Barno turdixodjaevna xalmatova, maktuba xabibullaevna mirraximova



Download 1,27 Mb.
bet153/170
Sana12.10.2022
Hajmi1,27 Mb.
#852584
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   170
Bog'liq
Халматова 2014-узб.лотин

Nazorat savollari:
1. Homila ichi infeksiyalarini (HII) paydo bo’lish sabablari
2. Homila ichi infeksiyalarining klinik shakllari.
3. Homila ichi infeksiyalarida qanday asoratlar paydo bo’ladi
4. Homila ichi infeksiyalarida tashxis usullarini nima tashkil qiladi
5. Homila ichi infeksiyalarining davolash usullari.
6. Homila ichi infeksiyalarining profilaktikasi
7. Homila ichi infeksiyalarida hamshiralik jarayoni.
8. Homila ichi infeksiyalarida bemorning asosiy muammolari.
19. CHАQАLОQLАR YIRINGLI-SЕPTIK KАSАLLIKLАRIDА HAMSHIRALIK JАRАYONI.
Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda terining fiziologik o’rni juda muhim hisoblanadi.
Teri himoya o’rgani bo’lib, bolalarda uning bu funksiyasi kuchsiz rivojlangan. Chaqaloqlar terisi turli xil jaroqatlarga moyil bo’lib, teri tez-tez infisirlanadi. Bolalarda terining xususiyatlari quyidagilar:
-maserasiyaga moyillik
-tez infisirlanish
-teri to’qimalarining yuqori gidrofilligi
-qon bilan yuqori ta'minlanishi
Chaqaloqlar terisini parvarishlashda sanitariya gigiena talablari buzilsa, terida o’ziga xos xususiyatga ega teri simptomlari paydo bo’ladi, ba'zida bu simptomlar asoratlanadi va bolaning o’limiga hami sabab bo’ladi.
19.1. Terining noinfektsion kasalliklari
Issiqlik bolani yetarli darajada parvarish qilmaslik va isib ketishi natijasida yuzaga keladi.
Ko’krak qafasi, bo’yin soqasida, tabiiy burmalarida seroz, tiniq suyuqliq bilan to’la, ko’pgina mayda pufakchalar paydo bo’ladi, atrofidagi terio’zgarmagan.
Teri butunligining buzilishi teriga infeksiya tushishiga qulay sharoit yaratadi.
Davolash.Parvarishdagi kamchiliklarni bartaraf etish.Xar kuni kaliy permanganatning och-pushti rangli eritmasi bilan gigienik vannalar qilish. Maxalliy davosi: bolalar pudrasini teriga sepish kerak.
Bichilish - bu terining eng ko’p uchraydigan zararlanishi bo’lib, tabiiy burmalarda, dumg’azada joylashadi. Bola terisini noto’g’ri va yetarli darajada parvarish qilinmasligi sababli (noto’g’ri parvarish, noregulyar cho’miltirish, eski choyshablarni ishlatish) bichilishlar yuzaga keladi.
Bichilishlar uch turga ajratiladi.
I darajada - terida qisman qizarishlar paydo bo’ladi;
II darajada -terida qizarish va eroziya paydo bo’ladi;
III darajada - terisi giperemiyalangan va namlangan bo’ladi.
Bichilishlarning paydo bo’lishi bolani bezovtaligiga olib keladi, najas, siydik, sovun, nam yo’rgaklarni bola terisiga salbiy ta'siri terida og’riq, achishishlarni yuzaga keltiradi. Bola bezovtalanadi, uyqusi buziladi, injiqlanadi.
Davosi.Terini gigienik parvarishlash. Maxalliy va umumiy vannalar tavsiya etiladi. Kaliy permanganatning och-pushti eritmasi, moychechak, eman daraxti po’stlog’i, ittikanak damlamalaridan vannalar buyuriladi.
I-darajasida teri- sterillangan o’simlik moyi, vitamina A ning yog’li eritmasi, bolalar kremi, pudra bilan parvarishlanadi. Choyshablarni almashtirishda "havo vanna"lari qo’llaniladi (terining zararlangan sohasi ochiq qoldiriladi). II-III darajada namlangan teri yuzasiga malham 0,5% rezorsin eritmasi yoki 1,25% kumush nitrat eritmasi,yoki 0,1% rivanol eritmasi, yoki aralashma tavsiya etiladi.
Kvars (bakterisid, qurituvchi ta'sirga ega) yaxshi terapevtik ta'sirga ega.
Sklerodermiya - son, boldir, chov, genitaliy sohalarining o’ziga xos shishi va keyinchalik teri va teri osti sohasining qattiq shishi bilan xarakterlanadi.
Zararlangan sohada teri qattiq, oq-ko’kimtir tusda, burmalar hosil qilmaydi, bosganda chuqurcha qoladi.
Sklerodermiyaning yuzaga kelishida infeksion kasalliklar, gipoksik va septik holatlar, oziqlanishning yetarli bo’lmasligi muhim ahamiyatga ega. Sklerodermiya bola hayotining 2-4 kunida yoki keyinroq paydo bo’ladi.
Kasallikni og’ir kechishida bola organizmining barcha qismlari, tovon va kaft ham zararlanadi.
Bolaning umumiy ahvoliog’ir, kam harakatli yoki umuman harakatsiz, holsiz, ishtahasi yo’qolgan bo’ladi.Oqibati yo’ldosh kasalligiga bog’liq, agar bola yaxshi parvarishlansa, isitilsa, rasional ovqatlantirilsa bir necha haftadan so’ng tuzaladi.
Davosi asosan, chaqaloqni isitishga qaratilgan (bolani kuvezda parvarishlash, "sollyuks" va boshqa isitish vositalaridan foydalanish), bolani isitganda isitish vositalaridan ehtiyotlik bilan foydalanish zarur, bundan tashqari massaj qilish va infeksion kasalliklarini davolash kerak.
Zararlangan sohaga kuniga bir marta "yodli setka" qilish, 10 minutdan keyin yodni 70 % li spirt bilan artib tashlash zarur.
Bu kasallikda bolalarda giperkalsiemiyaga moyillik yuqori bo’lganligi sababli, 2 oygacha vitamin D va kalsiy preparatlari tavsiya etilmaydi.
Profilaktikasi - bolani sovuq qotishdan asrash, yaxshi parvarishlash.
Sklerema- teri va teri osti yog’ qavatining og’ir kasalligi bo’lib, chala tug’ilganlarda va kuchsiz bolalarda hayotining birinchi haftasi oxirlarida rivojlanadi. Son, boldir, yuz, dumg’aza, ko’krak qafasi, yuqori oxirlarda teri va teri osti yog’ qavatining toshdek qattiqligi yuzaga keladi.
Zararlangan, qattiqlashgan sohalarda teri burmalarini yig’ib bo’lmaydi, bosganda chuqurcha qolmaydi. Teri sovuq, oq yoki qizil-ko’kimtir, ba'zida sariq tusda bo’ladi.Yuzi maskasimon, oyoq-qo’llarda harakat pasaygan bo’ladi.
Kaft, tovon, yorg’oq sohalarida qattiqlashish kuzatilmaydi.Chaqaloqlarda tana harorati tushishi, ishtaqa pasayishi, arterial bosim pasayishi kuzatiladi.
Kasallik sababi aniq emas, sepsis yoki boshqa infeksion kasalliklarning klinik ko’rinishi hisoblanadi.
Davosi. Bolani to’g’ri parvarishlash, rasional ovqatlantirish, infeksion kasallikni kompleks davolash, bolani isitishga qaratilgan.
Zararlangan sohaga kuniga bir marta "yodli setka" qilinadi. Chala tug’ilganlarda, 5%li yodni qo’llash qalqonsimon bez funksiyasini buzilishiga sabab bo’lishi mumkin, buni shifokor hisobga olishi kerak.Kasallikning oqibati asosiy kasallikni kompleks davolashga bog’liq bo’ladi.

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish