Barno turdixodjaevna xalmatova, maktuba xabibullaevna mirraximova



Download 1,27 Mb.
bet151/170
Sana12.10.2022
Hajmi1,27 Mb.
#852584
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   170
Bog'liq
Халматова 2014-узб.лотин

Tug’ma zaxm
Tug’ma zaxmni qo’zg’atuvchisi oq treponemadir. Embrion va homila transplasentar yoki limfogen yo’llar bilan infisirlanadi. Homilador ayol zaxm bilan qachon kasalanganligidan qat'iy nazar, tug’ruqdan oldin yoki tug’ruqdan keyin homila baribir zararlanadi. Homila homiladorlikning 4-5 oylarida infisirlanadi. Infeksiyaning yuqish yo’li uch xil bo’ladi: kindik venasi orqali, kindik tomirlarining limfatik tirqishlari orqali va yo’ldosh zararlanganda ona qonidan homilaga infeksiya o’tadi.
Homiladorlik oqibati infisirlanish muddatiga bog’liqdir. Agar ayol ikki yildan ortiq zaxm bilan kasallangan bo’lsa, homilaning infisirlanishga moyilligi yuqori bo’ladi. Homilador ayol birlamchi yoki ikkilamchi zaxm bo’yicha kasallanib, davolanmagan bo’lsa, homila 85-90% holatlarda zararlanadi, Shundan 35% o’lik tug’iladi. Ikkilamchi zaxm bilan kasallangan ayollar kasallikga moyillikning yuqori guruhiga kiradi. 100% holatlarda bu ayollardan kasal bola tug’iladi.
Tug’ma zaxm quyidagicha kechadi:
1.Homila zaximi: agar homila nobud bo’lmasa, unga tug’ma zaxm tashxisi qo’yiladi.
2. Erta tug’ma zaxm quyidagi turlarga bo’linadi:
a) go’dak yoshidagi bolalarda tug’ma zaxm (bir yoshgacha);
b) erta bolalik davrida tug’ma zaxm ( 1 yoshdan 4 yoshgacha).
3. Kechki tug’ma zaxm ( 4 yoshdan 17 yoshgacha).
4. Yashirin tug’ma zaxm: ko’krak yoshida, erta bolalik davrida va 5 yoshda yuzaga keladi. Homila zaxmida yo’ldosh hajmi kattalashadi, yo’ldosh va homila hajmi nisbati 1 : 4 va 1 : 3 (normada 1 : 6) bo’ladi. Bunda yo’ldoshning tomirlari zararlanadi, granulyasionya to’qima ko’payadi, abssesslar hosil bo’ladi, spesifik septisemiya rivojlanadi. Zaxmning bu bosqichida mug’uzlangan homila, shuningdek, uzoq yashay olmaydigan chaqaloq tug’iladi.
Homila homiladorlikning 4 oyligidan keyin plasentar qon aylanishi ishga tushgandan so’ng zaxm bilan zararlanadi. Homila zaxmida jigar, taloq, o’pka (diffuz interstisial pnevmoniya), oshqozon osti bezi, buyrak, buyrak usti bezlari eng ko’p zararlanadi.
Osteoxondrit homilada embrional rivojlanishning 5 oyligidan keyin rivojlanadi. Uzun naysimon suyaklarda tog’ay bilan suyakning birikkan joyida spesifik osteoxondrit paydo bo’ladi, ohaklanish sohalarida periostit rivojlanadi.
Kasallik bola hayotining birinchi 3 oyligida aniqlanadi. Kasallikning birinchi klinik belgilaridan biri, tanada, tovonlarda, kaftlarda, oyoq-qo’llarda, yuzda sifilitik sachratqi paydo bo’lishi hisoblanadi. Bular no’xotdek o’lchamda bo’lib, yallig’lanish vali bilan qoplangan, seroz suyuqlik bilan to’la bo’ladi, keyinchalik yiringli bo’ladi.
Ko’krak yoshidagi bolalarda tug’ma zaxm bola hayotining birinchi 2 oyligida paydo bo’ladi. Zaxm polimorf klinik belgilar bilan namoyon bo’ladi. Klinik belgilariga terining zararlanishi (sifilitik sachratqi, terining diffuz qattiqlashishi, papulez va ba'zida - yuzida, oyoq-qo’llarida, dumqazada papulali toshmalar paydo bo’ladi); shilliq qavatlari (spesifik tumov - gipertrofik rinit, burun shilliq qavatida yarali jarayon, burun to’siqlarining tog’ay va suyak qismiga o’tadi); ichki organlari (jigar, taloq, oshqozon ichak traktida va boshqa organlarda); ichki sekresiya bezlari (ko’pincha buyrak usti bezlari) zararlanishi bilan xarakterlanadi.
Suyak tizimida (naysimon suyaklarda osteoxondritlar, periostitlar,) va asab izimida gidrosefaliya, meningitlar, meningoensefalitlar), sezgi organlarida (ko’ruv nervi atrofiyasi) kuzatiladi.
Kechki tug’ma zaxmning klinik manzarasi shartsiz (aniq) tug’ma klinik belgilar bilan namoyon bo’ladi (Getchinson uchligi - getchinson tishlari, parenximatoz keratit 7 yoshdan 14 yoshgacha; labirint karlik - 7 yoshdan 13 yoshgacha) va bo’lishi mumkin bo’lgan belgilari (spesifik xorioretinitlar, qilichsimon boldir, burun deformasiyasi, kalla suyagi nuksoni,tishlar distrofiyasi, iyak va lablar atrofida chandiqlar, neyrosifilisning ba'zi shakllari).
Kechki tug’ma zaxmda visseral organlardan jigar zararlanadi (diffuz kattalashadi va qattiqlashadi). Terida gummoz va do’mboq sifilidlar paydo bo’ladi.
Tug’ma sitomegalovirusli infeksiya
Tug’ma sitomegalovirus infeksiyasi (SMVI) - virusli kasallik bo’lib, klinik simptomlari polimorf ko’rinishga ega, so’lak bezlarining, visseral organlar, markaziy asab tizimining zararlanishi gigant hujayralar hosil bo’lishi, hujayra yadrosi va sitoplazmaning zararlanishi bilan xarakterlanadi.
Tug’ma sitomegaliya tug’ma infeksiyalarning eng ko’p uchraydigan turlaridan biri bo’lib, 0,2 - 2,5% chaqaloqlarni zararlaydi. Virus va antitana 1 - 100% chaqaloqlarda va bola hayotining birinchi 2-3 oyligida aniqlanadi. Klinik belgilari immunodefisit holatlar fonida namoyon bo’ladi. Tug’ma sitomegaliya simptomsiz, latent shaklida kechishi mumkin, og’ir holatlarda o’lim yuz beradi.
Homila ichi zararlanishida sitomegalovirus bilan infisirlanish epedimiologik holatga (odam populyasiyasida kasallanishning - 40-100%, SMV shtammlarining genetik variabelligi, infeksiya o’tish yo’lining turli xilligi), homiladorlik vaqtida adaptasion immun mexanizmlarning, homila va chaqaloqda immun tizimning yaxshi rivojlanmaganligi ham bog’liqdir.
Homila ichi sitomegalovirus infeksiyasi bilan homila pre- yoki intranatal davrlarda infisirlanadi. Homila ichi zararlanishida infeksiya manbai bo’lib, homiladorlik vaqtida kasallangan ona hisoblanadi. Infisirlanish transplasentar yo’l bilan bo’ladi (bunda sitomegalovirus yo’ldoshda joylashadi) va tuShuvchi yo’l - 90% holatlarda kuzatiladi.
Intranatal infisirlanish (5%) holatlarda aspirasiya, qog’anoq suvini yoki onani infisirlangan tug’ruq yo’llaridagi sekretlarini yutish natijasida virusning organizmga tushishidan keyin rivojlanadi. Homilador ayollarda SMVI faollaShuvi homiladorlikning 2-3 -oyliklariga to’g’ri keladi. Homilaning zararlanishi latent infeksiyaning reaktivasiyasi natijasida ham yuzaga kelishi mumkin. Chaqaloqlar ona suti orqali, peshob, so’lak orqali ham zararlanishi mumkin. Tug’ma infeksiyalarda peshobdan virus ajralishi 2-4 yilgacha kuzatilishi mumkin.
Jаdvаl 5

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish