Barno turdixodjaevna xalmatova, maktuba xabibullaevna mirraximova


Orqa miya jаrоhаtlarida hamshiralik jаrаyoni



Download 1,27 Mb.
bet147/170
Sana12.10.2022
Hajmi1,27 Mb.
#852584
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   170
Bog'liq
Халматова 2014-узб.лотин

17.3. Orqa miya jаrоhаtlarida hamshiralik jаrаyoni
Chaqaloqlarda orqa miyani jarohati kalla-miya tug’ruq jaroxatlariga qaraganda nisbatan kam kuzatiladi. 40-80% hollarda tashhis qilinishi va 20% hollarda orqa miya jarohatlari chaqaloqlar o’limiga sabab bo’lishi mumkin. Umurtqa pog’onasining jarohatlari orqa miya jaroxatlariga qaraganda kam uchrab, boshini fiksasiya qilganda umurtqa pog’onasi kompensator ravishda 4-5 sm cho’zilishi mumkin, orqa miya esa 0,4-0,5 sm o’zgarishi mumkin. Tug’ruq jarohatlariga gipoksiya, koagulopatiya, tomirlar malformasiyasi sababchi omil bo’lib xisoblanadi.
Orqa miyaning jarohatiga quyidagilar kiradi:
- umurtqaning zararlanishi (chiqishlari, sinishlari, umurtqalararo bo’g’imlar kapsulasining qisilishi, umurtqa tanasining cho’zilishi - 1-2 umurtqalarning dislokasiyasi).
- orqa miyaga va qavatlariga qon quyilishlari:
A) epidural (yuqori - bo’yin va bo’yin-ko’krak qismi - 40-85%). Qon quyilishlar og’ir nafas buzilishlariga olib keladi.,
B) subdural (10-14% xollardagina uchraydi) qon quyilishlari orqa miyani "engcha" ko’rinishida qamrab oladi, bu bola hayotiga jiddiy xavf soladi,
- umurtqa arteriyalarida ishemiya rivojlanadi, orqa miya shishi kelib chiqadi,
- umurtqalararo disklarning zararlanishi yuzaga keladi.
Orqa miya tomirlarini ishemik jarayon egallab olishi va zararlanishi nisbatan kamroq kuzatiladi.
Orqa miya tug’ruq jaroxatlarining rivojlanishida asosiy uch mexanizm yotadi: umurtqa va orqa miyani bukuvchi-kompresion, distraksion va rotasion ta'sirlaydilar.
Klinik manzarasi - orqa miya zararlanishining morfologik o’zgarishlari va zararlanganlik darajasiga bog’liq bo’ladi. Klinik belgilar:
- spinal shok (SI-SIII),
- nafas buzilishining Kofferat sindromi (SIII-SIV ),
Orqa miya jaroxatlarining klinik belgilari qo’llarda sust parez va spastik oyoqlar, ikki tomonlama Bernar-Gorner sindromi musbat va bular trofik buzilishlar bilan kechadi. Elka chigali tutamining jarohati o’ziga hos klinikaga ega bo’lib, oyoqlarda simptomlarni o’tkazilishi bo’lmaydi. Orqa miya ko’krak qismining TI-TXII segmentlari zararlanishida ko’krak qafasining nafas mushaklari faoliyati buzilishi natijasida nafas buzilishlarining klinik belgilari kuzatiladi, nafas olish aktida diafragma pastga tushadi. Agar orqa miyaning TIII-TVI darajasidagi segmentlar zararlansa klinik belgilar spastik pastki paraparezlar aniqlanadi. Orqa miyaning pastki ko’krak segmentlari zararlanganda qorin devori mushaklari innervasiyasining buzilishi natijasida "bo’shashgan qorin" simptomi kuzatiladi. Bunday bolalarning ovozi past bo’ladi, lekin qorin devori bosimi oshganda ovozi kuchli chiqadi. Orqa miyaning bel-dumg’aza qismining tug’ruq jarohatlarida qo’llarda harakat aktivligi normal bo’lgan holda, pastki qismlarda oyoqlarda paraparezlar kuzatiladi. Pastki qismlarda mushaklar tonusi pasaygan, aktiv harakatlar chegaralangan yoki umuman kuzatilmaydi. Oyoqlarda "baqa" pozasi, bolani vertikal qilib ko’targanda oyoqlari osilib yotadi, tayanch, avtomatik yurish va Bauer reflekslari chaqirilmaydi, tizza va axil reflekslari pasaygan, "qo’qirchoq oyoqlari" simptomi musbat bo’ladi.
Dumg’aza qismining jarohatlari kuchli bo’lsa anal refleks yo’qoladi, anusning yorilishi kuzatiladi, natijada siydik va najasni tutaolmaydi. Keyinchalik trofik buzilishlar - dumba mushaklari gipotrofiyasi rivojlanib boradi ("teshilgan koptok" simptomi musbat, sondagi burmalar yassilashadi, oyoq mushaklari atrofiyasi, tizza-to’piq sohalarida kontrakturalar).
Orqa miyaning qisman yoki to’liq yorilishlarida (bo’yin va yuqori ko’krak sohalarida uchraydi) zararlangan qismdan pastda parez (paralichlar) va spastik paralichlar kuzatiladi. Chanoq sohasi a'zolarining funksiyalari buziladi (siydik va najas ajralishini tutaolmaydi, tizza-to’piq bo’g’imlarida kontrakturalar).
Orqa miya yorilishlarida miyaga qon quyilishlari, miya shishi, shok chaqaloq hayotining 1-kunidan yoki 1-soatlarida kelib chiqishi mumkin va hali orqa miya zararlanishining nevrologik belgilari yuzaga chiqmasdan turib, bola bir necha soat ichida o’lishi mumkin.
Diafragma nervini jarohati 80-90% hollarda yelka chigalini (total va proksimal tipda) jaroqati bilan birgalikda keladi. Bir tomonlama parezlar klinik simptomlarsiz yoki minimal darajada nafas yetishmovchilik belgilari bilan kechadi. Diafragmani ikki tomonlama parezlari klinik belgilarning yaqqol namoyon bo’lishi bilan xarakterlanadi, chaqaloq hayotining birinchi soatlaridan kuchli nafas etishmovchilik belgilari namoyon bo’lib, bu tezlikda respirator trakt faoliyatini yaxshilashni talab qiladi. Ko’krak qafasi rentgenogrammasida zararlangan tomonda diafragmaning yuqori turishi yoki diafragma harakatlarini sust bo’lishi xarakterlidir. Bosh miya va orqa miya tug’ruq jaroxatlarini tashhis qilishda anamnestik ma'lumotlar (homiladorlikni va tug’ruq jarayonlarini kechish xususiyatlari), bosh miya va orqa miyazararlanishining spesifik belgilarining klinik namoyon bo’lishi, laborator-instrumental diagnostika (qonning umumiy taxlili, lyumbal punksiya, neyrosonografiya, ikki proeksiyalarda rentgenologik tekshirish natijalari, KT, MRT), okulist ko’rigi asosiy ahamiyatga egadir.
Jаdvаl 4

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish