Birlamchi morfologik elementlar: Proliferativ: Dog‘



Download 32,14 Kb.
bet1/7
Sana20.04.2023
Hajmi32,14 Kb.
#930751
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Dermatologiya.j


Birlamchi morfologik elementlar:
Proliferativ:
Dog‘ (macula) - terining chegaralangan rang o‘zgarishi bolib, u teri
sathidan ko‘tarilib turmaydi va paypaslanganda sezilmaydi.
Dog‘ning kelib chiqish sabablariga qarab;
--- qon tomirli,
--- pigmentli,
--- sun’iy turlarga
---yallig’langan va yalligianmagan doglarga ajratiladi.
Pigmentli dog'lar teri hujayralarida pigment melanin yo‘qolishi
(depigmentatsiya yoki vitiligo), kamayishi (gipopigmentatsiya) yoki
ko‘payishi (giperpigmentatsiya) natijasida paydo boiadi.
Sun’iy dog'lar teri orasiga bironta bo‘yoq yoki kimyoviy moddalaming
kirib qolishi natijasida paydo bo’ladi. Sun’iy dog’lar ko‘pincha turli kasb
egalarida yuzaga keladi va «stigma», ya’ni professional belgi hisoblanadi.
Tuguncha (papula)- bu birlamchi, proliferativ, bo‘shliqsiz, teri sathidan
kotarilib turadigan, kattaligi 1 sm gacha bolgan yuza element bolib,
epidermis va dermaning yuza qismida ro ‘y beradigan patologik o’zgarishlar natijasida paydo bo’ladi. Vaqt o’tib, o‘zgarib sorilib ketadi va
o’rnida dog’ qoladi.
Tuguncha qipiqli temiratki (psoriaz), qizil yassi
temiratki va zaxmning ikkilamchi davrida uchraydi.
Do‘mboqcha (tuberculum ) - bu birlamchi, proliferativ, bo’shliqsiz,
teri sathidan ko‘tarilib turadigan, kattaligi 1 sm gacha bo’lgan chuqur
element bo’lib , derma qavatida patologik o'zgarishlar natijasida paydo
bo’ladi.
Do’mboqcha keyinroq nekrozga uchrab yaralanadi va yara chandiq hosil qilib bitadi. A yrim hollarda do’mboqch a so'rilib,o‘rnida atrofik chandiq hosil qiladi.
Do’mboqcha teri sili(tuberkulyoz), moxov (lepra), leyshmanioz va zaxmning uchlamchi davrida uchraydi.
Tugun (nodus) - bu birlamchi, proliferativ, bo'shliqsiz, teri sathidan
ko'tarilib turadigan, kattaligi 1 sm dan to tuxumday, chuqur element
bo'lib, derma va teri osti yog’ qavatida hosil bo’lib o’sadi.
Keyinchalik tugun so’rilib atrofik chandiq yoki yaralanib, yara, chandiq hosil qilib bitadi.
Tugun teri sili, moxov, yomon jarohat va zaxmning uchlamchi
davrida uchraydi

Ekssudativ:


Pufakcha (vesicula) - birlamchi, ekssudativ, bo’shliqli, teri sathidan
ko'tarilib turuvchi, bo’shlig’ida seroz suyuqlik yoki qon saqlovchi,
kattaligi 1 sm gacha bo'lgan yuza element.
Pufakchaning po’stlog’i, tubi va ularning orasida suyuqlik bilan to‘lgan bo'shliq qismi tafovut etiladi.
Keyinchalik pufakcha qurib, qaloq hosil qilishi yoki yorilib, eroziya paydo bolishi mumkin. Aksariyat hollarda vaqtinchalik pigmentli dog' hosil qilib yo'qoladi.
Pufakcha har xil uchuq kasalliklarida (gerpes) uchraydi.
Pufak (bulla) - bu birlamchi ekssudativ, bo‘shliqli, teri sathidan
ko'tarilib turuvchi, olchamlari 1 sm dan katta bolgan yuza element.
Pufak - pufakchadan faqat kattaligi bilan ajralib turadi. Pufak seroz
suyuqlik saqlab, so’ng o'zidan qaloq, eroziya va pigmentli dog’ hosil
qiladi.
Bu toshma dermatitlarda va po’rsildoq yara kasalliklarida uchraydi.

Yiringcha (pustula) - bu birlamchi, ekssudativ, bo’shliqli, teri sathidan
ko'tarilib turuvchi, 1 sm gacha bo’lgan, bo’shlig’ida yiring suyuqlik saqlovchi, yuza yoki chuqur element bo'lishi mumkin.
Yiringcha soch follikuli atrofida yoki epidermisning yuza va chuqur derma qavatlarida joylashib, keyinchalik yorilib, o‘z o‘rnida eroziya yoki yara, qaloq, pigmentli dog’ yoki chandiq qoldirishi mumkin.
Bu toshma terining yiringli kasalliklarida va ikkilamchi zaxmda uchraydi


Download 32,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish