E. H. Eshboyev, Y. M. Fayziyev teri va tanosil kasalliklari


Streptokokkli piodermitlar



Download 421 Kb.
bet36/56
Sana22.03.2021
Hajmi421 Kb.
#61875
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   56
Bog'liq
т ере ва таносил

Streptokokkli piodermitlar (streptodermiya). Patogen strepto-kokklar stafilokokklardan farq qilib, soch xaltachalari yoki yog' va ter bezlarini zararlantirmaydi, ular asosan teri kasalliklarining yuza xillariga sabab bo'ladi. Streptodermiyaga ko'proq bolalar va ayollar chalinadi, chunki ularning terisi nozik va yupqa bo'ladi.

58

Birlamchi morfologik element — nozik pufak (fliktena) hisobla­nadi. Pufak teri sathidan deyarli ko'tarilmaydi, ilvirab, shalpayib turadi va saiga yoriladi.



Streptokokkli impetigo, sachratqi. Bolalar orasida eng ko'p tarqalgan yiringli kasallik bo'lib, toshmaning asosiy morfologik elementi nozik pufaklar hisoblanadi.

Etiologiyasi va patogenezi- Streptokokkli impetigo (lot. impetus — to'satdan, birdan ma'nosini bildiradi) teriga streptokokklar tushishidan kelib chiqadi. Ba'zi tadqiqotchilarning fikricha, zararlangan o'choqlardan ahyon-ahyonda stafilokokklar ham to-piladi. Bolalar va ayollarning terisi yupqa hamda nozik bo'lganligi tufayli saiga chaqalanadi, shuning uchun kasallik ularning yuzida va tanasining boshqa ochiq qismlarida uchraydi.

Klinikasi. Kasallik to'satdan boshlanib, yiringli toshma teriga birdan toshadi. Zararlangan terida awaliga giperemiyalangan ho-shiya bilan o'ralgan yupqa pufakchalar (fliktenalar) vujudga ke-ladi. Pufakchalar turli kattalikda bo'lib, ular bir-biri bilan qo'shi­lib ketishga va periferiyaga qarab o'sishga moyil bo'ladi. Ba'zan fliktenalar o'zgarmagan terida ham paydo bo'lishi mumkin. Bir-ikki kunda pufakchalar yumshab, ichidagi suyuqlik loyqalanadi, yiringlaydi; yiring tezda qurib, sarg'imtir qora qo'tirga aylanadi. Qora qo'tir tushib ketgan joylarda namlanib turadigan qizg'imtir eroziyalar ko'zga tashlanadi. Fliktenalar bir-biridan alohida joy-lashadi, ammo periferiyaga yoyilishi oqibatida qo'shilib, halqasi-mon (sirsinar) impetigo vujudga keladi. Kasallik 3—4 hafta davom etadi. Pirovardida qora qo'tir ko'chib tushadi.

Streptokokk impetigosining bir necha klinik xillari mavjud. Bullyoz (pufakli) impetigo, bunda ko'proq qo'l barmoqlarining yoni, tovon va boldir zararlanadi. Kattagina fliktena chiqadi. U yorilganda hosil bo'lgan eroziya periferiyasida po'st qoldig'i turadi.



Lab bichilishi yoki tirqishsimon impetigo. Dastlab labning bir yoki har ikki burchagida pufakchalar (fliktenalar) paydo bo'ladi. Ular tezda yorilib, qurib qoladi va qora qo'tirga aylanib, iz qoldir-masdan tushib ketadi. Ovqatlanganda, gaplashganda, shuningdek, yasama tishlar va so'laklar ta'siridan lab burchagi tinmay ta'sir-langanda eroziyalar vujudga keladi.

59

Eritema-skvamoz impetigo yoki ocldiy temiratki. Barcha strep-tokokkli impetigolar ichida quraq kechishi bilan ajralib turadi. Asosan bolalarning yuzi, lunji va jag'lari atrofi, goho oyoq-qo'llari terisida doira hamda ovalsimon shakldagi, yuzasi biroz kepaklanib turadigan oqimtir yoki qizg'imtir dog'lar paydo bo'ladi. Dog'lar, ayniqsa, qoramtir bolalarda yaxshi bilinadi. Quyoshga tobianganda dog'lar yana ham aniqroq ko'rinadi. Atrofdagi sog'lom teri biroz qorayadi.



Yuza panaritsiy yoki turniol (xasmol). Tirnoq osti va atrofi-dagi to'qimalarning o'tkir yallig'lanishi. Bir yoki bir necha tirnoqlar kasalianishi mumkin. Asosan kattalar, ba'zan bolalar xastalanadi. Barmoqning ko'rinar-ko'rinmas chaqa joylari orqali to'qimalarga yiringlatuvchi mikroblar kirishi sabab bo'ladi. Tirnoq atrofida seroz-yiring tutgan fliktenalar paydo bo'ladi. Pufaklar awaliga seroz suyuqlik saqlaydi, keyin loyqalanib yiringlaydi, periferiya tomon tarqalishga moyil bo'ladi. Bir necha barmoqlarning tirnog'i zararlansa, bemorning issig'i chiqib, Lining umumiy ahvoli yomonlashadi, zararlangan joyga yaqin limfa tugunlari shishadi.

Intertriginoz streptodermiyoda ko'proq ishqalanadigan, burmali joylar — quloq orqasi, qo'ltiq osti, chov oralig'i, ayollarning ko'krak bezlari tagiga toshmalar toshadi. To'ladan kelgan semiz, ayniqsa, ekssudativ diatez, qandli diabetga chalingan yosh bolalar orasida kasallik tez avj oladi. Toshmaning asosiy elementi yassi, kattaligi bug'doy donidek keladigan fliktena hisoblandi. Fliktenalar ko'plab chiqib, tezda bir-biriga qo'shilib ketadi va namlanib turadigan och pushti rangli eroziya o'choqlarini vujudga keltiradi. Zaxmsimon papulyoz impetigo yokipapulo-eroziv streptodermiya. Aksariyat go'daklar orasida uchraydi. Uni ketlikdan kelib chiqqan dermatit ham deyishadi. Go'dakning jinsiy a'zolari, dumba, son va boldir sohasiga tez yoriladigan fliktenalar chiqadi. Fliktenalar infiltratlangan eroziyalar hosil qiladi, bu odatda zaxmdagi erozi-yalangan papulalarga o'xshab ketadi. Asosan bolani parvarishla-ganda ozodalikka rioya etmaslik (ichki kiyimi va ketligini vaqtida almashtirmaslik) oqibatida kelib chiqadi.

Tashxisni aniqlashda asosan eroziyalangan papuiyoz zaxm bilan

60

taqqoslanadi; zaxmda o'tkir- yallig'lanish kuzatilmaydi, undan tashqari toshmalar og'iz shiiliq qavatiga ham toshadi. Papulo-eroziv streptodermiyaga mahalliy va dezinfeksiyalovchi dori-darmonlar tez kor qiladi. Shunga qaramay, qonning serologik reaksiyasi hal qiluvchi ahamiyatga ega.



Vulgar ektima — streptokokk impetigosining chuqur shakli.

Yaralardan olingan yiringli ajratmalar mikrobiologik tekshiril-ganda vulgar ektimani streptokokkdan tashqari aralash mikroor-ganizmlar, ya'ni stafilo-streptokokklar ham qo'zg'atishi aniqlan-gan. Sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik, ozib ketish, vitaminlar tanqisligi (gipoavitaminoz), organizm umumiy qarshilik quvvatining pasayib ketishi, moddalar almashinuvi hamda mahalliy qon, limfa aylanishining buzilishi va mayda yara-chaqalar elctimalarning paydo bo'lishiga qulay sharoit tug'diradi. Bolalarda vulgar ektima qizamiq, suvchechak, ko'kyo'tal kabi yuqumli kasalliklardan keyin avj oladi.




Download 421 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish