E. H. Eshboyev, Y. M. Fayziyev teri va tanosil kasalliklari


BEMORLARNI KLINIK TEKSHIRISH



Download 421 Kb.
bet26/56
Sana22.03.2021
Hajmi421 Kb.
#61875
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   56
Bog'liq
т ере ва таносил

BEMORLARNI KLINIK TEKSHIRISH

Bemorlardan anamnez yig'ish tartibini o'rganish. Teri kasalliklarini davolash tartibi bilan tanishish. Umumiy va mahalliy davo ishini o'rganish

Teri va tanosil kasalligi bilan og'rigan bemorlarni tekshirav chog'ida teridagi birlamchi yoki ikkilamchi elementlarga, ularning tarqoq yoki chegaralanganligi, shuningdek, konsistensiyasi, tosh­malar chegarasi, atrofidagi terining o'zgargan yoki o'zgarmaganli-giga ahamiyat berish lozim. Ba'zan teri morfologiyasini o'rganish, qon va siydikni umumiy analiz qilish va boshqa maxsus usullarni (masalan, qonning serologik reaksiyasi, teridagi elementlardan oqish treponema, moxov tayoqchasi, akantolitik hujayralarni izlash, im-munologik tekshirishlar va boshq.) qo'llashga to'g'ri keladi.

Kasallik diagnostikasida to'g'ri yig'ilgan anamnezning ahami-yati katta. Kasbga oid dermatozlarni aniqlashda aynan shu soha kishilarida kuzatiladigan kasalliklar, masalan, kushxona va kon-serva zavodi ishchilarida erizepelloid, qassob yoki teri oshlovchilarda kuydirgi, veterinarlar va ot boquvchilarda manqa, uglevodorod bilan ishlovchilarda — melanodermiya kabi kasalliklarning uchrab turishi e'tiborga olinadi. Teri leyshmanioziga gumon qilingan be-mordan Qashqadaryo va shu viloyat atrofidagi hududlarda safarda bo'lgan yoki bo'lmaganligini so'rab-surishtirish, kasallikni o'z vaq-tida aniqlash imkonini beradi.

Ba'zi dermatozlar diagnostikasida yil fasllariga ham ahamiyat beriladi. O'rab oluvchi temiratki, ko'p shaklli ekssudativ erite-ma, pushti rang temiratki bahor va kuzda uchrasa, eritematoz, fotodermatoz va zamburug'li kasalliklar bahor va yoz oylarida uchraydi.

Anamnez yig'ishda dermatozning vaqti-vaqti bilan qo'zib turishini inobatga olish zarur. Psoriaz, ekzema, Dyuring dermatiti residivga moyil bo'lsa, trixofitiya, pushti rang temiratki va bosh-qalarda residiv kuzatilmaydi. Dermatozlar diagnostikasida kasallik boshlanishidan oldin bemorning dori-darmon qabul qilgan yoki qilmaganligi, shuningdek, oila a'zolarida shunga o'xshash toshmaiar bor-yo'qligini surishtirish maqsadga muvofiq.

Teri kasalligi bilan og'rigan bemorlarni tekshirishda, awalo, morfologik elementlar yallig'langan yoki yallig'lanmaganligini arriq-lash kerak. Ko'pincha o'tkir yallig'lanish ekssudativ komponent bilan kechsa, muntazam (xronik) yallig'lanishda proliferativ komponent qo'shiladi. Kasallikni aniqlashda toshmalarning o'rni ham ahamiyatga ega. Masalan, psoriaz, teri silining papulonekrotik turida toshmaiar qo'l barmoqlarida uchrasa, sil volchankasi, eri-tematoz, husnbuzarlar, toshmaiar asosan yuzda bo'ladi.

Toshmalarning tarqoq, chegaralangan, generalizatsiya, dis-serninatsiya bo'lib joylashganligiga, simmetrik yoki nosimmet-rikligiga, shuningdek, toshmalarning katta-kichikligi, shakli, chegarasi, rangi, konsistensiyasi hamda yuzasiga e'tibor berish zarur. Toshmalarning chegarasi aniq yoki noaniq, keskin va nokeskin, shakli — yassi, konussimon, yarimsharsimon bo'ladi. Toshmaiar yumshoq, qattiqroq va juda qattiq konsistensiyali bo'lishi mumkin.

Kasallik diagnostikasida dermografizmning ham ahamiyati katta. Uni teri asab-tomir tizimining mexanik qitiqlashga nisbatan javob reaksiyasi bilan aniqlanadi. Agar teri sathida shpatel yurgazilsa, u qizaradi va 2—3 daqiqadan so'ng rangi yo'qoladi. Bu normal der-mografizm ekzema, psoriaz, oq dermografizm qichima, eksfolia-tiv dermatit, turg'un oq yoki aralash dermografizm esa neyro-dermit, eshakemda uchraydi.

TERI KASALLIKLARIGA CHALINGAN BEMORLARNI DAVOLASHNING ASOSIY TARTIBI

Davolash shartli ravishda ikkiga boiinadi: umumiy va mahalliy.

Umumiy davolash. Teri kasalliklarining kelib chiqishi organizm barcha a'zolari bilan bog'liqligini nazarda tutib, dermatozlarni davolashda terapiyada qo'llaniladigan dori-darmonlar keng ishlatiladi. Bunday usulda davolashda asab tizimini tinchlantirish, organizm-ning qarshilik ko'rsatish qobiliyatini oshirish, vitaminlar yetish-movchiligining oldini olish, mikroblar qo'shilishi bilan kechadigan kasalliklarni antibiotiklar bilan davolash nazarda tutiladi.

Asab tizimini tinchlantirish uchun brom preparatlari (kaliy yoki natriy bromidning 0,25—0,5 % li eritmasi 2—3 mahal 1 osh qoshiqdan ichishga buyuriladi) va trankvilizatorlar (aminozni 2,5—1—2 ml muskul orasiga, tazepam — 0,01 g. dan kechqurun uxlashdan oldin, trioksazin 0,3 g. dan kuniga 2 mahal, meprotan 0,2 g. dan kuniga 2—3 mahal) keng qo'llaniladi. Bu dorilar o'ta asabiylashish va kuchli qichishish bilan kechadigan dermatozlarda tavsiya etiladi.

Tinchlantiruvchi dorilardan novokainning 0,25—0,5 % li erit-malari ishlatiladi. Bu dori 2—10—15 ml. dan muskul orasiga yubo-riladi yoki ovqatdan 1 soat oldin 15—25 ml. dan kuniga 3 mahal ichiladi. Ba'zan novokaindan odamning boshi aylanib, ko'ngli ay-niydi, umuman bo'shashib ketadi. Bunday hollarda uni berishni to'xtatish kerak.

Ko'pchilik dermatozlarning vujudga kelishi va rivojlanishida allergologik o'zgarishlar muhim ahamiyat kasb etadi, bunda bemor organizmida o'ta sezuvchanlik holati kuzatiladi. Bunday hollarda davolash asosini giposensibilizatsiyalash tashkil qiladi. Giposensibilizatsiyalovchi moddalardan kalsiy birikmalari (kalsiy xlor, glukonat kalsiy) va tiosulfat natriy keng qo'llaniladi; kalsiy tuzlari simpatik va vegetativ asab tizimiga ijobiy ta'sir etib, qon tomirlar devorlari o'tkazuvchanligini normallashtiradi va mustah-kamlaydi. Kalsiy tuzlarini 10 % li eritma holida 1 osh qoshiqdan uch mahal ichiladi yoki 5—10 ml. dan venaga yuboriladi.

Kalsiy tuzlari venaga yuborilganda ular angioretseptorlarni qitiqlab, asab tizimi orqali butun organizm holatini normallashti­radi. Tiosulfat natriyning 30 % li eritmasi venaga yuboriladi, uning giposensibilizatsiyadan tashqari antitoksikta'siri ham bor.


Download 421 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish