Мавзу: Физиология фани - 2 соат.
Саволлар:
Физиология тиббиётнинг илмий асоси сифатида
Асосий физиология тушунчалар.
Организм ва ички муҳит бирлиги.
Қон системаси хақида тушунча. Қоннинг асосий функциялари.
Қоннинг физик-кимёвий хоссалари.
Inson organizmining tuzilish va funksiyasi boshqa barcha tirik mavjudotlarnikiga nisbatan nihoyatda murakkab va yuksak darajada takomillashgandir. Ma’lumki, inson organizmining rivojlanishida uning yashash
uchun kurashi, o‘ziga sharoit yaratishi, bir-biri bilan munosabat zarurati muhim ahamiyat kasb etgan. Binobarin, odam bir necha evalyusion rivojlanish jarayonida yuzaga kelgan biologik va ijtimoiy o‘zgarishlar mahsulidir.
Odam organizmining barcha to‘qima va a’zolari bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir. SHuningdek, ular tevarak-atrof muhiti bilan xam doimiy aloqadadir. Bu ikkala bog‘lanish asab va endokrin tizimlari orqali boshqariladi.
Yosh avlodni har tomonlama yetuk, bilimdon mutaxassislar qilib tarbiyalashda zamonaviy fan va texnika yutuqlari asosida bilim berayotgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining hissasi beqiyosdir. Ana shu ezgu maqsadda yozilgan ushbu darslik O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim markazi tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, uni yaratishda akademik litsey va kasb-hunar kolleji talabalarining o‘ziga xos xususiyatlari, mavzular uchun ajratilgan dars soatlari hisobga olingan. Mazkur o‘quv qo‘llanmada odam organizmi, uni tashkil etuvchi to‘qimalar va hujayralar haqida umumiy ma’lumotlar beriladi. Organizmning anatomik tuzilishi, unda kechadigan fiziologik jarayonlarni asoslash bilan birga, a’zolarning mikroskopik tuzilishi, shakli va vazifalari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikka alohida e’tibor qaratiladi. Odam organizmining bir butunligi, a’zo va to‘qimalarning markaziy nerv tizimi orqali boshqarilishi masalasiga, ayniqsa, bu borada bosh miya po‘stloq)ning faoliyatiga katta e’tibor qaratilgan. Bu o‘quv adabiyotini tayyorlashda professor R. E. Xudoyberdiyev va boshqalarning «Odam anatomiyasi» (1993), professor N. K. Ahmedovning «Odam anatomiyasi» (1987), B. Aminov, T. Tilolovlarning «Odam va uning salomatligi» (1997) va
professor R. D. Sinelnikov tomonidan tuzilgan «Odam anatomiyasi Atlasi» (1972–1973)dan foydalanildi. Mazkur o‘quv qo‘llanmada keltirilgan maxsus anatomikrasmlar va hayotda uchrab turadigan baxtsiz hodisalar ro‘y bergan vaqtda ko‘rsatiladigan tibbiy yordam usullarini o‘rganish talabalar uchun foydali bo‘ladi, deb o‘ylaymiz. Akademik litsey va kasb-hunar kolleji talabalari uchun «Odam anatomiyasi va fiziologiyasi» fanidan tayyorlangan ushbu o‘quv qo‘llanma xato va kamchiliklardan xoli bo‘lmasligi mumkin. Shu sababli, mualliflar mazkur qo‘llanma haqida bildirilgan fikr-mulohazalarni minnatdorchilik bilan qabul
qiladilar va ularni keyingi nashrlarda hisobga oladilar.
Қон
Қон, лимфа ва тўқима суюқлиғи гавдадаги барча ҳужайра ва тўқималарни ювиб турувчи организмнинг ички муҳитини ҳосил қилади. Ички муҳит таркиби ва физик-химиявий хоссаларининг нисбий доимийлиги билан фарқ қилади ва шу туфайли организм ҳужайраларининг яшаши учун нисбий доимий шароит (гомеостаз) вужудга келади. Организмга ҳаёт учун зарур бўлган турли моддалар етказиб берадиган ва парчаланиш маҳсулотларини организмдан чиқариб юборадиган бир қанча органлар фаолияти натижасида шундай шароит муҳайё бўлади. Демак, гомеостазни сақлаб туришда, жумладан, ҳужайра ва тўқима-лардаги сув ва электролитлар миқдорининг нисбий доимийлигини сақлашда қон жуда муҳим роль ўйнайди.
Қон томирларда ҳаракатланиб, организмда транспорт вазифасини. бажаради. У тўқималарга озиқ моддалар: глюкоза, аминокислоталар, полипептидлар, ёғлар, витаминлар, минерал моддалар ва сувни, шунингдек ўпкада қонга ўтадиган кислородни етказиб беради ва кейин буйрак лар, тер безлари, ўпка, ичак орқали организмдан чиқариб юбориладиган «ҳаёт ташландилари» — модда алмашинувининг охирги маҳсулотлари: аммиак, мочевина, сийдик кислотаси ва бошқа ташландиларни, жумладан карбонат ангидридни тўқималардан олиб кетади. Қон транспорт вазифасини ўтаганлиги учун гуморал регуляцияда, яъни орга-низмдаги кимёвий ўзаро таъсир процессларида ҳам муҳим роль ўйнайди. Қон гормонларни ва бошқа физиологик актив моддаларни ҳосил қилган ҳужайралардан бошқа ҳужайраларга ташиб бергани учун шундай роль ўйнайди.
Қон иммунитет (яъни юқумли касалликлар билан оғримасликнинг энг муҳим фактори бўлиб, ҳимоя функциясини бажаради. Бунинг боиси шуки, қонда фагоцитозга қодир лейкоцитлар бор, шунингдек микроорганизмларни ва уларнинг заҳарларини зарарсизлантирувчи ва ёт оқсилларни парчаловчи «иммун жисмлар» (антителолар) мавжуд.
Do'stlaringiz bilan baham: |