Antigistamin dorilar. Teri kasalliklari patogenezida gistamin va boshqa biologik faol moddalarning ahamiyati katta; aliergik reaksiyalar tufayli bu moddalar miqdori bemor organizmida yuqori bo'lib, ular qon tomirlar devorining o'tkazuvchanligini oshiradi, natijada terida eritema, shish va kuchli qichishish kuzatiladi. Bunday noxushliklarni bartaraf etish maqsadida antigistamin dori-darmonlardan dimedrol, suprastin, pipolfen va boshqalar buyuriladi. Dimedrol 0,03—0,05 g. dan kuniga 2—3 mahal ichiladi yoki
1 % li eritmasi muskul orasiga yuboriladi. Suprastin — 0,025 g. dan 1—2 mahal ichish yoki 2 % eritmasi 1 ml. dan muskul orasiga; diprazin (pipolfen) 0,025 g.dan tabletka yoki 2,5 % li eritmasi
ml. dan muskul orasiga; diazolin — 0,1 g. dan kuniga 2—3 mahal,
fenkorol 0,025 g. dan 3 mahal, tavegil 0,001 g. dan 2—3 mahal yoki
ml. dan muskul orasiga, astemisan 1 tabletkadan 2—3 mahal,
peritol, zaditen 1 tabletkadan 2 mahal buyuriladi. Keyingi yillarda
tavegil va zaditenni faqat tabletkasi emas, balki uni sirop shaklida
ham ishlatish keng yo'lga qo'yilgan, ayniqsa, u bolalardagi aller-
godermatitlarni davolashda juda qo'l keladi.
Vitaminlar bilan davolash. Ko'pincha ba'zi dermatozlar vita-minlar yetishmasligidan kelib chiqadi. Shu sababli bemor orga-nizmidagi yetishmaydigan vitaminlar o'rnini to'ldirish maqsadida sintetik vitaminlar tavsiya etiladi.
С vitamini — askorbin kislotasi organizmning infeksiyalarga bo'lgan qarshiligini kuchaytirib, oksidlanish-qaytarilish jarayon-larini normallashtiradi, detoksikatsiya va desensibilizatsiya qilish xususiyatlariga ega. Askorbin kislotasi 0,1—0,3 g. dan kuniga 3 mahal ichiladi yoki 5 % li eritmasi 1—2 ml. dan muskul orasiga yoki venaga yuboriladi.
В vitamini guruhiga kiruvchi vitaminlar. B, (tiamin) - nevrit kasalligida keng qo'llaniladi, u og'riqni qoldirib, qichishishni ka-maytiradi; bu vitaminni 0,01—0,02 g. dan kuniga 2—3 mahal ichish yoki 5 % li suvli eritmasi 0,5—1,0 ml. dan muskul orasiga yuborish tavsiya etiladi.
B6 (piridoksin), B12 (siankobolamin) vitaminlari ham derma-tologiya sohasida keng qo'llaniladi.
A vitamini (retinol) epidermisdagi muguz qavatda kechayotgan keratinizatsiya jarayonida ishtirok etadi, agar bu vitamin yetishmasa giperkeratoz holati vujudga keladi. A vitaminini kuniga 50000-100000 XB dan ichish yoki muskul orasiga yuborish mumkin.
E vitamini (tokoferol) oqsil, uglerod va yog' almashinuvlarida faol ishtirok etib, A vitamini ta'sirini kuchaytiradi. Tokoferol yog'larni oksidlanishdan saqlaydi. Bu vitamin yetishmasligi oqiba-tida bepushtlik, jinsiy zaiflik va homiladorlik asoratlari kuzatiladi. U yog'lar perekisli oksidlanishining buzilishi bilan kechadigan
teri kasalliklarida (fotodermatozlar, sklerodermiya va boshq.) keng qo'llaniladi. E vitamini 50—150 mg. dan kuniga bir mahal ichiladi yoki muskul orasiga 50 mg. dan yuboriladi.
PP vitamini (nikotin kislotasi) — asosan pellagra kasalligida ishlatiladi. Dermatologiyada teri qichishishi bilan kechadigan ka-salliklarda keng foydalaniladi, chunki PP vitamini qon tomirlarni kengaytirib, qichishishni kamaytirgan holda terini himoya qiladi va jigar funksiyasini tiklaydi. Ichish uchun 0,05—0,1 g. dan kuniga 2—3 mahal, venaga va muskul orasiga esa 1 % li eritmasi 1—3 ml. dan tavsiya etiladi.
Steroidli gormonlar bilan davolash. Steroidli gormonlar orga-nizmda yetishmagan tabiiy gormonlar o'rnini qoplash yoki orga-nizmga o'ziga xos farmakodinamik ta'sir etish maqsadida ishlatiladi. Hozirda gormon preparatlaridan gidrokortizon, kortizon, shu-ningdek, prednizolon, deksametazon, triamsinalon va boshqalar-dan keng foydalanilmoqda. Ular ovqatdan keyin ichiladi yoki muskul orasiga yuboriladi. Bu dorilarning 2/3 qismi kunning birinchi yarmida qabul qilinishi kerak. Prednizolonning kattalarga bir kunlik o'rtacha miqdori 10—15 dan 30—40 mg. gacha, deksametazon 2—4 mg, triamsinalon esa 10—20 mg. dan buyuriladi. Korti-kosteroidlar immunodepressiv, allergiya va yallig'lanishga qarshi xususiyatlarga ega. Ular oqsil, yog', uglevod, tuz va suv almashi-nuviga kuchli ta'sir etadi; u jigarda uglevodlarning to'planishi, qonda qand miqdorining (steroidli diabet) oshishi, siydik bilan azotning ko'p ajralishiga olib keladi. Qonda esa eozinopeniya, limfopeniya, neftrofilyoz kuzatiladi. Qand kasalligida, qon bosimi oshganda gormon preparatlarini berib bo'lmaydi, chunki ular qon bosimini ko'tarib yuboradi. Bundan tashqari uzoq vaqt gormon dorilari qabul qilinganda qonda protrombin ko'payib ketishi natijasida qon tomirlarda tromboz va asab tizimid.a esa eyforiya holati kuzatiladi. Shu bilan bir qatorda organizmdan suv va natriy moddasining chiqishi kamayib, kaliy moddasining chiqishi kuchayadi.
Yog' almashinuvining buzilishi sababli bemorlarda Iseng-Ku-shing sindromi kuzatiladi. Kortikosteroidlarni och qoringa qabul qilish yaramaydi, aks holda me'da va o'n ikki barmoq ichak yara-lari hosil bo'lishi hamda ulardan qon oqishi mumkin.
Gormon preparatlarning ta'sirini hisobga olib, u bilan davola-nayotgan bemorlarga kaliy (kaliy oratat, panangin, asparkam) va kalsiy tuzlari (kalsiy glukonat, pantotenat kalsiy), anabolik steroidlar (retabolil, fenobolil), vitaminlar hamda vitaminga boy bo'lgan meva va sabzavotlar tavsiya etiladi.
Kortikosteroidlar qabul qilayotgan bemorlarda ikkilamchi infeksiyalar kuzatiladi, uning oldini olish maqsadida antibiotik-lar qabul qilish maqsadga muvoflq. Kortikosteroidlar kundalik miqdori kasallikning klinik kechishi va bemor vazniga bog'liq. Og'ir kechadigan dermatozlarda (pemfigus, eritrodermiyalar) gormonlarni yuqori miqdorda qabul qilish tavsiya qilinadi (masalan, 80—100 mg) va kasallik tuzala boshlashi bilan oz-ozdan kamaytirib, minimal miqdorga keltiriladi va shu me'yorda ushlab turiladi.
Antibiotiklar bilan davolash. Teri kasalliklari ichida yiringli kasalliklar, ayniqsa, bolalarda ko'p uchraydi. Antibiotiklardan penitsillin, ampitsillin, amoksiklav, lendatsin, roksitromitsin, tetratsiklin, eritromitsin, oleitetrin, kanamitsin, levomitsetin ko'proq qo'llaniladi. Bundan tashqari, zamburug' kasalliklarida grizeofulvan qo'llanadi, u 0,125 dan tabletka holida bo'lib, ko'pincha mikrosporiya, trixofitiya, oyoq mikozida buyuriladi. Umuman antibiotiklarni uzoq vaqt qabul qilinadigan bo'lsa, ularga, albatta, 250000 - 500000 ТВ dan kuniga 4 mahal nistatin beriladi.
Ba'zi bir dermatozlarni davolashda turli xil kimyoviy terapev-tik vositalar qo'llaniladi: piodermiyalarda — sulfanilamidlar; mo-xov kasalligi va Dyuringning gerpetiform dermatitida — diamino-difenilsulfon, diutsifon; eritematozda, qizil yassi temiratkida — xingamin (rezoxin, delagil, xloroxin); teri silida — ftivazid, salyuzid va boshqalar.
Teri kasalliklarini davolashda fizik usullar (issiq, nur va elektr bilan davolash) keng qo'llanilmoqda. Davolash vositasi sifatida nurdan foydalanganda bemor terisining shu nurga nisbatan se-zuvchanligi va yo'ldosh kasalliklar hisobga olinishi zamr. Ultra-binafsha nurlar (UBN) bilan davolaganda terming shu nurga nisbatan ta'sirchanliligini oshiradigan dorilar(fotosensibilizatorlar)ni
birga qo'llash tavsiya etiladi. Bu davolash usuli — kimyoterapiya yoki PUVA-terapiya deb ataladi. Fotosensibilizator sifatida puva-len, lamadin, psoberan va boshqalarni qo'llash mumkin.
Yurak-tomir kasalliklari, 2—3darajali gipertoniya, jigar, buy-rak, qalqonsimon bez hamda o'sma kasalliklarida, homiladorlik-da, shuningdek, UBN yoki fotosensibilizatorlarga nisbatan se-zuvchanligi yuqori bo'lgan kishilar, bolalar va keksalarni PUVA-terapiya bilan davolash qat'iyan man etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |