17.2. Bоsh miya jаrоhаtlarida hamshiralik jаrаyoni
Bosh miya tug’ruq jarohati tug’ruq davrida bosh miyaning og’ir jarohatlanishi bo’lib, ezilish, yirtilish, qon quyulishi bilan kechadi. Bosh miya tug’ruq jarohatlari yuzaga kelishida perinatal gipoksiya, perinatal gemostaz buzilishlari, gestasion yosh, homila ichi virusli infeksiyalari kabi nojuya omillar katta axamiyatga egadir. Gipoksiya bosh miyani zararlaydi, shu sababli patogenetik jiqatdan yaqin hisoblanadi. Jarohatli va nojarohatli qon quyulishlarning nisbati 1:10 gateng.
Bosh miya tug’ruq jarohati tasnifi: qon quyulish darajasiga qarab
- epidural (jarohatli genezga ega)
- subdural (jarohatli genezga ega)
- to’liq miyaichaga qon quyilishi (yarim sharlarga, ko’ruv tepaliklariga, miyachaga)
- subaraxnoidal (jarohatliy eki gipoksik genezga ega)
- qorinchalarichi (gipoksik genezga ega)
- periventrikulyar (gipoksik genezga ega)
Kechishigaqarab
-o’tkir (7-10 kundan 1-1,5 oygacha)
-o’tkirosti (erta remissiya davrida 3-4 oydayokikech 1-2 yilda)
-oqibati (tuzalish yoki bosh miya organik zararlanishi)
Og’irlikdarajasigaqarab:
-engil
- o’rta
- og’ir
Davriga qaramasdan asosiy ahamiyatga ega simptomlar:
- o’tkir (neyro reflektor qo’zgaluvchanlik, qo’zgaluvchanlik, gipertenzion, gipertenzion - gidrosefal, talvasa, bosh miya komalari)
- o’tkir osti (asteonevrotik, vegetovisseral buzilishlar, harakatlanishning buzilishi, gidrosefal, tutqanoq, psixomotor rivojlanishdan orqada qolish.)
-oqibati (tuzalish, psixomotor faoliyat buzilishi, nerv-psixik yoki gapirish reflekslarining buzilishi, bosh miyaning organik buzilishi, oligofreniya, epilepsiya, quloqning eshitmasligi, ko’rlik kelib chiqadi).
Klinik ko’rinishi: MNS faoliyati tormozlanishi yoki qo’zgaluvchanligining ortishi, gipertenzion gidrosefal, tutqanok va o’choqli simptomlar bilan namoyon bo’ladi. Klinik belgilar tug’ilgandan keyin darrov yuzaga keladi.
Oqibati. Qon quyilish o’chog’i bartaraf qilinganligidan keyin ahvoli yaxshilanadi.
Qorinchalar ichi va pereventrikulyar qon quyilishlar. Muddatida tug’ilgan chaqaloqlarda plexus choroideus zararlanishida ezilish yoki deformasiya bo’lishi oqibatida yuzaga keladi. Muddatidan oldin tug’ilgan chaqaloqlarda bunday turdagi qon quyulishlar yon qorinchalarning to’qimasi homila to’qimasi bilan qoplangani uchun yuzaga keladi.
Bu turdagi qon quyulishlar quyidagi 4 darajaga ajraladi :
1 - subepindemal (ante va intranatal gipoksiya, qayta apnoe xurujlari, gipertonik xurujlar)
2 - qorinchalar kengaymasdan yuzaga keladigan qorinchalar ichiga qon quyulishlari (35-65 %).
3-qorinchalar kengayishi bilan kechadigan qorinchalar ichiga qon quyulishi (12-17 %).
4 - qorinchalar ichi qon quyulishi butun parenximaga tarqaladi (12-17 %).
Qorinchalar ichi va periventrikulyar qon quyulishining klinik kechishi og’irlik darajasiga bog’liq.
1 - darajasi klinik soqov ko’rinishi ham deyiladi. Tranzitor metabolik buzilishlar qo’shimcha usullar orqali aniqlanadi. Subepindemal gematomalar so’rilishi -10-14 kunda va undan ham ko’p vaqt ichida kuzatiladi. Qorinchalar ichi va periventrikulyar qon quyilishining 2-4 darajalarida gipertenzion-gidrosefal, talvasa, o’choqli simptomlar (gorizontal yoki vertikal, rotar nistagmlar, qorachiqlar reaksiyasining bo’lmasligi) keyinchalik qo’zqaluvchanlik va MNS faoliyatining pasayishi xarakterlidir.
Oqibati. Qorinchalar ichi va periventrikulyar qon quyilishlarning 1-darajasi yaxshi, lekin 3-4 darajalarining oqibati yomon bo’lib, 50 -70% va 20 - 40 % ni tashkil etadi. Qorinchalar ichi qon quyulishi oldingi va orqa miya qon tomirlari gipoksiyasi, gemostaz buzilishi oqibatida yuzaga keladi.
Klinikasi. Qon quyulishining kattaligi va lokalizasiyasiga bog’liq. Yarimsharlarga kichik qon quyulishlarda klinika simptomsiz yoki kam klinikali bo’ladi: holsizlik, kekirish, mushak tonusi buzilishi, reflekslarning buzilishi, o’choqli simptomlar (nistagm, anizokoriya, Grefe simptomi), fokal talvasalar kuzatiladi. Tarqalgan miya ichi gematomalari o’choqli simptomlar (anizokoriya, qilaylik, nistagm) va umummiya simptomlari (gipotoniya, adenamiya, gipo-yoki arefleksiya, yuz sohasida, oyoqlarda bir tomonlama talvasalar) bilan kechib komagacha rivojlanib borishi mumkin.
Miya ichi qon quyilishlari simptomsiz kechishga ega bo’lib, miyacha yarim sharlarga qon quyilishida miya ichi gipertenziyasi kuchayib boradi. Miya yarim sharlariga ko’p miqdorda qon quyilishi kuzatilganda nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, bulbar va ko’z harakatlanishi buzilishlari yuzaga keladi.
Parvarish. To’liq tinchlik saqlash, palatalarda qattiq ovozda gaplashmaslik, taqqillatmaslik, tezkor harakatlar qilmaslik. Bolaga jarohat va og’riq yetkazadigan muolajalarni iloji boricha cheklash, ko’riklar va muolajalarni bolaning krovatida o’tkazish tavsiya etiladi. Bolani bir necha kunga kuvezda saqlash tavsiya etiladi. Miya to’qimalarining kislorodga bo’lgan talabi yuqoriligi bois kislorod bilan ta'minlanadi. Shifokor ko’rsatmasiga asosan kalla-miya gipotermiyasi qo’llaniladi. Buning uchun bolaning boshi tepasiga muz xaltalari osiladi, oyoqlariga grelkalar qo’yiladi. Bolani ovqatlantirish kasallikning og’irlik darajasiga (zond, qoshiqcha, umumiy ahvoli yaxshi bo’lsa - xamshira nazorati ostida ko’krakga qo’yiladi). Davolash yaxshi olib borilsa bola ona ko’kragini ema boshlaydi. Bemor bolalarni qayt qilishi ko’p uchraydigan xavfli holatlardan biri. O’z vaqtida shilliqni va qayt qilingan massalarni olish asfiksiyani oldini olishga yordam beradi. Bemor bolaning terisini va shilliq qavatlarini parvarish qilish lozim. Terida distrofik o’zgarishlar va terining qurishi kuzatilsa toza o’simlik yog’lari va vitamin A bilan tozalash kerak. Og’iz shilliq qavatlarini va lablarni natriy xloridning izotonik eritmasi yoki glyukoza eritmasi bilan artish lozim, ko’zni parvarishlash uchun vitamin Aning ko’z eritmasi tomiziladi.
Oqibati. MNS zararlanishining og’irligi bola hayotining 4-6 oylarida aniqlanishi mumkin. Bolalar markaziy paralichining oqibati og’ir, gidrosefaliya rivojlanib boradi, epilepsiya, ruhiy rivojlanishdan orqada qolishi kuzatiladi. MNSning perinatal zararlanishini o’tkazgan bolalarda uzoq vaqtgacha bosh og’rishi, nozik harakatlar koordinasiyasining buzilishlari, nutq buzilishlari, nerv-ruhiy buzilishlar, diqqatning yetishmovchiligi va giperaktivlik sindromi, ko’rish va eshitish analizatorlarining zararlanishlari aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |