axomaniylarga qarshi yurishi chogʻida M.ni bosib olgan. Shundan soʻng M. ellinistik dunyoning bir qismiga aylangan. Makedoniyalik Iskandar tomonidan asos solingan Iskandariya sh. eng yirik savdo va madaniy markazga aylangan. M.da hunarmandchilik va savdoning yangi markazlari vujudga kelgan, savdo aloqalari (Arabiston va Hindistongacha) kengaygan, Gʻarb va Sharq davlatlari madaniyatlarining uygʻunlashuvi sodir boʻlgan. Mil. av. 2-a.ning oxiriga kelib i.ch. pasaygan, bozorlar kamaygan, iqtisodiy va siyosiy tushkunlik roʻy bergan. Mil. av. 2-a. boshlarida Sshavkiylar davlati va Makedoniya bilan boʻlgan urushlardan soʻng M. koʻp yerlaridan ajralgan. Mamlakatda oʻzaro ichki nizolar, xalq galayonlari avj olgan. Bu davrda Rim M.ning ichki ishlariga aralasha boshlagan. M. zodagonlari uning yordamida galayonlarni bostirishga harakat qilgan. Bu M.ni rimliklar Misrliklar maʼbudi Tot—iyerogrif yozuvi ijodkori (papirus; London, Britaniya muzeyi).

tomonidan bosib olinishiga imkon bergan, natijada mil. av. 30 y.dan M. — Rim viloyati. Mil. 395 y. Rim imperiyasi boʻlingach, Sharqiy Rim imperiyasi (Vizantiya) viloyati. 619 y. Eron shohi Xusrav II Vizantiyaning zaiflashib qolganidan foydalanib, M.ni bosib olgan. 639—642 y.larda M.ni arablar zabt etgan. M.ning keyingi tarixi haqida Misr Arab Respublikasi maqolasiga qarang .

Qad. Misr hukmdorlari. Ilk podsholik. 1sulola: Meneye, Jer, Den, Semerxet, Ka. 2sulola: Xotep-Sexe-mui, Nebra, Peribsen, Xasexem, Xa-sexemui. Qad. podsholik. 3sulola: Joser, Sexemxet, Neferka. 4sulola (mil. av. 28—26a. oʻrtalari): Snofru, Xeops (Xufu), Xafra (Xefren), Mikerin (Menkaura), Shebeyeskaf. 5sulola (mil. av. 26—25-a.

lar): Userkaf, Neferirkara, Neuserra, Isesi, Una. 6sulola: (mil. av. 25—23-a. oʻrtalari); Teti I, Piopi I, Merenra I, Piopi II, Merenra II. 7, 8, 9sulolalar (mil. av. 23—22-a. oʻrtalari). 10sulola (mil. av. 22—21-a. oʻrtalari). 11sulola: Antef 1 Sexertaui, Menxuxotep III Nebxepetra.

Oʻrta podsholik. 11sulola: Mentuxotep IV Sanxkara (2015—2007), Mentuxotep V Nebtauira (2007—2000). 12sulola (2000—1787): Amenemxet I (2000-1970), Senusert I (1970-1934), Amenemxet II (1934—1896), Senusert III (1884—1849), Amenemxet III (1849— 1801). 13- sulola (1785—1700). 14sulola (1680 y.gacha). 15- va 16- (giksoslar) sulola (1700—?). 17sulola (1680— 1580): Senenenra, Kamos. Yangi podsholik. 18sulola (1580—14-a. oʻrtalari): Yaxmos I (1580—1559), Amenxotep I (1559-1538), Tutmos I (1538-1525), Tutmos II va Xatshepsut (1523—1503), Tutmos III (1503—1491), Amenxotep III (1455—1419), Amenxotep IV (Exnaton, 1419—1400), Tutanhamon (1400—1392),Xoremxeb (14-a. oʻrtalari). 19sulola (1342-1206): Seti I (1337-1317), Ramses II (1290—1224). 20sulola (1204— 1085): Ramses IV (1204—1180), Ramses XII (1112—1070). Soʻnggi podsholik (mil. av. 11—4-a.lar). 21sulola (1085—950): Xerixor (Fiva), Smendes (Tanis) (1035—1054). 22-(liviyalik) sulola (950-730): Sheshoik (950-929). Osorkon I (929-893), Takelot 1 (893-870), Osorkon II (870—847), Sheshoik III (823-772). 23sulola (817-730): Pe-dubast (817—763), Sheshoik IV (763— 757). 24sulola (730—715): Bokxoris (720 — 715). 25- (nubiylar) sulola (751-656): Pianxi (751-716), Shabaka (716-701), Shabataka (701-689), Taharka (689—663), Tanutamon (663— 656). 26- sais (sulola) (663 — 525): Psammetix I (663—610), Nexo II (610-594), Psammetix II (594—588), Apriy (588-569), Yaxmos II (569-525). 27-(forelar) sulola (525—404, yana q. [[Ax[[omaniylar), 28sulola (404—398). 29sulola (398—378). 30sulola (378—341). 31- (forelar) sulola (341—322, yana q. [[Ax[[omaniylar).

Maorifi. Qad. podsholik davrida firʼavnlar saroyida boʻlajak mirzalarni tayyorlaydigan maktablar tashkil qilingan. Keyinchalik ibodatxonalar va yirik davlat idoralari qoshida ham maktablar ochilgan. Maktabda 5 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan bolalar oʻqitilgan; 12 yoshdan boshlab talabalar idoralarda mirzalik qilishgan. Mashgʻulotlar tong sahardan kechgacha davom etgan; maktabda qattiq institutizom joriy etilgan, tan jazosi qoʻllanilgan. Oʻquv, yozuv va hisob asosiy fanlar boʻlgan. Oʻquv predmetlaridan tashqari, maktabda gimnastika mashgʻulotlari va suzish, yaxshi muomalaga oʻrgatilgan. Ibodatxonalar qoshidagi maktablarda umumiy va diniy bilimlar bilan birga astronomiya, tibbiyot oʻrgatilgan. Zodagonlarning bolalari qoʻshin boshliklari tayyorlaydigan harbiy maktablarda taʼlim olishgan.

Texnika va fani. Nil vodiysida paleolit davridayoq mehnat qurollari ishlangan. Keyinchalik neolit davrida (mil. av. 5ming yillik) aholi ovchilikdan chorvachilik, soʻngra dehqonchilikka oʻtishi bilan tosh, suyak va yogʻochdan ishlangan dastlabki q.x. asboblari— choʻkich, oʻroq va b. paydo boʻlgan. Mil. av. 4ming yillikdan boshlab, mis ishlatila boshlangan, kulolchilik dastgohi paydo boʻlgan. 3ming yillikdan shishasozlik rivojlana boshlagan. 2-ming yillikdan jezdan foydalanila boshlangan. Temirdan yasalgan ilk buyumlar mil. av. 2-ming yillik oʻrtalariga oiddir. Misrliklar oltin va kumushdan haqiqiy sanʼat asarlarini yaratganlar. Sunʼiy sugʻorishdan keng foydalanilgan, kanal va toʻgʻonlar bunyod etilgan. Yuqoriga suv chiqarish uchun laylak (havoza-shaduf), chigʻir (sakkis)dan foydalanishgan. Ilk podsholik davrida omoch paydo boʻlgan.

Qad. Misrda asosiy qurilish materiali sifatida loy va qamishdan foydalanilgan. Firʼavnlar saroyi va qalʼalar qurilishida xom gʻisht ishlatilgan. Toshlarga sayqal berishda misrliklar ajoyib yutuklarga erishganlar. Ehromlar qurishda ishlatiladigan katta tosh plitalarni yuqoriga richag , havoza yordamida koʻtarganlar. Mat., astronomiya taraqqiy etgan. Kohinlar va mirzalar oddiy asboblar (chizgich, tosh bogʻlangan ip) yordamida sayyoralar va yulduzlarning holatini belgilashgan. Vaqtni belgilash uchun quyosh va suv so-atlari (klependralar)dan foydalanganlar. Sodda geografik haritalar va shahar loyihasi rejalari tuzilgan. M.liklar planimetriya, ayniqsa, stereometriya sohasida bilimli boʻlishgan; toʻgʻri toʻrtburchaklar, uchburchaklar, aylanalar yuzasi, oddiy va kesik piramidalar sirti va hajmini hisoblab chiqishgan. Yil 3 mavsum (toshqin, oʻrim, qurgʻoqchilik) va 12 oyga boʻlingan. Har oy 30 kundan iborat boʻlgan, yil oxirida qoʻshimcha 5 kun kiritilgan, bu har 4 yilda astronomik yil bilan kalendar yili oʻrtasidagi 1 kunga farq qilinishiga imkon bergan. Jarrohlik rivojlangan, tabiblar bosh miyani ochganlar, tishlarga plomba qoʻyganlar. Jasadlarni mumiyolashda turli anvoi xushboʻyliklar, doridarmonlar, boʻyoqlar va b.ni tayyorlashgan.

M.liklarning turli sohalardagi bilimlari jahon fanining rivojiga muhim hissa qoʻshgan. Yunonlar M.ni qad. donishmandlar yurti deb, M.liklarni esa oʻz ustozlari deb hisoblab kelishgan.

Mifologiya va dini. M. miflari orasida markaziy oʻrinni dunyoni yaratilishi, insonlarni qilgan gunoxlari uchun jazolash, quyosh xudosi Ra bilan ilon Apop obrazidagi zulmat kuchlari oʻrtasidagi kurash, Osirisning oʻlimi va qayta tirilishi va b. egallaydi.

M.liklar dini ilk urugʻdoshlik jamoalarida vujudga kelgan. Diniy anʼanalar mustahkam va turgʻun boʻlgan. Fetishizm, totemizm ayniqsa, hayvonlarga topinish, M.da uzoq vaqt davom etgan. Politeizm mavjud boʻlgan. Deyarli har bir maʼbud qandaydir hayvon koʻrinishida tasvirlangan. Mac, Anubis maʼbudi boʻri, maʼbuda Bast — mushuk koʻrinishida tasvirlangan. Keyinchalik maʼbudlar insoniy qiyofa olgan. Aholi dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullana boshlagach, turli xil tabiat kuchlarini oʻzida ifodalovchi maʼbudlarga, jumladan, osmon (maʼbud Nut), Yer (maʼbud Geb), Quyosh (maʼbud Ra), Oy (maʼbud Tot) va b. ga sigʻinish kuchaygan. Xapi maʼbudi obrazida M.lik dehqonlar Nil daryosiga sigʻinishgan. M.da juda boy diniy va jodu kitoblari yaratilgan. Afsunlar, duolar, sharxlar, maʼbudlarga iltijolar toʻplam qilingan (mas, "Ehrom matnlari", "Sarqofa matnlari", "Murdalar kitobi" va b.). Qad. M. ilo-hiyoti antik dunyo dinlarida keng tarqalib, xristian aqidalari, urf-odatlariga katta taʼsir koʻrsatgan.

Adabiyoti. M. tilida yozilgan eng qad. yodgorliklar mil. av. 3ming yillikka, soʻnggilari esa mil.ning boshlariga oiddir. M. adabiyoti namunalari bizgacha koʻplab iyeroglif, iyeratik va demotik matnlarda yetib kelgan. M. Adabiyoti Firʼavn Taharka ulkan lochin kiyofasidagi maʼbud, Gorga sajda qilmoqda (zarhal jez; Parij, Luvr).

dunyodagi eng kad. adabiyotlardan biridir. M. adabiyotining asosiy janrlari: ertaklar, qissalar, madhiyalar va duolar, didaktik asarlar, masallar, dostonlar, sevgi lirikasi va b.dir.

Badiiy adabiyot yodgorliklari bilan birga M. adabiyotiga ehrom matnlari va adabiy salohiyatga ega boʻlgan shohlar va amaldorlarning bitiklari ham kiritiladi. M. adabiyoti qadimda boshqa xalqlar adabiyotiga, jumladan, yunon adabiyotiga (ayniqsa, yunonrim) ham taʼsir koʻrsatgan. Baʼzi syujetlar yunonlar orqali Yevropa xalqlari adabiyotiga kirib kelgan.

Meʼmorlik, tasviriy va amaliy-bezak sanʼati. Din va ilohiylashtirilgan firʼavn kulti ehtiyojlariga xizmat qilishi lozim boʻlgan M. sanʼati oʻz gʻoyalarini qatʼiy belgilangan shaklda ifodalagan. Meʼmorlik firʼavnlar hokimiyatining qudratini, ulugʻvorligini va mashhurligini koʻrsatishga qaratilgan, shu maqsadda bino (ehrom, ibodatxona, saroy va b.) larning ulkan, hashamatli boʻlishiga ahamiyat berildi.

Nil daryosi vodiysidagi badiiy madaniyat yodgorliklari qadimdan maʼlum. Mil. av. 5—4ming yilliklarda loy va qamishdan qurilgan turar joylar oʻrniga asta-sekin yogʻoch va xom gʻishtdan toʻgʻri toʻrtburchak tarxli turar joylar qurilgan. Ilk podsholik davrida qad. M. sanʼati tamoyillari, turlari va janrlari shakllangan. Bu davrda diniy meʼmorlikning asosiy turi — mastabalar toʻgʻri toʻrtburchak tarxda koʻplab qurilgan. Haykaltaroshlikda geometrik uygʻunlik, simmetriya va statistikaga eʼtibor berilgan (firʼavn Xasaxem xaykali, mil. av. 3ming yillik boshlari).

Qad. podsholik davrida badiiy usullar takomillashgan, yangi meʼmoriy tiplar paydo boʻlgan. Meʼmor Imxotep exromning meʼmoriy tipini yaratadi. U firʼavn Joser uchun Sakkarada marhumlar ruhiga bagʻishlab marosimlar oʻtkaziladigan majmua bunyod etadi, uning markazida pogʻonali maqbara — ehrom (bal. 60 m., asosi 109,2x121 m) qurgan. Keyinchalik Qad. podsholik meʼmorlari faqat ehrom shakllarini takomillashtirganlar. Gizada meʼmor Xemnun firʼavn Xeops uchun qurgan ehrom (bal. 146,59 m, asosi 233x233 m), shuningdek, firʼavnlar Xefren (bal. 143,3 m, asosi 215,25x215,25 m), Mi-kerin (bal. 62 m, asosi 108,4x108,4 m) ehromlari (barchasi Gizada) shunday inshootlar qatoriga kiradi. Qad. podsholik davrida ibodatxonalarning yangi tipi paydo boʻlgan, ular odatda M.ning bosh maʼbudi — Quyosh maʼ-budi Raga bagʻishlangan. Toʻgʻri toʻrtburchak tarhli bunday ibodatxonani, odatda, ochiq qovlisi boʻlib, uning chekkalarida sajdagohlar va uchiga oltin qoplangan obelisk joylashgan. Maqbara va ibodatxonalar devoriy rasmlar, relyef va haykallar bilan bezatilgan. Bu davrda haykal portretlar sanʼati taraqqiy etdi. M.liklar tasavvuricha haykal portretlar marhumlarning qiyofadoshi rolini oʻtab, ma-rhumlarning ruxlari joylashgan joy vazifasini oʻtashgan.

Oʻrta podsholik davrida M. sanʼatida bir qator yangi xususiyatlar paydo boʻlgan. Firʼavnlarning maqbaralari oʻz mahobatini yoʻqotgan, ular koʻpincha qoya toshlarga oʻyib ishlangan, irrigatsiya inshootlari (kanallar, toʻgʻonlar, dambalar, Fayyum tevaragidagi suv omborlari) qurilgan, shaharlarning roli oshgan. Shahar qismlari tabaqaviy boʻlinish asosida qurilib, ular devor bilan ajratilgan. Oʻrta podsholik tasviriy sanʼatida realistik tendensiyalar kuchaygan. Nomarxlarning maqbaralaridagi devoriy rasmlardagi maishiy koʻrinishlari jonli ishlashga, oʻsimlik, hayvon, qushlarni jozibador koʻrsatishga, haykallarda modelning harakterini, yoshini va b.ni ifodalashga ahamiyat berildi (firʼavnlar Giksoslar istilosi (mil.av. 1700— taxm. 1580 y.lar)dan keyin Kds. M. sanʼati tushkunlik davrini boshidan kechirib, Yangi podsholik davrida katta ravnaq topdi. Osiyoga qilingan zafarli yurishlar, M. boyligini orttirdi, binolarda hasham koʻpaydi. Rasmlar va devoriy rasmlarda ziyofatlar, tantanalar, ov manzaralari aks ettirildi, manzara janriga alohida eʼtibor berildi (Rexmir, Naxt, Jes-serkaraseneb maqbaralaridagi devoriy rasmlar, mil. av. 15-a. oxiri). Yangi podsholik davri meʼmorligida ochiq tipdagi ibodatxona — sajdagohlar keng tarqalgan. Bu ibodatxona devorlariga firʼavnlarning gʻalabalari aks etgan devoriy rasmlar ishlangan (Amonra maʼbudning Karnakdagi, mil. av. 16— 12-a.lar va Luqsordagi ibodatxonasi, mil. av. 15—13-a.lar). Firʼavn Exnaton hukmronligi davrida eski maʼbudlarga sigʻinish bekor qilingan, yangi maʼ-bud — Atonga sigʻinish joriy qilingan. Yangi poytaxt — Axetaton qurilgan. Haykaltarosh Tutmes yaratgan firʼavn va uning xotini Nefertiti portretlari Qad. M. sanʼatining nodir namunalari sifatida hozirgigacha yetib kelgan. Mil. av. 14-a.ning 1-yarmida tasviriy sanʼatda quruq dekorativlik koʻproq koʻzga tashlandi (firʼavn Tutanhamon maqbarasidan topilgan oltin niqob va b.). Mil. av. 14-a.ning 2-yarmidan ibodatxonalar kurilishi kengaygan bu davrda binolarning dabdabali va mahobatli boʻlishiga eʼtibor qaratildi (Karnakdagi 134 kolon nali, devor va kolonnalariga rangdor relyeflar ishlangan ibodatxona). Qoya ibodatxonalari ham koʻplab qurilgan (Abu Simbaldagi Ramses II ning katta ibodatxonasi).

Qad. M.da amaliy-bezak sanʼati yuksak darajada taraqqiy etganligiga bizgacha saqlanib qolgan shifer, ganch, billurdan ishlangan idishlar, fil suyagi va yogʻochdan yasalgan qoshiqchalar, tilla baldoq, uzuk, munchoqlar, qimmatbaho toshlar qadab, oʻyma naqsh, tasvir ishlangan qutichalar, badiiy mebel va b. misol boʻlishi mumkin.

M. Aleksandr tomonidan bosib olingach, mamlakat ellinistik madaniyat, keyinchalik Qad. Rim madaniyati taʼsir doirasiga kirgan (Edfudagi maʼ-bud Gor ibodatxonasi, mil. av. 3—1-a.lar; Fayyum voqasidan topilgan rangtasvir portretlar, mil. 1—4-a.lar). M. Vizantiya xukmronligi ostiga oʻtishi bilan (4-a. oxiri), mamlakatda xristian sanʼatining oʻziga xos mahalliy koʻrinishi shakllangan. Mamlakatni arablar fathetgach (7-a.), M. arab madaniyati tarqalgan viloyatlardan biriga aylangan.

Musiqasi. M. musiqa madaniyati — eng kds. madaniyatlardan biri. Bizgacha yetib kelgan musiqa madaniyatining ilk moddiy yodgorliklari mil. av. 3ming yillikka mansub. Bular turli musika asboblari — shiqildoq, tartarak, hamda chigʻanoqlardan yasalgan hushtaklardir. Maqbaralar devorlariga ishlangan barelyeflar maishiy tur-mushda musiqa keng tarqalganiga guvoxlik beradi. Ommaviy bayramlar, diniy marosimlar, mehnat jarayonlari musiqasiz oʻtmagan. M.da bir ovozli musiqa rivoj topgan. Yangi podsholik davrida koʻp ovozli musiqaning sodda shakllari ham paydo boʻlgan. Raqslar, sahna tomoshalari, badiiy adabiyot musiqa bilan uzviy bogʻliq boʻlgan. Arfa, nay, yogʻoch va jez karnay, organ, urma musiqa asboblari keng tarkalgan. Qad. M.da musiqa ijrochilari — professional musiqachi — shoirlar moʻʼtabar zot sanalib, firʼavnlarga qarindosh deb hisoblanishgan. Ellinistik va Rim davrida M.da musiqa oʻziga xosligini saklab qolgan. Rim hukmronligi barham topgach, turk, arab va b. xalqlar musiqa madaniyati bilan uzviy bogʻliqboʻlgan. M. musiqa madaniyati taraqqiyotining yangi bosqichiga koʻtarilgan.

Ad.: Xrestomatiya po istorii Drevnego Vostoka, pod. red. V. V. Struve i D. G. Redera, M., 1963; Struve V. V., Qadimgi Sharq tari-xi, T., 1956;Turayev B. A., Yegipetskaya literatura, t. I, M., 1920; Matye M. E., Iskusstvo Drevnego Yegipta, M., 1958; Vseobshaya istoriya arxitekturi, t. I, M., 1970; Zaks K., Muzikalnaya kultura Yegipta, v kn.: Muzikalnaya kultura drevnego mira, |Sb. statey|, L., 1937; L a u er J. F., Zagadki yegipetskix piramid, per. s frans., M., 1966; Neygebauyer O., Tochnie nauki v drevnosti, per. s angl., M., 1968.axaxa

Muhammadjon Raximov, Abduxalil Mavrulov.

Misrliklarning xudolari

Misr aholisi uchun din kundalik turmushning ajralmas bir bo`lagi hisoblangan. Qadimgi misrliklar xudolar hayvonlar siymosiga o`tib olib, mushuk, qo`y, ho`kiz,arslon, sigir shaklida odamlar orasida yashaydi deb hisoblashgan. Misrliklar xudolarning bir qancha joni mavjud: ulardan biri hayvon tanasida, boshqasi esahaykalida yashaydi deb bilishardi. Misrliklar xonadonidagi mehrobda xudolarning haykalchalari o`rnatilgan. Kohinlar — ibodatxona ruhoniylari, xudolarnidindorlar in'om tariqasida keltirgan narsalar bilan boqishadi, deb hisoblashgan.

Qadimgi Misr podsholigining poytaxti Memfisda o`z xudosi — Ptax bo`lgan. Ptax misrliklar e'tiqodicha, olamni yaratayotganida har bir narsaning nominiodamga o`rgatgan. Xudo shunchalik qudratliki, uni asl qiyofasida ko`rishning iloji yo`q. Shuning uchun ham Ptax degan xudoning Yer yuzidagi qiyofasiApis.bo`lib, u peshanasi va belida oq qashqasi bo`lgan qora ho`kiz timsolida tasavvur etilgan.

Misrliklar o`z xudolariga butunlay ishonishar, har bir ishni bajarishga kirishishdan avval ulardan maslahat, madad yoki rozilik so`rashar edi.

Mil. avv. 2 mingginchi yildan boshlab esa Quyosh xudosi Amon-Ra fir'avnlarning bosh ilohi va homiysi hisoblangan. Dastavval ikkita xudo bo`lgan: Fiva shahrihomiysi Amon va Quyosh xudosi Ra, so`ngra ikkalasi yagona xudoga birlashgan.

Uning ibodatxonasi Geliopolda (Baolbek) bo`lgan.

Fir'avnlar Quyosh xudosi o`g`illaridir, hukmdorlar hamma ishni o`zining samoviy otasi amri bilan amalga oshiradi, degan qarash mavjud edi.

Xapi— Nil xudosi— Misrdagi hayotning birlamchi manbai va posboni, Osiris — yerosti saltanati xudosi hisoblangan. Rivoyatda aytilishicha, Osiris Misrning ilkpodsholaridan biri bo`lib, o`z xalqini dehqonchilikka o`rgatgan ekan. Birodari Set esa Osirisni o`ldiradi. Ammo Osirisning xotini Isida uni mumiyolagan va qaytatiriltirgan ekan. O`shandan boshlab jon qaytib keladigan joy bo`lishi uchun barcha marhumlar mumiyolanadi. Osiris ibodatxonasi xarobalari Abidos shahridahozirgacha saqlanib qolgan.

Eslab qoling!  Tot - Oy, donishmandlik va tabobat xudosi.

Anubis- marhumlar, mumiyolanganlar xudosi va ko`milganlar rahnamosi.

Quyosh xudosi Amon-Ra; Tot – Oy donishmandlik va tabobat xudosi; Anubis - marhumlar va mumiyolanganlar xudosi; Quyosh xudosi -

Amon-Ra sharafiga qurilgan ibodatxona ustunlari

Kohinlar va ibodatxonalar



Kohinlar xudolar va odamlar o`rtasida vositachi bo`lishgan. Misrliklar e'tiqodicha, mabodo Yer yuzida maxsus marosimlar ado etilmasa, xudolar odamlargamadad bermay qo`yadilar. Kohinlar diniy marosimlarni bilar, qurbonlik bag`ishlar edilar. Kundalik turmushda ham kohinlarsiz biron ish qilish mushkul edi.Kohinlar Nil toshqini vaqtini, qachon urug`lik sochish va hosilni yig`ishtirib olish muddatini aniq bilishar edi. Barcha "nom'larda ibodatxonalar bo`lgan, fir'avnlarularga katta-katta boylik va yerlar hadya etishardi. Asosiy xudolarga atab qurilgan ibodatxonalar kattakatta yer mulklariga egalik qilar edi. Har bir zafarlibosqinchilik yurishidan keyin fir'avnlar o`ljaning bir qismini ibodatxonalarga hadya etardilar.
Download 81,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish