Barno turdixodjaevna xalmatova, maktuba xabibullaevna mirraximova


Homila ichi infeksiyalari va ularning shakllari



Download 1,27 Mb.
bet150/170
Sana12.10.2022
Hajmi1,27 Mb.
#852584
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   170
Bog'liq
Халматова 2014-узб.лотин

Homila ichi infeksiyalari va ularning shakllari
Homila ichi kasalliklari - bu homilaga tug’ruq vaqtida va tug’ruq yo’llari orqali o’tayotganida zararlangan onadan infeksiyaning o’tishi natijasida, qo’zg’atuvchi infeksion kasallikni va yallig’lanishni yuzaga keltirishidan kelib chiqadigan kasalliklardir.
TORCH-infeksiya sindromiga kasallikning quyidagi umumiy belgilari xarakterlidir:
1. kattalarda subklinik kechishga moyillik.
2. latent infeksiyaning homiladorlik davrida faollaShuvi yo’ldoshning va onadagi Ig G natijasida homilaning kam infisirlanishiga sabab bo’ladi.
3.homila ichi infeksiyalari qo’zg’atuvchisi odatda qiyin klinik tashhislanadigan kasalliklarni chaqiradi. Ularni aniqlash uchun sezuvchan serologik sinamalar talab qilinadi.
4.TORCH-agentlari chaqirgan tug’ma infeksiyalar, homilada IgM-antitanalarini hosil qiladi.
5. TORCH-agentlarining ma'lum organ va tizimlarga, jumladan, markaziy asab tizimiga, yurak qon-tomir tizimiga, mononuklear tizimga, ko’rish organlariga nisbatan moyilligi xarakterlidir.
Homila ichi infeksiyalarining rivojlanishiga yuqoridagi omillardan tashqari quyidagi omillar ham ta'sir ko’rsatadi:
1) qo’zg’atuvchining virulentlik turi va darajasi;
2) infisirlanishning massivligi;
3) qo’zg’atuvchining organ va to’qimalarga nisbatan tropizmi;
4) qo’zg’atuvchining tushish yo’li;
5) ona organizmining homila kasalligini oldini olish xususiyati;
6) gestasiya muddati;
7) homilaning immun javobga bo’lgan xususiyati;
8) homiladorlikning kechish xarakteri;
9) homila ichi va intranatal gipoksiya;
10) homiladorlik davrida massiv dori vositalarini qabul qilish.
Kasallikning klinik simptomlari chaqaloq tug’ilgandan keyin darrov (homila ichi - ante- intranatal infeksiyalar), yoki kechki neonatal davrda namoyon bo’lishi mumkin.
Infeksion kasallikning umumiy simptomlari aniq klinik ko’rinishga ega emas, ular ko’p qirrali bo’ladi. Qiyosiy tashhislashda, asosan chala tug’ilganlarda perinatal gipoksiya natijasida yuzaga kelgan infeksion toksikoz va dezadaptasiya simptomlari bir-biriga o’xshash bo’lganligi sababli tashhislashda qiyinchilik tug’diradi. Homila ichi rivojlanish davrida tashhislash usullari bevosita va bilvosita turlariga bo’linadi.
Homila ichi infeksiyalarining klinik belgilari namoyon bo’lsa, biologik aktiv moddalardan olingan materiallarni tekshirish (qondan - respirator viruslar, bakteriyalar; peshobdan - sitomegalovirus, mikoplazmalar; burun-halqum surtmasidan - qizilcha virusi, gerpes, enteroviruslar, respirator viruslar; oshqozon suyuqligi va najasdan - enteroviruslar, bakteriyalar; vezikul suyuqligidan - gerpes virusi; orqa miya suyuqligidan - qizilcha, gerpes viruslari, sitomegalovirus, enteroviruslar, mikoplazmalar) va dinamikada onadan va boladan 10-14 kundan keyin serologik tekshiruv usuli kasallikka aniq tashhis qo’yishga yordam beradi. Antitanalar titri 4 va undan ortiq ko’tarilsa, bu infeksion jarayonning faollashganligidan dalolat beradi.
Serologik usul bilan aniqlangan antitanalar immunoglobulin G sinfiga kiradi. ELISA usuli bo’yicha IgM aniqlanadi. Homila ichi tashhisotida boshqa serologik usul ham qo’llaniladi, neytralizasiya reaksiyasi, gemagglyutinasiyani tormozlash reaksiyasi, RPGA, lateks-agglyutinasiya, immunobloting, immunoflyuoressentsiya, radioimmunnologik va immunoferment analizlar qo’llaniladi.
Xlamidiyali infeksiya
Xlamidiyali infeksiya (XI), xlamidiozlar - yuqumli antropozoonoz kasalliklar guruhiga kiradi, qo’zg’atuvchisi xlamidiyalar. So’nggi yillarda tekshiruvchilar odam xlamidiyali infeksiyasiga asosiy e'tiborni qaratmoqdalar. 30-50 % holatlarda kattalarda xlamidiyalar siydik ayirish va jinsiy a'zolar yallig’lanish kasalliklarining sabablari hisoblanadi, bu esa o’z navbatida bolalarni ham infeksiya bilan yuqori zararlanishiga olib keladi. Homilador ayollarda urogenital xlamidiozlarning uchrashi 10-50% ni tashkil etadi, homilador ayollarning infeksiya bilan zararlanishi 40-70%ni tashkil qiladi. O’tkir xlamidiyali infeksiya bilan kasallangan ayoldan bolaning zararlanishi 50-60%, tug’ruq vaqtida esa - 40%dan iborat. Ammo xlamidiya bilan homila ichi zararlanishi 6-7% chaqaloqlarda tashhislanadi. O’lik tug’ilishda xlamidiyaning o’rni 5,5 - 14,4%ni, perinatal o’limda - 36,1%ni tashkil qiladi.
Odam patologiyasida Chl.trachomatis muhim ahamiyatga ega, u traxomani qo’zg’atuvchi 15 serotiplardan iborat, klinikasida konyunktivitlar, urogenital patologiyalar (uretritlar, servisitlar va boshqalar), chaqaloqlar va go’daklar pnevmoniyasi, chov limfogranulematozi bilan (Hikola - Favra kasalligi) namoyon bo’ladi.
Chl. pneumoniae erta yoshdagi bolalarda respirator patologiyaning qo’zg’atuvchisi hisoblanadi. Kasallikning asosiy klinik shakllari kichik o’choqli va interstisial pnevmoniya hisoblanadi. Chaqaloq tug’ruq vaqtida kontakt yoki tuShuvchi yo’l bilan zararlanadi. Chaqaloqlarda xlamidiyali infeksiyaga gumon qilishda anamnezida quyidagi ma'lumotlar bo’lishi kerak:
- ota-onada o’tkir yoki surunkali urogenital patologiyalar;
- patologik homiladorlik, bola tashlash, gestoz, ko’p suvlilik, muddatidan ilgarigi tug’ruqlar, yo’ldoshning muddatidan oldin ko’chishi, homiladorlik tushish xavfi, fetoplasentar yetishmovchilik, homila ichi rivojlanishining orqada qolishi, homilaning yetarli darajada oziqlanmasligi;
- homiladorlik davrida homilador ayolda o’tkir vulvit, cho’ziluvchan kolpit kuzatilishi.
Xlamidiyali infeksiyalar uchun quyidagi klinik shakllar xarakterlidir:
-tarqoq-generalizasiyalashgan poliorganlar zararlanishi, homila ichi pnevmoniyasi (20%);
- meningoensefalit;
- respirator distress-sindrom, chala tug’ilganlarda kislorodga bog’liq nafas etishmovchiligi, keyinchalik bakterial o’pka destruksiyasi rivojlanishi;
- gastroenteropatiya, kon'yunktivit, vulvovaginit, lokal zararlanishlar (vezikulez, omfalit, rinit);
Kon'yunktivit chaqaloqlarda xlamidiyali infeksiyaning eng ko’p uchraydigan klinik shakllaridan biri hisoblanadi. Uchrashi (Butun Jaqon Soqliqni saqlash tashkiloti ma'lumotiga ko’ra-14:1000). Kon'yuktivit tez rivojlanib, cho’ziluvchan kechadi, chaqaloq tug’ilgandan keyin darrov yoki hayotining ikkinchi haftasida rivojlanadi, ba'zida, 5-6 haftadan so’ng kuzatiladi. Kon'yuktivit diffuz giperemiya, psevdomembranoz hosila, uyqudan keyin qovoqlarning yopishib qolishi bilan xarakterlanadi, unchalik ko’p bo’lmagan yiringli ajralma ajraladi. Kasallik 3-4 hafta davom etadi va ko’rishga ta'sir qilmaydi.

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish