Shankrsimon piodermiya. Asosan terining bakterial infeksiya bilan zararlanishi hamda uning zaxm (qattiq) shankriga o'xshash klinik jihatlari borligi E.Gauffman (1934) tomonidan izohlan-gan. Hosil bo'lgan yara esa zaxmdagi shankrga juda o'xshash bo'lib, hatto yetuk mutaxassislar ham bemor qonini qayta-qayta serologik tekshiruvdan o'tkazib, yaradan oqish treponema izlashadi. Shankrsimon piodermiyada bakteriologik tekshirish uchun olingan yiringda asosan stafilokokklar, ba'zan streptokokklar
ham topiladi.
Shaxsiy gigiyenaga rioya qilmaslik, jinsiy olat uchidagi har xil chaqalanishlar, fimoz va boshqa omillar oqibatida teri ta'sirlanadi
62
va eroziya yoki yara vujudga keladi. Shankrsimon piodermiya jinsidan qat'i nazar kattalarda ham, yosh bolalarda ham kuzatilishi mumkin. Klinikasi. Kasallik bemorning jinsiy a'zolari (olat boshi, katta hamda kichik uyatli lablar, qin dahlizi va boshqalar), yuzi, lab atrofi va tiliga bir yoki bir nechta ovalsimon yara chiqishi bilan boshlanadi. Odatda, awaliga pufak paydo bo'ladi, so'ngra u eroziyalanadi, asosi biroz infiltratlanib doira shaklidagi yaraga aylandi. Aksariyat bemorlarda eroziya yuzaki gemorragik po'st bilan qoplanishi mumkin, po'st tushib ketganidan so'ng yana qizg'ish pushti rangli, ichida biroz yiringi bor yara yuzaga keladi. Yaraga yaqin bo'lgan Hmfatik tugunlar kattalashadi (1—2 sm), bu holat ko'pincha og'riqsiz kechadi. Ko'pincha kasallik 2—3 haftada tuzala boshlaydi, ba'zan bir necha oylab cho'zilishi ham mumkin. Zararlangan o'choq o'rni iz qoldirmay yoki yuza chandiq hosil
qilibbitadi.
Tashxisi. Asosan zaxmdagi qattiq shankr bilan taqqoslanadi. Qon-ning serologik analizi, kasallik tarixi va yaradan oqish treponema-larning topilishi kasallikka aniq tashxis qo'yish imkonini beradi.
Y1R1NGLI KASALL1KLARNI DAVOLASH
Terining yiringli kasalliklariga davo kompleks tarzda olib boriladi. U etiotrop va patogenetik terapiyadan iborat bo'lib, asosan bemor organizmining immunologik qarshilik kuchini oshiradigan preparatlami qo'llash bilan o'tkaziladi. Aksariyat bemorlarning asab, endokrin, ichki a'zo va sistemalari faoliyati zimdan buzilganligini nazarda tutib, kompleks davo faqat etiologik omillarga qaratilmay, balki butun organizm funksiyasini tiklashga qaratilgan bo'lishi kerak. Umumiy davo. Sikoz, chuqur follikulitlar, chipqon, ho'ppoz, vezikulopustulyoz, terining ko'plab abssessi, bolalarning chilla yarasi va Ritterning eksfoliativ dermatitida antibiotiklar sulfani-lamidlar, shuningdek, spetsifik va nospetsifik immunobiologik terapiya hamda fizioterapevtik davo usullari qo'llaniladi.
Antibiotiklar bilan davolash. Terining yiringli kasalliklarini davolashda (ayniqsa, surunkali xillarida) antibiotiklar juda samarali hisoblanadi. Antibiotiklarni qo'llashda ularning antibakterial ta'sir doirasiga e'tibor berish kerak.
63
I. Penitsillin guruhi preparatlari. Uiarni tavsiya etishdan awal bemor organizmining bu gurah preparatlarga sezgirligi aniqlana-di. Suvda eriydigan penitsilJin preparati (kaliy yoki natriyJi tuzi) muskul orasiga 300000-500000 ТВ dan har 4 soatda buyuriladi. Har qanday holda ham kasallik tashxisi, uning kechishi, bemor-Iarning umumiy ahvoli va tana vazniga e'tibor beriladi.
Metitsillin natriy — penitsillinning yarim sintetik hosilasi, kam zaharli, kumulyativ xususiyatlari yo'q. 1,0 g. dan bir kunda 4 mahalgacha buyuriladi.
Oksatsillin natriy — ayniqsa, stafilokokklarga yaxshi ta'sir qiladi, ichganda me'daning kislotali muhitida o'z faolligini yo'qot-maydi. Ovqatdan I soat awal 0,25—0,5 g. dan 4 mahal buyuriladi. Dikloksatsillinning natriyli tuzi — penitsillinaza fermenti hosil qiluvchi mikroorganizmlarga ancha samarali ta'sir qiladi. 0,5 g. dan 4 mahal ichiladi, kattalar uchun davo kursi 2,0 g, ammo me'da yoki o'n ikki barmoq ichak yara kasalliklarida buyurish mumkin emas.
Aralash hamda surunkali piodermitlarda ampitsillin ancha unumli, u ta'sir doirasi keng antibiotiklarga kiradi, 0,25 va 0,5 g. dan tabletka holida yoki 0,5 g. dan kuniga 2—3 mahal muskul orasiga yuborish buyuriladi. Amoksiklav esa 375 mg. dan 3 mahal ichishga buyuriladi.
Karbensilinning dinatriyli tuzi strepto-stafilokokkli piodermitlarda qo'Uaniladi. Kattalar uchun bir kunga 4 g. dan 8 g. gacha inyeksiya holida muskul orasiga yuborifadi.
II. Tetratsiklin/ar. Tetratsiklin va tetratsiklin gidroxlorid keng spektrda ta'sir qiladigan antibiotiklar bo'iib, ular yaxshi foyda beradi. Ichish uchun 0,2—0,25 g. dan kuniga 3—4 mahal buyuriladi. 8 yoshgacha bo'lgan bolalarga tavsiya etilmaydi (kalsiy bilan birikib erimaydigan kompleks hosil qiladi va suyaklarda to'planib qolishi mumkin).
Metatsiklin gidroxlorid — tetratsiklinning yarim sintetik mah-suloti. Bir kunda ikki mahal, kundalik miqdori kattalar uchun 0,6 g. Jigar va buyrak xastaliklarida hamda 8 yoshgacha bo'lgan bolalarga tavsiya etilmaydi.
64
Doksitsillin gidroxlorid (vibramitsin) oksitetratsiklinning yarim sintetik mahsuloti, stafilokokk va streptokokklarga nisbatan ancha
faol ta'sir qiladi, ichilganda yaxshi so'riladi va boshqa tetratsik-linlarga nisbatan qon tarkibida uzoq saqlanadi. Birinchi kuni 0,2 g, keyingi kunlari 0,1 g. dan sut yoki qatiq bilan ichiladi.
III. Boshqa guruh antibiotiklar. Gentamitsin sulfat — og'ir ke-chadigan piodermitlarni davolashda ancha samarali ta'sir qiladi. Ayniqsa, aralash infeksiyali yoki umuman qo'zg'atuvchisi aniq-lanmagan; yiringli kasalliklarda ishlatgan ma'qul, uni kuniga 1—2 ml. dan 2—3 mahal muskul orasiga yuboriladi. Tobromitsinning gentamitsinga nisbatan oto-nefrotoksikligi past, har kilogramm vaznga 2—5 mg hisobida 2—3 mahal ichiladi. Sizomitsin sulfat gentomitsinga qaraganda ancha samarali bo'iib, 5 % li eritma (50 mg/ml) holida chiqariladi, uni 1—2 ml. dan muskul orasiga 2 mahal yuborish buyuriladi. Monoterapiya maqsadida ta'sir doirasi penitsillinlarga yaqin bo'lgan eritromitsin qo'Uaniladi, 0,1—0,25 g. dan 4—6 martagacha ichish mumkin, mksitromitsin Lek 150 mg. dan 2 mahal ichishga tavsiya etiladi.
Metatsillinorezistent stafilokokklarga hamda aralash infeksiyaga sefalosporinlar (sefaloridin, sefaleksin, sefalizin, kefzol) kuchli ta'sir etadi. Sefaloridin 0,5 g. dan 2—3 mahal yoki sefazolin 0,25—0,5—1,0—2,0 g. dan har 8 soatda buyuriladi, seftriakson esa 1—2 g. dan har 12 soatda ichiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |