Vezikulopustulyoz — chaqaloqlar orasida keng tarqalgan kasaliik bo'lib, badanga turli kattalikdagi maddalar toshishi bilan ifodala-nadi. Kasailik go'dak hayotining dastlabki kunlaridayoq boshlanadi. Bunda bolaning boshi, badanning serburma sohalari va oyoq-qoilariga chetlari qizil yaliig'langan hoshiya bilan chegaralangan pustulalar chiqadi; pustulalar bitta, ikkita yoki bir nechta bo'lishi mumkin. Gistologik tadqiqotlar yallig'lanishli o'zgarishlar ekkrin ter bezlarining og'iz qismida bo'lishini ko'rsatadi.
Chaqaloqlarning epidemik pufakH yoki chilla yarasi — o'tkir boshlanib bir lahzada bolaning butun badaniga pustulalar toshib ketishi bilan ifodalanadi. Kasailikni asosan stafilokokklar, kam-dan-kam hollarda streptokokklar qo'zg'atadi.
57
Patogenezi. Piokokkli pemfigoidning 40 % dan ziyodi ilk go'daklik chog'idayoq (chaqaloq 3—6 kunligida) boshlanadi. Kasallikning kelib chiqishi go'dak terisining turli noxush omillar (bakterial, travma, homiladorlik toksikozi va boshqalar) ta'siriga ko'rsata olish qarshilik quwatiga bog'liq.
Epidemiologiyasi. Epidemik pufakli yara o'ta yuquvchan bo'lib, uning asosiy manbayi tibbiyot xodimlari yoki stafilokokk bilan og'rigan chaqaloqlarning onalafi hisoblanadi. Shuningdek, iflos choyshab, sochiq, ichki kiyimlardan ham yuqishi mumkin (kasal chaqaloqlarning kindigidan tushgan bo'ladi). O'rin-ko'rpalar yoki ba'zan tibbiyot xodimlarining sanitariya talabi darajasida toza emas-ligidan bu kasallik birdan tarqalib, tug'raqxonada epidemiya tusiga kirishi mumkin. Bunda zudlik bilan kasalxonaning chaqaloqlar bo'li-mi yopilib, dezinfeksiya qilinadi, barcha xodimlar tibbiy ko'rik-dan o'tkaziladi.
Klinikasi. Badan terisining bo'yin, kindik, dumba sohalarida, shuningdek, qo'l va oyoqlarda, biroz qizargan yoki o'zgarmagan teri yuzasi bo'ylab pufaklar paydo bo'ladi. Pufaklarning kattaligi no'xatdek, konsistensiyasi zich, ichidagi suyuqlik tiniq yoki sarg'imtir, atrofi gardish bilan o'ralgan bo'ladi. Pufaklar paydo bo'lishi bilan go'dakning ahvoli o'zgarib, qattiq bezovta bo'ladi, harorati ko'tariladi. Pufaklar tezda kattalashib, bir-biriga qo'shilib ketadi, ichidagi seroz suyuqlik loyqalanadi. Pufaklar yorilib, ero-ziyalanadi, periferiyadagi epidermis qoldig'i osilib turadi. Ba'zan yallig'lanish og'iz, burun, ko'z va boshqa a'zolar shilliq qavatiga ham tarqalib ketishi mumkin. Bu ko'pincha zaif, nimjon, chala tug'ilgan bolalar orasida kuzatiladi (yiring autoinkulatsiyasi). Bunda go'dak qattiq bezovtalanib, chirillab yig'laydi, harorati 38—40°C gacha ko'tariladi, onasini emmay qo'yadi, qayt qiladi, goho ichi ketadi. Chora-tadbirlar ko'rilmasa zotiljam, otit, flegmona, hatto sepsis qo'shilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |