E. H. Eshboyev, Y. M. Fayziyev teri va tanosil kasalliklari



Download 421 Kb.
bet40/56
Sana22.03.2021
Hajmi421 Kb.
#61875
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   56
Bog'liq
т ере ва таносил

Mahalliy davo. Har bir bemorning o'ziga mos tarzda (indivi­dual) tanlab olinadi. Bundan asosiy maqsad yiringli toshmalar butun badanga yoki sog'lom teriga tarqalib ketmasligining oldini olish, subyektiv belgilarni kamaytirish va iloji boricha bemorni tezroq darddan xalos qilishga qaratilgan bo'lishi lozim.

Dastlabki kuniyoq bemorga shaxsiy gigiyena qoidalariga bekamu ko'st amal qilish hamda toshma toshgan davrda yuvinmaslik tartibi tushuntiriladi. Zararlangan o'choqlar atrofini kuniga 2—3 mahal kamfora spirti yoki 1—2 % salitsilat spirti bilan artib turiladi. Osteofollikulitda maddalar sterillangan nina bilan teshiladi va 70° li spirtda namlangan dokali tamponlar bilan yaxshilab tozalandi, so'ngra 1—2 % li anilin bo'yoqlari surtiladi.

ОЧа yuqumli piodermiyalarda bolalarning tirnoqlari tozalab olinadi. Zararlangan o'choqlarga mutlaqo suv tegizmaslik kerak, ular atrofidagi sog'lom teri spirtli eritmalar bilan bir kunda ikki


65


5-53

mahal artib turiladi. Yaralarni bint bilan bog'lash yaramaydi, ularning po'sti va dorilarning qotib qolgan qismi o'simlik moyi bilan yumshatilib olib tashlanadi. Chipqon, ho'ppoz va gidradenitda yallig'langan infiltratlarga ixtioldan tayyorlangan «kulchalar» qo'yiladi va ixtiol qurib qolmasligi uchun 2 % li borat eritmasi shimdirilgan dokalar bilan yopiladi. Toza ixtiol chuqur infiltratli piodermitlarning yanada avj olib ketishiga yo'l qo'ymaydi va qo'pol chandiq hosil qilmay et bitishini ta'minlaydi; ultrabi-nafsha va qisqa to'lqinli nurlar (OKUF-5) ham ana shu maqsadda ishlatiladi. Chipqonga ho'ppozdagi «yara o'ligi», gidradenitda yiringli o'choqlarni yaxshilab tozalash natriy xlorid yoki proteologik fermentlardan tayyorlangan eritmalar bilan tiqin (turunda) qo'yiladi.Chipqon, ho'ppoz, gidradenit yoki chuqur follikulit yorilgandan so'ng geliomitsinli 2 %, linkomitsinli, tetratsiklinli, eritromitsinli 3—5 % li dioksiddin kabi malhamlar ishlatiladi. Chandiqlanib bitishda 2 g eritsiklin, 10 g dimeksid, 75 g suv lanolin va 100 g vazelin moyi aralashmasi yaxshi naf beradi. Mabodo, bemorlarda qandli diabet qayd qilingan bo'lsa, unda ishlatilayotgan doriga teng miqdorda insulin qo'shib zararlangan o'choqlarga qo'yiladi. Hali yetilmagan yoki yorilmagan chuqur infiltratlarga toza ixtiol qo'yish davom ettiriladi. Bemorning hayoti uchun xavfli (ayniqsa, chuqur follikulitlar yuzda bo'lganda) jarrohlik usulidan foydalaniladi.

Vezikulopustulyoz, bolalarning ko'plab abssessi, chaqaloqlar-ning chilla yarasi, Ritterning eksfoliativ dermatitida ham zararlangan o'choqlar atrofidagi teri spirtli eritmalar bilan kuniga 1—2 mahal artiladi. Yiring bo'lganida chaqaloqlarni yuvintirish yaramaydi. Eroziyalangan sohalarga 5 % li bor-naftalan malhami, 3—5 % li sulfanilamid yoki 2—3 % li antibiotikli malham, 1—2 % anilin bo'yoqlari surtiladi. Qotib qolgan yiring va qon qoldiqlari yengil ko'chishi uchun o'simlik moyidan foydalaniladi.

Yallig'lanishning oldini olish va uni yiringlanishdan saqlash maqsadida o'choqlarga geliomitsin, kolimitsin, dibiomitsin, 1—3 % li eritromitsin va 5 % li polimiksin malhamlarini surtish buyurila-di. Chegaralangan sohalarga antibiotik va steroidli malhamlar «Gioksizon», «Oksikort», «LorindenA, C», «Triderm», «Diprogenta»

66

ishlatiladi. O'ta og'ir bemorlarga steroid gormonlar buyuriladi. Sepsisning oldini olish uchun antibiotiklar, past molekulali dekstrantlar — nativ plazma, yangi sitratlangan kon, kontrikal qo'llaniladi.

YIRINGLI KASALLIKLARNING OLDINI OLISH

Terining yiringli kasalliklari aholi moddiy farovonligi va madaniy sanitariya darajasini belgilovchi mezon hisoblanadi. Bu ko'rsatkich past bo'lgan joylarda piodermitlar keskin ko'payib ketadi. Piodermitlarning profilaktikasi davlat miqyosida katta ahamiyatga ega, chunki bu dardlar barcha teri kasalliklari orasida birinchi o'rinda turadi va bemorlarning mehnat qobiliyatini vaqtincha yo'qotib qo'yishiga olib keladi. Yiringli kasalliklarning oldini olishda umumiy sanitariya-gigiyena qonun-qoidalarga bekamu ko'st amal qilish kerak.

B.I.Ilin korxonalarda piodermitlarning oldini olish ishlarini uch bosqichda olib borishni taklif qilgan: 1. Ish boshlashdan awal texnika xavfsizligi, shuningdek, shaxsiy gigiyena qonun-qoidalariga amal qilish, ish joyini tartibga solish, teridagi mayda yara-chaqalarni zararsizlantirish, terining ochiq joylariga himoya pastalarini surtish, maxsus kiyim (korjoma)ni nazoratdan o'tkazish. 2. Ish vaqtida ro'y bergan arzimagan jarohatlarni tegishli dorilar bilan artib surtish, ish joyini doimo ozoda va saranjom-sarishta tutish. 3. Ishdan keyin ish joyi va maxsus kiyimlarni tartibga solish, terining kirlangan joyini yaxshilab yuvib tozalash va boshqalar.

Ayniqsa, terining yiringli kasalliklariga moyil bo'lganlarni aniqlab, ularga ta'sir qiladigan kasbga aloqador omillarni o'rga-nish va o'z vaqtida bartaraf etish lozim. Ishga qabul qilishdan oldin xodimlarni maxsus tibbiy ko'rikdan o'tkazish zarur. Ko'mir konlari, neft mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari, metal-lurgiya, mashina qurilishi va kimyoviy zavodlarda ba'zi bir su-runkali dermatozlarga chalingan bemorlarning (neyrodermit, ekzema, qizil yassi temiratki, seboreyaning og'ir xillari, gipergidroz, ixtioz va boshqalar) ishga yaroqligini belgilovchi maxsus sanitariya guruhlari tuzilib, ular muntazam ishlab turishini ta'minlash lozim. Sanitariya guruhlari ishchi-xizmatchilarning ish

67

TEST SAVOLLARI




joyi toza bo'lishini, ularning maxsus kiyim-kechak va turli anjomlar bilan ta'minlanishini kuzatib borishlari zarur. Ayniqsa, chuqur yer ostida ishlovchi shaxtyorlar, issiq sex ishchilari, metallurglar, frezerchilar va oynasozJar piodermiyaga ko'p chalinishadi. Shuning uchun ularning korjomalari har 10 kunda yuvilib, dezinfeksiyalanishi hamda toza. kiyimlari individual shkaflarda saqlanishi zarur.

Piodermiyaning avj olishida mikrotravmaJar asosiy sababchi ekanligini nazarda tutib, terming zirapcha kirgan, tirnalgan, shi-lingan va yorilgan joylariga zudlik bilan dezinfeksiyalovchi eritmalar (2 % li brilliant yashili yoki 2—5 % li yod) surtish lozim.

Yosh bolalar piodermiya bilan og'rishga ko'proq moyil bo'lganlari uchun bemorlarning sog'lom tengdoshlari bilan yurishiga yo'l qo'yilmaydi; piodermiyaga chalinganlar ajratib qo'yiladi, to ular tuzalgunlaricha bog'cha, niaktab va boshqa jamoa joylariga kelishlari vaqtincha taqiqlanadi. Bolalar bilan muntazam ishlaydigan xodimlar, doimo profilaktik ko'rikdan o'tib turishlari lozim.

Mabodo, tug'ruqxonada piodermiyaga chalingan chaqaloqlar borligi aniqlansa, ular darhol sog'lom chaqaloqlardan ajratib qo'yiladi. Tug'ruqxona xodimlari va shu bilan birga barcha onalar sinchiklab tekshirilib, tegishli davo choralari ko'riladi.

1. Terining yiringli kasalliklari kelib
chiqishiga nimalar sabab bo'ladi?

A) ekzogen omillar, endogen


omillar;

B) genetik omillar;

D) fizik-kimyoviy omillar;

E) ekologik omillar.

2. Yiringli kasalliklarning umumiy
davosiga nimalar kiradi?


  1. ekzogen omillar, endogen omillar;

  2. genetik omillar;

D) fizik-kimyoviy omillar;

E) hamma javob to'g'ri.

3. Yiringli kasalliklarning niahalliy
davosiga nimalar kiradi?

A) komfora spirti, anilin bo'yoqlar, o'simlik moyi, malhamlar;

B) gormonlar, vitaminlar;

D) simptomik dori vositalari;

E) to'g'ri javob yo'q.

4. Yiringli kasalliklarning oldini olish


uchun qanday chora-tadbirlar bel-
gilanadi?

  1. shaxsiy gigiyena chora-tadbirlari;

  2. sanitariya-gigiyena tadbirlari;

D) moddiy farovonlik tadbirlari;

E) hamma javob to'g'ri.

5. Emlash uchun qanday vositalar
qo'llaniladi?


  1. immun vaksinalar;

  2. anatoksinlar;

D) zardoblar;

E) antitoksinlar.



  1. Terining yiringli kasalliklari paydo bo'lish sabablarini aytib bering.

  2. Piodcrmitlarga xos bo'lgan toshma elementlarning nomini birma-birbayon
    eting.

3.Chipqonning follikulitdan va korbunkuldan farqi nima?

  1. Stafilodermiya terida joylashishi bo'yicha streptodermiyadan nima bilan
    farq qiladi?

  2. Piodermitlar nima uchun bolalar orasida keng tarqalishi sabablarini
    izohlang.

  3. Yiringli kasalliklar qanday davolanadi?

  4. Yiringli kasalliklar keng tarqalmasligi uchun nima qilish kerak?

68

69


6-amaIiy raashg'ulot


Download 421 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish