Barno turdixodjaevna xalmatova, maktuba xabibullaevna mirraximova



Download 1,27 Mb.
bet149/170
Sana12.10.2022
Hajmi1,27 Mb.
#852584
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   170
Bog'liq
Халматова 2014-узб.лотин

Nazorot savollari
1. Ko’p uchrovchi tug’ruq jarohatlarini sanang.
2. Tug’ruq o’smasini kefalogematomadan farqini ayting.
3. Tug’ruq jarohatlarida hamshiralik taktikasi
4. MNS zararlanganda qanday klinik belgilar kuzatiladi
5. MNS zararlanganda bolani davolash va parvarishlash tamoyillari nimadan iborat
6. Tug’ruq jarohatlari rivojlanish davrlarini ko’rsating.
7. Kasallik oqibatlari qanday
18. ХОMILА ICHI INFЕKTSIYALARI
18.1. Хоmilа ichi infеktsiyalarida hamshiralik jаrаyoni
Homila va chaqaloqning homila ichi zararlanishi - patologik holat bo’lib, ko’pgina omillar ta'sirida shakllanadi, onadan bolaga o’tgan infeksiya, qog’anoq suvining ifloslanishi, yo’ldosh, kindik orqali infeksiya tushishi organizmning immunologik reaktivligini o’zgarishiga sabab bo’ladi.
Chaqaloq organizmiga mikrob tushishi tug’ruq vaqtida boshlanadi. Normada homila koagulaz manfiy stafilokokklarni kolonizisiya qiladi, ular ko’pincha yo’ldosh, qog’anoq suvi, onaning tug’ruq yo’llarida joylashadi. Bakteriologik ekmalarda grammanfiy floralarning ustunligi, tillarang stafilokokk, B guruhiga mansub streptokokk topilishi patologik kolonizasiyadan dalolat beradi. Kam hollarda bu qo’zg’atuvchilar sog’lom bolalarda va homila ichi infisirlanishiga moyil bolalarda topiladi.
Antenatal davrda homila ichi infisirlanishiga moyillik tug’diruvchi omillar quyidagilar:
1. akusherlik anamnezida - bola tushishi, o’lik tug’ilish, muddatidan oldin tug’ish, neonatal davrdagi o’lim, abortlar.
2. homiladorlikning patologik kechishi - gestozlar, homiladorlikning tushish havfi, ko’p suvlik, istmiko-servikal yetishmovchilik va uni xirurgik korreksiyasi, homiladorlik kamqonligi, surunkali infeksiya va somatik kasalliklarni qo’zg’ashi, homiladorlikning ikkinchi davrida O’RI.
3. genital patologiya - urogenital infeksiyalar, kolpit, endoservisitlar.
4. yo’ldosh patologiyasi.
5. homiladorlik vaqtida o’tkazilgan infeksion kasalliklar.
Intranatal davrda homila ichi infisirlanishiga moyillik tug’diruvchi omillar quyidagilar:
1. tug’ruq asoratlari - tug’ruqdagi infeksion kasalliklar (urogenital infeksiya, simptomsiz bakteruriya, sistit, surunkali infeksiyalarning qo’zishi, O’RI, pielonefrit), bezgak, qog’anoq suvining tug’riqdan oldin kelishi - 6 soatdan ko’p, ko’p martalik qin tekshiruvlari, cho’ziluvchan tug’ruq.
2. bolaning asfiksiyada, aspirasiyada tug’ilishi, o’tkazilgan reanimasion tadbirlar.
3. onadagi tug’ruqdan keyingi infeksion jarayon.
4. bolaning sovuq qotishi.
5. sanitar-epidemiologik rejim va parvarishning buzilishi.
Ko’pincha homila tug’ilish jarayonida onaning jinsiy yo’li orqali zararlanadi, asosan bu bakterial vaginozda yuz beradi. Qog’anoq oldi suvi bakteriosid faollikga ega. Bakterial xemotoksinlar kindik tomirlaridan neytrofillarni qog’anoq oldi suviga migrasiyasini kuchaytiradi. Qog’anoq suvidagi neytrofillar va bakteriyalar o’zidan fosfolipaza ajratadi. Fermentasiya jarayonida amnion hujayralaridan araxidon kislota hosil bo’ladi, keyinchalik u prostoglandin Ye2ga (bachadon bo’yni kengayadi) va F2ga aylanadi (bachadon qisqarishini indusirlaydi).
Qog’anoq suvining mikrobga qarshi ta'siri qisqa muddatlidir. Minimal bakterial ko’payishi bachadon bo’yni 4 smgacha, maksimal esa bachadon bo’yni 6 sm va undan ortiq ochilganda yuz beradi. Homila pufagi erta yorilganda mikrobning kindik tomirlari va yo’ldoshda ko’payishiga sharoit yaratiladi va yallig’lanish o’choqlari paydo bo’ladi. Shundan so’ng, qo’zg’atuvchi gematogen yo’l bilan homilaga o’tadi. Infeksiya yuqishi Shuningdek, boshqa yo’llar bilan ham ro’y beradi: transplasentar, transdesidual (yiringli o’choqdan devor bilan desidual qobiq o’rtasiga o’tadi), chiquvchi (bachadon naylaridan qorin bo’shliqiga o’tadi).
Homilaning yallig’lanish jarayoni xarakteri va og’irlik darajasi homila ichi zararlanish bosqichining infisirlanish muddatiga bog’liq. Homilaning homila ichi zararlanishida gipoksiya, metabolizmning ta'siri, gipertermiya asosiy o’rin tutadi. Bu omillarning ta'siri ularning ta'sir qilish davriga bog’liq (implantasiyadan oldin, embrional, erta va kechki fetal, intranatal, neonatal davrlar). Organogenez va plasentasiya davrida infeksion embriopatiya yuzaga keladi. Ular embrionning nobud bo’lishiga yoki tug’ma nuqsonlar bilan tug’ilishiga sabab bo’ladi. Gestasion davrning 4-chi oyidan to 7 oylarigacha homilada infeksiyaning qo’zg’atuvchisiga nisbatan maxsus sezuvchanlik paydo bo’ladi. Septik etiologiyali fetopatiyalarda tug’ma nuqsonlar shakllanishi mumkin. Ular proliferativ va alternativ yallig’lanish jarayonining natijasi bo’lib, teshiklar va kanallarning obliterasiyasiga va qisqarishiga olib keladi. Homiladorlikning 27-haftasidan keyin homilaning infeksiya qo’zg’atuvchisiga nisbatan maxsus javob reaksiyasi - leykositar infiltrasiya, to’qima va gumoral o’zgarishlar kuzatiladi. Natijada homila ichi infeksiyasi rivojlanadi yoki homilaning o’limi, homilani ko’tara olmaslik, homila rivojlanishining orqada qolishiga sabab bo’ladi. Chaqaloqlarda homila ichi infeksiyasining rivojlanishi infeksion yallig’lanish bosqichlari xarakteri, immunitet holatiga, immunitetning spesifik va nospesifik omillari o’zgarishiga ham bog’liqdir.
Homilaning zararlanishi bola tug’ilgunga qadar sodir bo’lsa, infeksion yallig’lanish rivojlanishi kasallik bosqichlariga bog’liq:
-agar bola tug’ilganda kasallik boshlanish bosqichida bo’lsa, infeksiya erta neonatal davrning birinchi 3 sutkasida namoyon bo’ladi.
-agar tug’ruq kasallikning oxirgi bosqichida bo’lsa, erta neonatal davrda dezadaptasiya sindromi yoki latent kechadigan infeksiya fonida infeksiyaning surunkali kechishi rivojlanadi.
Chaqaloqlarda kasallikning klinik belgilari homila ichi zararlanishida bola hayotining birinchi 3 sutkasida namoyon bo’ladi, gipotrofiya, shish sindromi, teri rangining o’zgarishi (terining oqimtir yoki sariqligi), mushak tonuslari va reflekslarning pasayishi, harakat aktivligi va so’rish refleksining susayishi, sianoz xurujlari, vaznni birlamchi yo’qotishi (10% va undan yuqori) va uning sekin qayta tiklanishi, tana vaznining qayta yo’qotilishi, yassi vazn egriligi grafigi, gepatolienal sindrom, sklerema, anemiya kuzatiladi. Homilaning intranatal zararlanishida inkubasion davr uzoq bo’ladi.

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish