E. H. Eshboyev, Y. M. Fayziyev teri va tanosil kasalliklari



Download 421 Kb.
bet28/56
Sana22.03.2021
Hajmi421 Kb.
#61875
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   56
Bog'liq
т ере ва таносил

Mahalliy davolash. Mahalliy yoki sirtdan davolash aslida umu-miy davo hamdir, chunki ular faqat mahalliy ta'sir etib qolmay, balki teri orqali so'rilib, butun organizmga umumiy ta'sir etadi. Mahalliy davo har bir bemorga alohida tanlanadi. Shunday so'ng zararlangan o'choqning holati, kasallikning kechishi, bosqichi, jarohatning yuza yoki chuqurligi, shuningdek, bemor ilgari ishlatgan mahalliy davo vositalarini hisobga olgan holda mahalliy davolashni boshlash mumkin. Teri kasalliklarini mahalliy davolashda dorilarni sepish, namlash yoki ho'llash, turli aralashmalar va malhamlardan foydalanish mumkin. Namlash uchun ishlatiladigan suyuqliklar, chayqatma va upalar yuzaki ta'sir etish xususiyatiga ega.

Namlash, ho'llash — kasallikning o'tkir, yarim o'tkir yallig'lanish davrlarida, teri yuzasi issiq va nam bo'lganida ishlati-ladi. Bunda qon tomirlar siqilib, teri yuzasida pilchirash kamaya-di, qichish va og'riq yo'qoladi. Terini namlash uchun suvda eriydigan dorilardan foydalaniladi. Bunda namlash uchun qo'llaniladigan dorilardan biri ishlatiladi, buning uchun doka yoki bint 4—5 qavat qilib buklanadi va doriga ho'llanadi, biroz siqib so'ngra zararlangan joy ustiga bog'lab qo'yiladi. U qurib qolmasligi uchun har 10—20 minutda namlab turiladi. Namlash usulida 1—2 % li rezorsin, 0,25 % li kumush nitrat, 2% li borat kislotasi, 1:1000 etokridin laktat va boshqa dori eritmalaridan foydalaniladi.

Upalar (pudralar) — yallig'lanishga qarshi yuza ta'sir ko'rsa-tadi, ular dezinfeksiya qilish, qichishishni kamaytirish, teridagi nam, yog', terni o'ziga so'rib olib, terini sovitish xususiyatiga ega. Indifferent (talk, vismut, oq loy, rux oksidi, kraxmal), dezinfeksiyalovchi (dermatol, kseroform), shuningdek, tarkibida

ЛМЛШ' MUOIAJAI.AR

1. Kasallikning rivojlanish tarixi va hujjatlarni rasmiylashtirish qoidalari.

Teri tanosil kasalliklari kasalxonasida bemorni davolash paytida quyidagi hujjatlar rasmiylashtiriladi:



  1. Kasallik tarixi varaqasi.

  2. Bemorlarni qabul qilish va yotib davolanishdan bosh tortish daftari.

  3. Bemorning kelganligi va ketganligini hisobga oluvchi daftar.

  4. Kasalxonaga tushgan bemorni qayd etish daftari.

  5. Ambulatoriya daftari.

  6. Almashinuv daftari.

  7. Mehnat qobiliyatini vaqtincha yo'qotganlik varaqasi.

  8. Shoshilinch xabarnoma (F-58).

  9. 089 U xabarnomasi.




  1. Zaharli va kuchli moddalarni sarflash daftari.

  2. Davolash ko'rsatmalari daftari.

  3. Ma'lumotnoma va yo'llanmalarni ro'yxatga olish daftari.

  4. Bo'limga kelgan har bir bemor haqidagi ma'lumotni yozish daftari.

14. Shifokorlik-mehnat ekspert komissiyasiga jo'natiladigan varaqa,
sanatoriy-kurort daftari.

O'rta ma'lumotli tibbiyot xodimlari kasallik tarixining pasport qismini to'lg'azadi. O'quvchilar o'zlariga ajratilgan kunlar va soatlarda kasallik varaqasining pasport qismiga quyidagi ma'lumotlarni tushunarli tarzda yozishadi:

1. Bemorning ismi-sharifi. 2. Jinsi. 3. Manzili. 4. Kasbi, ishjoyi. 5. Kasalxonaga keltirilgan kun. 6. Kundalik harorat egri chiziqliklari. 7. Sanitariya tozalovi haqida ma'lumot. 8. Laboratoriya ma'lumotlari.

Teri va tanosil kasalliklari kasalxonasining qabul bo'limida navbatchi tibbiyot xodimlari tomonidan bemorlarni qabul qilish daftariga bemorning pasport ma'lumotlaridan tashqari, qaysi davolash profilaktik muassasasi qanday tashxis bilan yuborgani, qaysi bo'lim, qaysi xonaga yotqizilgan, qachon va qayerga chiqarilgani, vafot etgan bo'lsa, bu haqdagi ma'lumotlarni beradi.

Teri-tanosil kasalliklari shifoxonasining har bir bo'limi katta hamshirasi tomonidan bemorning kelgan va ketganligi to'g'risidagi daftar to'lg'azib boriladi. Unda bemorning pasport ma'lumoti, kelgan vaqtdagi sog'lig'i haqidagi ma'lumot, ketayotgan vaqtdagi ma'lumot, yotgan kunlar muddati, kasallik varaqasi soni va uni necha kunga berilganligi haqidagi ma'lumotlar kiritiladi.

Tibbiyot hamshirasi kasallik tarixi ma'lumotlariga asoslanib, shifoxonaga tushgan bemorni qayd etish daftarini to'ldiradi va bemor sog'ayib chiqqandan so'ng shifoxonaning statistika bo'limiga jo'natadi.

O'rta tibbiyot xodimlari tomonidan shifokorlik-mehnat ekspert komissiyasiga jo'natiladigan varaqa, sanatoriy-kurort xaritasining pasport qismini ras­miylashtiriladi.

1. Teri kasalligini tekshirishda


teridagi qanday o'zgarishlarga
e'tibor beriladi?

  1. teri rangiga;

  2. birlamchi elementlarga;

D) ikkilamchi elementlarga;

E) hamma javob to'g'ri.

2. Qachon shifokor palpatsiya,
dioskopiya, tirnash usullaridan
foydalanadi?


  1. kasallikning o'xshash ko'ri-
    riishlarida;

  2. kasallikning atipik shaklida;

D) kasallikning aniq bo'lmagan
shakllarida;

E) to'g'ri javob yo'q.


3. Dermatologik statusda, awalo,
nimaga e'tibor qaratiladi?

  1. terming rangiga;

  2. yallig'lanish elementlariga;

D) toshmalarning joylashishiga;

E) morfologik elementlarning yal-


lig'langanlik yoki yallig'lanma-
ganligiga.

4. Dermografizm qanday aniqlanadi?



  1. mexanik qitiqlash bilan;

  2. paypaslash yo'li bilan;

D) tirnash yo'li bilan;

E) analiz yig'ish yo'li bilan.

5. Dermatologik status so'nggida
nima qayd qilinadi?


  1. obyektiv tekshirish natijalari;

  2. subyektiv shikoyatlar;

D) laboratoriya natijalari;

E) alohida tekshiruv natijalari.




Download 421 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish