KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O’QUVCHILARNI KASBGA YO’NALTIRISHDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK ASOSLARI JUMANOV SH.Z., JDPI. O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish ishlari ta’lim-tarbiya bilan uzviy kechadigan, uning barcha qirralarini
qamrab oladigan uzliksiz jarayon bo’lib, maktabgacha ta’lim, umumta’lim maktablari, maktabdan tashqari va o’rta
maxsus ta’lim, kasb-hunar ta’limi muassasalari, akaqdemik litsey, jamoat tashkilotlari hamda oilaning o’zaro
hamkorligi bu jarayonning samaradorligini oshirishda katta yordam beradi.
O’quvchilarni kasbga yo’naltirishda ota-onalar bilan hamkorlikda kasbga yo`naltirish ishlarining turli shakl va
usullari bor. Bular guruh va yakka tartibdagi suhbatlar, umumiy ota-onalar yig`ilishlar va turli yoshdagi o`quvchilar ota-
onalarining sinf bo`yicha yig`ilishlari, ota-
onalar uchun konfеrеntsiyalar ba'za korxonasi va maktab atrovidagi
korxonaning xaraktеriga, ota-onalarning tarkibiga, ularning ma'lumot darajasi va boshqa omillarga qarab ishining shakl
va usuli tanlandi. O’qituvchining o’quvchilarning ota-
onalari bilan yakka tartibda ishlashga alohida e'tibor bеriladi.
Farzandlarining kasb yo`lini tanlash masalalarida ota-onalar bilan suhbatda o’qituvchi quyidagilarni aniqlab
olish kеrak.1) ularning farzandi kim bo`lmoqchi. 2) ota-onalar farzandlari 9 yoki 10 sinfni tamomlagach, nima bilan
shug`ullanishni maslahat bеradilar. 3) o`g`il va qizlari ota-onaning maslahatiga kiradilarmi, rozi emasliklarining
sabablari. 4) o`qish vaqtida bola qanday qiyinchiliklarini
boshidan kеchiradi. 5) unda qanday qiziqish vqa mayllar
kuchliroq, ular qanchalik o`zgarmas, 6) ota-
onalar bolalarning qiziqishlar qilmoqda. 7) bolada xarеkter va
tеmpеramеntning qaysi asosiy bеlgilari ko`proq namoyon bo`ladi. 8) Sog`lig`ida o`zgarish yo`qmi.
Suhbatda, shuningdеk, ota-onalar e'tiborini xalq xo`jaligining kadrlarga ehtiyoji masalalariga ishchi
kasblarning mazmuni o`zgarayotganligiga, oilada bolaning qiziqish va qobilyatlarini rivojlantirish uchun sharoit
yaratishga, ularga yordam berishdan iborat.
Yuqoridagi fikrlardan ko’rinib turibdiki, o’quvchilarni ongli ravishda kasb tanlashga yo’naltirish interfaol
metodladan foydalanib o’quchining kasbiy qiziqishlarini bilib oladi. Chunki ongli ravishda tanlangan kasb
o’quvchilarning ruxiyatida ma’naviy qoniqish hissini hosil qilib, o’z kasbiga nisbatan mehr, chin dildan ishlash kabi
xususiyatni shakllantiradi. Bu shaxs uchun ham jamiyat uchun ham ma’naviy hamda moddiy foyda keltiradi.
Bundan tashqari hamkorlik asosida umumtal’im maktablarida “Kasblar olamiga sayohat” tadbiri uzviy
ravishda olib borilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. O’quvchi o’z kasbini tanlash jarayonida xotoliklarga yo’l
qo’yilishining oldi olinadi. Qolaversa bu orqali o’quvchida bo’sh vaqtidan unumli foydalanish hissi tarbiyalanib boradi.
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarni vaqtini samarali o’tkazish uchun tanafuz vaqtlaridan ham ununmli
foydalanishni yo’lga qo’yib “Kasblar olamiga sayohat” mavzusi asosidagi tadbirlarni joriy etish lozim.
Tadbirni o’tkazish tartibi:
-
Har oyda maktabga biror kasb turi egalarini taklif etish kerak:
-
Kasb egalari maktabga kasb faoliyatida qo’llaniladigan barcha mehnat qurollari bilan tashrif buyurishlari
lozim:
-
Mehnat faoliyatiga aloqador turli plakatlar, video tasmalari o’quvchilar e’tiboriga havola etilishi lozim:
-
Bu tadbir hafta boshidan oxiriga qadar tanafuz vaqtlarida olib borilishi kerak.
Masalan: bir hafta shifokorlik kasbi bilan faoliyat yurutuvchi xodim maktabda o’z kasbi haqidagi butun
faoliyatini o’quvchilarga namoish etadi. Bunda o’quvchi bu kasb turi bilan o’zaro amaliy bog’liqlikda tasavurga ega
bo’ladi va o’zini qiziqtirgan savollarga javob topadi. Kelgusi haftada boshqa soha xodimlarini taklif etiladi. Bu tadbir
hech bir ortiqcha vaqtni talab etmasligi, o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirishda muhim ahamiyatga egaligi bilan
diqqatga sazovor. Ta’lim jarayonida o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirishda interfaol usullardan foydalanish ham muhim
ahamiyatga ega.
Shulardan kelib chiqib, mehnat ta’limida qo’llaniladigan interfaol usullarni keltirib o’tamiz.
121