Stafilokokkli piodermitlar (stafilodermiyalar). Terining stafi-lokokkli kasalliklariga ostiofollikulit, sikoz, chuqur follikulit, furunkul (chipqon), karbunkul (xo'ppoz), gidradenit kiradi. Ostiofollikulit bilan sikoz terida chandiq qoldirmaydi, qolganlari esa chuqur to'qimalarni shikastlab chandiq bilan bitadi.
Yosh bolalar terisi o'ziga xos tuzilishga ega, shuning uchun ularda stafilodermiya boshqacharoq kechadi, bunda toshmaning morfologik elementi yuza nofollikulyar pufaklar hisoblanadi. Bolalar terisi stafilokokklarga nisbatan sezuvchanligi sababli yallig'lanish tez va tarqoq kechadi, ba'zan og'ir oqibatlarga olib keladi. Asosan, ularda vezikulopustulyoz, psevdofurunkulyoz, chilla yara va Ritterning eksfolitiv dermatit kabi stafilokokkli kasalliklari kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |