19.2.Kindikning noinfektsion kasalliklari
Fungus tushinchasi. Yiringli-yallig’lanish kasalliklarining sababi parvarish nuqsoni va stafilokokkli infeksiya hisoblanadi. Shartli patogen ichak florasi (ichak tayoqchasi, proteylar, klebsiellalar, enterobakteriyalar), Shuningdek, ko’k yiring tayoqchasi. Kasallik manbai bo’lib, surunkali infeksiya o’choqlari, onadagi latent kechuvchi infeksiya, tug’ruq yo’llari infisirlanishi, chaqaloqlar parvarishi uchun ishlatiladigan buyumlarning infisirlanishi hisoblanadi.
Tibbiyot xodimlarining epidemiologik rejimni buzishi xam kasallikning rivojlanishiga sabab bo’ladi.
Patologik jarayon lokal va tarqoq infeksiya ko’rinishida kechadi.
Umumiy tarqoq infeksiya - sepsis yuzaga kelishi mumkin.Kattalardan farqli, bolalarda infeksiyaning generalizasiyalangan yallig’lanish jarayoni vujudga keladi.
Kindik yarasi tozalangandan keyin granulyasiya lyapis yoki 5% li kumush nitrat bilan kuydiriladi.
Omfalit- kindik sohasida teri va teri osti yog’qavatining yallig’lanishi hisoblanadi. Yallig’lanish jarayonining xarakteriga qarab, kataral, yiringli va nekrotik omfalit farqlanadi.
Kataral omfalit ("nam (ho’l) kindik") infisirlangan kindik yarasining sekin epitelizasiyasi natijasida yuzaga keladi, uzoq vaqtgacha namlik saqlanadi, keyin granulyasiya (fungus) bilan qoplanadi, uning yuzasida seroz yoki seroz-yiringli ajralma paydo bo’ladi. Yiringli yuzaning bitishi bir necha haftagacha davom etadi. Bolaning umumiy ahvoliqoniqarli bo’ladi.
Yiringli omfalit yallig’lanish jarayonini kindik va kindik atrofi to’qimalariga tarqalishi bilan xarakterlanadi. Kindik yarasidan ajralgan ajralma yiringli xarakterga ega bo’ladi. Kindik atrofida teri giperemiyalangan, shishgan va teri bir oz bo’rtib chiqqan bo’ladi. Qorin oldingi devori tomirlarining kengayishi xarakterlidir, agar yallig’lanish jarayoni kindik tomirlarigacha borsa, kindik tomirlari qalinlashadi va kindik aylanasining yuqori va pastki qismida tasmadek paypaslanadi. Chaqaloqning umumiy ahvoli o’zgaradi, tana harorati ko’tariladi, ishtahasi pasayadi, vazni kam qo’shiladi yoki vazn qo’shilishi sekinlashadi, periferik qonda yallig’lanishga xos belgilar aniqlanadi.
Nekrotik omfalit odatda kam uchraydi, organizmning qarshilik funksiyasi pasayganda yuzaga keladi.
Kindik atrofining terisi to’q qizil ko’k rangda bo’ladi. Nekroz tezda terining barcha qavatlariga tarqaladi, nekrozga uchragan to’qima keyinchalik ajraladi va qorin bo’shliqi organlarining eventrasiyasi (tushish) yuzaga keladi. Omfalitning bu shakli eng og’ir hisoblanadi, yaqqol intoksikasiya rivojlanadi va sepsis bilan asoratlanadi.
Davosi. Kunlik davo o’tkazishni talab etadi, kindik yarasi perekis vodorodning 3% li eritmasi, keyin 70% spirt va 5% kaliy permanganat bilan tozalanadi. Agar kindik yarasidan ajralma ko’proq ajralsa, natriy xloridning gipertonik eritmasi bilan boylam qo’yiladi. Mahalliy davo uchun stafilokokkli bakteriofag qo’llaniladi. Kindik yarasini epitelizasiyasini tezlashtirish uchun UBN (ultra binafsha nuri) qo’llaniladi.
Bolaning umumiy ahvoli o’zgarganda va infeksiya generalizasiyalashganda umumiy terapiya o’tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |