Simptomlari
|
Ball - 0
|
Ball - 1
|
Ball -
|
Bir daqiqada yurak qisqarishlar soni
|
Yo’q
|
100 martadan kam
|
100 martadan ko’p
|
Nafas
|
Yo’q
|
Bradipnoe, doimiy emas
|
Normal baland ovoz bilan yig’laydi
|
Mushak tonusi
|
Oyoq-qo’llari osilgan
|
Bir nechta bukish harakatlarini bajaradi
|
Faol harakatda
|
Reflektor qo’zg’aluvchanlik
|
Javob bermaydi
|
Grimasa
|
Baqiriq, aksirish
|
Teri qoplami
|
Umumiy teri qoplami oqligi va umumiy sianoz
|
Akrosianoz va terisi pushti rangda
|
Oyoq-qo’llari va terisi och pushti rangda
|
Chaqaloq ahvolini APGAR shkalasi bo’yicha baholash tug’ilgandan keyingi 1-5 daqiqasida aniqlanadi. Agarda ballar yigindisi 7dan kam bo’lsa dastlabki 5 daqiqa ichida, qayta tekshiruv 10-15-20 daqiqalarda o’tkaziladi.1- daqiqadagi ballarga nisbatan 5-daqiqadagi ballar yig’indisi chaqaloqning keyingi hayotida qanday nerv-psixologik o’zgarishlar bo’lishi va qanday rivojlanishini oldindan aytishga imkon beradi.
APGAR shkalasi bo’yicha chaqaloqni asfiksiya bilan tug’ilganligini baholash 50% natija beradi, Shuning uchun qo’shimcha laborator tekshiruvlar o’tkazish kerak.
Kam miqdordagi asfiksiyada 1-daqiqada APGAR shkalasi bo’yicha 4-7 ballarni tashkil qiladi. 0-3gacha bo’lgan ballar og’ir asfiksiyani bildiradi.
Surunkali gipoksiya rivojlanishiga sababchi havf omillarini uch katta guruxga bo’linadi:
- homilador ayolda gipoksiya va gipooksemiyani rivojlantiruvchi omillar
-homila-ona orasidagi qon aylanishi buzilishlari
-homila kasalliklari
Birinchi omil:
-homilador ayol anemiyasi
-homilador ayoldagi og’ir somatik kasalliklar (yurak-qon tomir, o’pka)
-noto’g’ri ovqatlanish rejimi, alkogol,giyoxvand moddalar qabul qilish, og’ir
ekologik sharoitlar.
-endokrin kasalliklar (qandli diabet,gipotireoz,tuxumdonlar disfunksiyasi)
Ikkinchi omil:
-muddatidan kech tug’ish
-homiladorlik gestozi uzoq davom etishi
-yo’ldosh hosil bo’lishi va rivojlanish anomaliyalari
-ko’p homiladorlik
- kindik anomaliyasi
-homila tushishi havfi tug’ilganida
-qon ketish
- homiladorlikning 2-3 trimestrida infeksion kasalliklar
Uchinchi omil:
-homila kasalliklari (endogen infeksiyalar, rivojlanish nuqsonlari, homilao’sishdan orqada qolishi, homila gemolitik kasalligi)
O’tkir gipoksiyani yuzaga keltiruvchi xavf omillari:
-keser kesish
-homila joylashishida chanoq-son anomaliyalari
-erta va kech muddatda tug’ish
-suvsiz davr 12 soatdan oshib ketsa
-kuchli va tez tug’ish
-yo’ldoshni erta ko’chishi yoki noto’g’ri joylashishi
-tug’ish jarayonining diskoordinasiyasi
-bachadon yorilishi
-tug’ruqnioperativ olib borish
-onada tug’ish davridagi o’tkirgipoksiya (shok, somatik kasalliklar dekompensasiyasi)
-kindik orqali boruvchi qonning kamayishi yoki to’xtashi (kindikga o’ralib qolish,chin tugunlar, kalta yoki uzun kindik, kindik tugunlarini tushib qolishi, torayib qolishi)
-homila rivojlanish anomaliyalari (bosh miya, yurak, o’pka)
-narkotik yoki boshqa analgetiklarni tug’ishdan 4 soat oldin onaga yuborish, onaga umumiy narkoz berish.
Asfiksiya bilan tug’ilish chala tug’ilgan, kech muddatda tug’ilgan, homilani ichki o’sishdan orqada qolgan chaqaloqlarda yuqori darajada turadi. Ikkilamchi asfiksiya bilan tug’ilish uchun sharoit tug’diruvchi omillar:
-homila asfiksiyasi qoldiqlari va tug’ruq davrida bosh miya, o’pka zararlanishi. Turli xil patologiyalar tufayli yuzaga keladigan simptomatik asfiksiya (rivojlanish anomaliyalari, pnevmoniya, infeksiyalar )
-respirator - disstres sindrom
-ko’krak sutidan aspirasiya yoki turli aralashmalar bilan ovqatlantirgandan keyin aspirasiya bo’lishi, tug’ilgandan keyin oshqozon sanasiyasini noto’g’ri o’tkazish
Do'stlaringiz bilan baham: |