Ostiofollikuiit — soch xaltachasi og'zining yallig'lanishi, asosan stafilokokklar qo'zg'atadi. Dastlab teri yuzasida konussimon shaklda, follikulyar madda (pustula) paydo bo'ladi. Madda o'rtasidan mayin soch (tuk) chiqib turadi. Soch follikulasi atrofi biroz yallig'lanib, qizaradi va pushti-qizil rangli yallig'lanish toji bilan o'ralgan bo'ladi. Osteofollikulitlar yoki stafilokokkli impetigo terining kichik yoki keng xiylagina qismini egallashi mumkin. Bir necha kundan so'ng maddalar quriydi va yallig'lanishlar so'rilib ketadi. Osteofollikulitdan keyin hech qanday chandiq qolmaydi, balki biroz pigmentli dog' qoladi, xolos.
Do'stlaringiz bilan baham: |