E. H. Eshboyev, Y. M. Fayziyev teri va tanosil kasalliklari


TERINING PARAZITAR KASALL1KLARI



Download 421 Kb.
bet41/56
Sana22.03.2021
Hajmi421 Kb.
#61875
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   56
Bog'liq
т ере ва таносил

TERINING PARAZITAR KASALL1KLARI

Parazitlar (kana va bitlar) paydo qiladigan ten kasalliklari bilan tanisiiish. Yuqish yo'Ilarini o'rganish

Parazitlar qo'zg'atadigan kasalliklar dermatozoonozlar deyi-Jadi. Ularga kanalar (qo'tir kanasi, kaptarlar va tovuqlar kanasi), bitlar, burgaiar, taxta kanasi va boshqalar kiradi. Oziqlanish maq-sadida uiar odamni chaqadi, ayniqsa, qo'tir kanasi bemor terisi-ning muguz qavatida joylashib olgancha oylab yashaydi. Boshqa parazitlar (bitlar) chaqqanida so'lagi terini ta'sirlab, mahalliy yoki umumiy allergik reaksiya qo'zg'atadi. Hasharotlar hadeb chaqave-radigan bo'lsa, odam terisida shish, qavarchiq paydo bo'ladi, harorat ko'tarilib, kishi qattiq qichinadi.

Teri kasalliklari mutaxassis amaliyotida qo'tir va bitliqilik

(bitlash) kabi kasalliklar muhim o'rin tutadi. Ularning qo'zg'a-

tuvchilari bemordan sog' odamga to'g'ridan-to'g'ri, hatto qo'l berib

ko'rishganda, ozodalikka rioya qilmaganda (ich kiyimlarva ko'rpa-

to'shaklarni tez-tez almashtirmaslik, o'z vaqtida yuvinmaslik)

yuqib qoiadi. Epidemiologiya nuqtayi nazaridan qaraganda, bu ka-

salliklarning ko'payib ketishi aholining turmush sharoiti va

madaniyatiga bevosita bog'liq. Qo'tir bilan ba'zan, ayrim uy

hayvonlari, jumladan, mushuk, it, sigir, cho'chqa, ot, tovuq va

boshqalar ham kasallanishi mumkin.

QO'TIR (SCABIES)

( Qo'tir odam va hayvonlarning yuqumli kasalligi. Kasallikni qo'tir kanalari Sarcoptes scabiei qo'zg'atadi. Qo'tir kasalligi odam terisining, ayniqsa, tungi qattiq qichishi tufayli ko'proq namoyon bo'ladi. Bu kasallikqadimdan ma'lum bo'lib, «qichima» debyuri-tilgan. Taxminan 4000 yil awal Xitoyda, Qadimgi Misrda, Vavi-lon hamda Assiriyada qo'tir kasalligi ma'lum bo'lgan.\|Rimda Sels

70

qo'tir kasalligiga «Skobies» deb nom bergan, bu hozirga qadar tibbiyot amaliyotida qoilanib kelinmoqda.

Abu Ali ibn Sino «Tib qonunlari» kitobida boshqa kasalliklar qatorida qo'tir haqida ham ma'lumot berib o'tgan. Qator olimlar (Avenzoara, Gildegord (XII asr), Gale (1812) o'z asarlarida qo'tir kasalligi bilan og'rigan bemor terisida qandaydir mayda tirik parazit jonivorlar bo'lishini yozib qoldirishgan.

1834-yilda korsikalik talaba Rinuchchi qo'tirning yuqumli ekan-ligi va uni kana qo'zg'atishini aniq ma'lumotlar bilan isbot etdi. Shu davrdan boshlab unga qarshi davo va oldini olish chora-tad-birlar ishlab chiqila boshlandi.



Etiologiyasi va patogenezi. Kasallik qo'zg'atuvchisi, ya'ni qo'tir kanasi tashqi ko'rinishi jihatdan toshbaqaga o'xshaydi. Urg'ochisi erkagidan birmuncha yirik. Tanasi serbar tuxumsimon, burmali, uchburchak tangachalar bilan qoplangan, og'iz apparatlari chan-galsimon, kemirishga moslashgan.^Bunday rivojlangan og'iz appa-rati orqali ular xo'jasining terisini teshib, to'qima, qon, limfa va boshqa suyuqliklar bilan oziqlanadi. Oldi va^ orqasida 2 juftdan bo'g'imlarga boiingan qisqa oyoqchalari boivOtalangan urg'ochi kana epidermisning yuza qatlamlariga kirib, har xil yoilar ochgan holda shu joyga tuxum qo'yadi, erkagi esa halok bo'ladi^Urg'ochi kanalarning harakati chaqqon bo'lib, bir kunda 0,5—5 mm-egri-bugri kovaklar (kana yo'llari) hosil qiladi. Kanalar rivojlanib 3—7 hafta davomida jinsiy voyaga yetadi. Bitta urg'ochi kanadan chiqqan tuxumdan 3 oy mobaynida 130—150 mln kana paydo bo'lishi hisoblab chiqilgan?Odamga yuqqanidan so'ng tez ko'payib ketishining sababi ham shunda.

t; Kana odam organizmidan tashqarida bir haftagacha yashashi mumkin. Qo'zg'atuvchilar bemor yoki uning buyumlari orqali o'tadi>Shuningdek, bir to'shakda yotganda, ba'zan jinsiy aloqada ham yuqib qoiadi. Shuning uchun u jinsiy yo'l bilan yuqadigan kasalliklar qatoriga kiritilgan/Kasallikning yashirin (inkubatsion) davri 7—10 kundan 20—30 kungacha boradi.>

^ Klinikasi. Inson terisiga tushgan kana zudlik bilan teri ichiga kirib olib, epidermis bo'ylab uni teshishda davom etgan holda kovak yoichalar hosil qiladi. Shu joylarda mayda pufaklar paydo

71

bo'ladi. Kasallikning asosiy belgisi terining qichishidir. Ko'pincha kana kovlagan kovakning boshlanish qismi, ya'ni kirgan joyi ochiq qoladi, xuddi ana shu yerda kattaJigi 1—2 mm keladigan ichida seroz suyuqligi bor oqimtir pufakchalar paydo bo'ladi.> Tuguncha va pufakchali mayda toshmalar bir chiziq bo'ylab joylashishga moyil bo'ladi, qashlayverish.oqibatida o'rnida nuqta-nuqta qoramtir yo'llar hosil qiladi./Toshmalar barmoqlar orasidagi burmalar, kaftning yon tomoniga, keyinchalik butun badanga (erkaklarda tanosil a'zolarga, ayollarda sut bezi so'rg'ichi atrofiga) toshadi. Ba'zan qo'l tirsaklarining tashqi qismida mayda nuqtali qora qo'tirlar va tangachalarni (Gorchakov—Ardi simptomi) uchratish jnumkin. Bemor hadeb qashinaverishi natijasida qo'tir badan terisining bir joyidan ikkinchi joyiga o'tadi. Toshmalar qattiq qichishadi va bu holat, ayniqsa, kechasi kuchayadi. Bemorning terisi lupa orqali ko'zdan kechirilganda, kana yo'lining boshlanishi, qoramtir nuqtali chiziqlar (kovak-chalar), mayda pufakchalarning teridan salgina bo'rtib turganligini ko'rish mumkin, xuddi ana shu pufakchalar ichida kanalar bo'ladi.( Qoramtir nuqtalar — urg'ochi «kana to'xtab, tuxum qo'ygan kovakchalarning tepa teshiklaridir/Qashinish natijasida terining normal tuzilishi o'zgarib, terida tirnalgan, shilingan joy-lar, qoraqo'tir po'stlarni kuzatish mumkin./Ko'pincha qichinish natijasida terining tirnalgan joylarga infeksiya tushib, follikulit, furunkul, impetigo, ektima va boshqalar rivojlanishi ham mumkin, bunda kasallikka tashxis qo'yish murakkablashadi. Qo'tir kasalligi uzoq cho'zilib ketganida yoki bemor muntazam davolanmaganida dermatit, ekzema paydo bo'lishi mumkin. Ka-sallik shu tariqa asoratlanadigan bo'lsa, bemor qonida eozinofi-liya kuzatiladi.-?



Yosh bolalarda kasallikning belgilari boshqacha kechadi. Aksa-riyat tovon, kaftning ichki sohasi, son oralig'i va dumba zararla-nadi. Hosil bo'lgan pufakchalar tez yiringlab jarayon og'irlashishi mumkin.

Tez-tez yuvinadigan odamlarda kasallik bilinar-bilinmas ke­chadi. Toshmalar yoki kana yo'llari unchalik sezilmasa-da, ammo bemorning terisi qattiq qichiydi. Bu holat chala davolangan be-

niorlarda ham kuzatiladi. Ammo bemorning butun badan terisi obdon ko'zdan kechirilganda, juft-juft joylashgan tuguncha va pufakchalar, qavarchiqlar, tirnalgan joylar hamda bir-ikki kana yo'llari topiladi.

Agar kasallik jinsiy aloqa tufayli yuqadigan bo'lsa, toshmalar qov atrofi, kindik va qorin sohasida bo'ladi. Jinsiy a'zolar zararla-nib, tuguncha va pufakchalar toshib, ular yiringlab ketishga moyil bo'ladi. Ba'zan kasallikning klinik manzarasi zaxmga o'xshab ketadi. /Tashxisi. Asosan bemorning shikoyatiga e'tibor beriladi. Qo'tirni ba'zan qichima bilan adashtiriladi, chunki bunda ham teri qattiq qichishadi. Ammo kasallik yillab davom etib, teri qichishi bemorni tunu-kun bezovta qiladi. Bemorning limfa tugunlari shishadi (pruriginoz shishi), teri rangi sarg'imtir bo'lib, tugunchalar qonli qora qo'tir bilan qoplanadi va qo'1-oyoqlarning bukiladigan qismida joylashadi.?

Shu bilan birga qo'tir kasalligini mikrob ekzemasi, chin ekzema bilan taqqoslanadi. Lekin qo'tir kasalligiga tuguncha va pufakchali toshmalarning juft-juft bo'lib joylashishi, kana yo'llari borligi, qichishning aynan kechasi avj olishi, bir vaqtda. oila a'zolaridan bir necha kishining kasallanishi, Gorchakov—Ardi simptomining musbat bo'lishi qo'tirni boshqa kasallikiardan farqlashda muhim rol o'ynaydi. Terida ko'pincha pigmentii dog'lar, impetigo eiementlarining izi qoladi. Ba'zan dumg'azada toshmalar, dumbaning yorg'oq sohasi tomon yo'nalgan «uchburchak belgisi» hosil qiladi.


Download 421 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish