E. H. Eshboyev, Y. M. Fayziyev teri va tanosil kasalliklari



Download 421 Kb.
bet24/56
Sana22.03.2021
Hajmi421 Kb.
#61875
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   56
Bog'liq
т ере ва таносил

Ekskoriatsiya, tirnalish — sog'lom terining mexanik ta'sirlar tufayli jarohatlanishi, ko'pinchateri qichishi natijasida paydo bo'ladi.

Eroziya — teri epidermik qavatining yuza nuqsoni pufakcha, pufak yoki yuza maddalar yorilganidan keyin paydo bo'ladi. Ero-ziyaning katta-kichikligi birlamchi element hajmiga bog'liq. Odatda eroziyaning rangi qizg'ish bo'lib, yuzasi doimo namlanib turadi.



Yara — terining chuqur nuqsoni, bunda epidermis, derma, hatto gipoderma ham zararlanishi mumkin. Yara do'mboqcha, tugun, chuqur pustula kabi birlamchi infiltrativ elementlar yorilganidan so'ng yuzaga keladi. Trofik yaralar hamda to'qimalarning nekrozida birlamchi bo'lishi mumkin. Yaralarning shakli har xil, rangi esa ko'kish-qizg'imtir, pushti-qizil, qirralari notekis, granulali, silliq yoki osilgan bo'ladi. Qattiq shankrda yaraning qirralari tekis va silliq bo'lsa, kollikvativ sil, piodermiyaning ba'zi ko'rinishlari hamda chuqur mikozlarda esa yaraning chetlari notekis, yumshoq, uzuq-yuluq bo'ladi.

Chandiq — terining chuqur nuqsonlari (yara) bilan kechadigan do'mboqcha, tugun, chuqur pustula va boshqalar o'rni bitayotganida hosil bo'ladi. Chandiqli soha terisi sog'lom teridan keskin farq qilib, unda o'ziga xos mayinlik, tirqishlar, tuklar, ter va yog' bezlari mutlaqo bo'lmaydi. Dermadagi so'rg'ichlar hamda so'rg'ichlararo epitelial o'siqchalar silliqlanib ketadi va epidermis bilan derma oraiig'ida ko'ndalang to'g'ri chiziq yuzaga keladi. Chandiq asosan yaralar hamda yoriqlar o'rnida vujudga keladi. Vegetatsiya — aksariyat terming uzoq vaqt yallig'ianib yurgan qismida epidermis tikansimon qavatining o'sib ketishi hamda so'rg'ichlarning yuqoriga qarab kengayishi natijasida paydo bo'ladi. Vegetatsiya pilakcha yoki vorsinkasimon o'simta bo'lib, tuguncha, yallig'langan inflltrat yoki eroziyalar ustida joylashadi. Ro'y-rost vegetatsiyalangan teri sohasi tashqi tomonidan «xo'roz tojisi» yoki gulkaramni esiatadi.

Lixenifikatsiya, terining dag'allashishi — terining o'ziga xos o'zgarishi boiib, undagi naqshning dag'allashishi bilan ifodalanadi, bunda teri egatchalari ro'y-rost bilinib, xuddi shu soha terisi giperpigmentlanadij quruqshab, g'adir-budur bo'lib qoladi.Teri-ning dag'allashishi to'g'ridan-to'g'ri birlamchi, ya'ni terining hadeb tirnalaverishi (neyrodermitda) yoki ikkilamchi, masaian, tugun-chalar bir-biriga qo'shilib ketishi natijasida (tangachali hamda qizil yassi temiratki, surunkali ekzema) vujudga keladi.

Teri va tanosii kasalliklaridagi toshmalar faqat bir xil birlam­chi morfologik elementlardan (masaian, tangachali temiratki yoki zaxmdagi tugunchalar, rozeolalar, so'gal va boshqalar) tuzilgan bo'lsa, monomorf toshmalar deyiladi. Shuning uchun monograf toshmalardan iborat dermatozlar farq qilinadi. Ularga tangachali hamda qizil yassi temiratki, eshakem, vulgar pemfigus, furunkulyoz, gidroadenit, chaqaloqlaming chilla yarasi va boshqalar kiradi. Agar xastalikda har xil birlamchi morfologik elementlar uchrasa, buni chin polimorfizm deb ataladi. Aksariyat kasallikiarda, jumladan, ekzema, moxov, Dyuringning gerpetiform dermatiti, zaxmning ikkilamchi davrida bir yo'la har xil, ya'ni ham birlamchi, ham ikkilamchi elementlar kuzatiladi. Bunday toshmalar polimorfizmi soxta polimorfizm deb ataladi. Bemordagi monomorf, polimorf toshmalar yoki soxta polimorfizmni baholay bilish kasallikni aniqlashda muhim ahamiyatga ega.

Umuman teridagi patomorfologik o'zgarishlar umumiy pato-logiyaning qonunlari bo'yicha rivojlanadi. Bu o'zgarishlar terining tuzilishi va funksiyasiga bog'liq bo'lib, o'ziga xos xususiyatlarga ega. Teridagi patomorfologik o'zgarishlar ma'lum atamalar bilan nomla-nadi. Teri xastaliklari diagnostikasida ana shularni bilish zarur.




Download 421 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish