Agarbiz o’zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug; kelajagini ulug’lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo’lsak, avalombor buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni



Download 5,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/427
Sana22.02.2022
Hajmi5,66 Mb.
#82351
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   427
Bog'liq
form 312-27294

Munozarali suhbat 
Munozarali suhbat usulini ham individual, ham guruhiy tartibda qo’llash mumkin. O’quvchilar bilan 
o’tkazilgan har bir suhbatda psixologning yondashuvi va pozitsiyani to’g’ri tanlashi juda muhim. 
“Munozarali suhbat” usulini qo’llashda psixolog (kasbiy maslahatchi)ning quyidagi shartlarga amal qilishi 
maqsadga muvofiqdir. 
1) O’quvchi bilan insoniy iliqlik ufurib turgan aloqa o’rnatish; 
2) O’quvchini qanday bo’lsa shunday qabul qilish; 
3) O’quvchiga nisbatan kechirimli bo’lish, unga o’z fikrini himoya qilish uchun imkon berish; 
4) O’quvchi pozitsiyalariga mohirona va ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lish “hech narsani inkor 
qilmayman va hech narsani ma’qullamayman, lekin hamma narsani tushunaman” qabilida ish ko’rish. 
Individual o’tkaziladigan “Munozarali suhbat” 
1) 
O’quvchi bilan o’tkazilgan psixologik-pedagogik tashxis natijalarini va uning tarjimai holi, ota-onasi, 
oilasi to’g’risidagi ma’lumotlarga aniqlik kiritish uchun savollar beriladi. O’quvchi bilan ijobiy aloqa o’rnatish va uning 
muommolarini hal etishga yordam beruvchi o’zaro hamkorlik ta’siri beriladi. 
2) 
O’quvchidan muhokama etish uchun o’zi yoqtirgan kasblardan birini tanlash so’raladi. Odatda o’quvchi 
eng yoqtirgan kasbini tanlaydi. O’quvchi tanlagan kasb suhbat varag’iga belgilab qo’yiladi. Shundan keyin o’quvchidan 
ikki roldan birini: kasbning himoyachisi yoki inkor etuvchini tanlash so’raladi. Bu ham qayd etib qo’yiladi. 
3) 
Psixolog (kasbiy maslahatchi) o’quvchiga qarama-qarshi pozitsiyani tanlaydi. Vazifalar belgilangach 
“Munozarali suhbat” tashlanadi. O’quvchi va konsultant tomonidan aytilgan so’zlar yozib boriladi. 
4) 
Bunda oppentlar o’z so’zlarini yoki har biri boshqasining dalilini yozib borishi mumkin. Qayd etilgan 
fikrlarni ham miqdoran, ham mazmunan solishtirish, taqqoslash mumkin bo’lsin. 
Konsultant tashabbusni o’z qo’liga olmasligi, faqat o’quvchi daliliga o’z dalili bilan javob bermog’i lozim. 
Bunda o’quvchini faollashtirish uchun o’z dalilini bayon etishi mumkin, lekin o'quvchining javob qaytarishiga erishish 
kerak.
Munozara davomida muhokama etiladi: 
- shu kasbning mohiyati va muhumligi; 
- mehnat sharoiti, daromad miqdori; 
- kasbiy o’sishi, ijtimoiy mavqei; 
- shaxsga qo’yilgan kasbiy talablar; 
- o’quvchi shaxsining shu kasb talablariga mosligi va h.k 
Bu usulda qat’iy inkordan qochish maqsadga muvofiq. Munozarali suhbat yetarli darajada dalillar to’plagunga 
qadar davom ettiriladi. Muhokamani juda uzoq vaqt davom ettirish tavsiya etilmaydi. 
Individual o’tkazilgan “munozarali suhbatdan” dan bir necha kun o’tgandan so’ng, o’quvchi bilan qayta 
uchrashib, yana bir marta u yoqtirgan kasblardan biri muhokama etiladi. Bunda albatta rollar almashtiriladi, suhbat 
yuqoridagi tartibda o’tkaziladi. Suhbatlar soni o’quvchi aynan bir kasbni tanlab olgunga qadar o’tkazilaveradi. 
Suhbatlar oralig’i 3-4 kun bo’lishi kerak. 
Suhbat oxirida yozib borilgan natijalarni tahlil etish, solishtirish va xulosalar bilan o’quvchini tanishtirish 
lozim. Shuningdek, o’quvchiga o’zi tanlagan kasb professiogrammasini taqdim etish maqsadga muvofiq. Agarda 
o’quvchi imkoniyatlari tanlagan kasb talablariga mos kelmasa, bu muommoni hal etish uchun qo’shimcha kasbiy 
psixokorreksion ishlar amalgam oshiriladi. 
“Munozarali suhbat” usulining asosiy yutuqli tomoni shundaki, o’quvchining kasbiy o’zligini anglashi va ongli 
kasb tanlashiga amaliy yordam beradi. O’quvchi suhbat davomida natija va xulosaga o’zi keladi, kasb tanlashning 
tashqi ta’sirlari bartaraf etiladi. 
Munozarali suhbat nafaqat o’quvchi, balki uning ota-onasi, ba’zida o’qituvchilari bilan o’tkaziladi. Chunki 
kasb tanlashida ularning ta’siri kuchli bo’ladi.
Xulosa o’rnida shuni aytish kerakki, yurtimiz kelajagi bo’lgan o’quvchilarni ongli ravishda kasb tanlashga 
yo’naltirish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Chunki ongli ravishda tanlangan kasb o’quvchilarning 
ruxiyatida ma’naviy qoniqish hissini hosil qilib, o’z kasbiga nisbatan mehr, chin dildan ishlash kabi xususiyatni 
shakllantiradi. Bu shaxs uchun ham jamiyat uchun ham ma’naviy hamda moddiy foyda keltiradi. 

Download 5,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish