Ushbu keysning
asosiy manbai kabinetli, lavhali bo'lib, vaziyat davriy ketma - ketlikda yaqin o'tmishdan
bugungi kun tartibida bayon etilgan. Keysning asosiy ob'ekti shaxsga va tabiatga yo'naltirilgandir. Bu keys ma'lumotlar
vaziyatlar va savollar asosida tuzilgan. U o'rta hajmdagi keys texnologiyasi hisoblanadi, darsga mo'ljallangan o'quv
mavzu bo'yicha bilim va ko'nikmalar hosil qilishga qaratilgan.
Didaktik maqsadlarga ko'ra keys muammolarni taqdim qilishga, ularni hal etishga, tahlil qilishga qaratilgan.
Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun mavzu bo'yicha ekologik huquqiy mezonlari haqida bilim
va ko'nikmalarga ega bo'lish zarur.
Tavsiya etilgan keysni yechish quyidagi natijalarga erishishga imkon yaratadi:
1. o'zlashtirilgan mavzu bo'yicha bilimlarni mustahkamlash;
2. muammoning hamda qabul qilingan yechimning individual va guruhiy tahlilida bilim va ko'nikmalarni
qayta topshirish;
3. mantiqiy fikrlashni rivojlantirish;
4. mustaqil ravishda qaror qabul qilish ko'nikmalarini egallash;
5. o'quv axborotlarini o'zlashtirish darajasini tekshirib ko'rish.
Keys bilan ish qoidalari
Keysda vaziyat tavsifi va axborot ta'minoti har xil hajmda bo'lishi (bir varoqdan bir necha yuz varoqgacha),
tahlil etish uchun taklif etilayotgan vaziyatlar tavsifida detallashtirish darajasi ham turlicha bo'lishi, axborot ko'pligi
darajasi ham o'zgarishi mumkin bo'lgan - tahlilga aloqasi bo'lmagan ma'lumotlar ham bo'lishi mumkin. Amaliy
vaziyatni tahlil qilish vaqtida:
− taklif etilayotgan axborotlarni ko'rib chiqishda adashmang, ular orasida eng
zarurini belgilang;
− vaziyatni tor istiqbolda ko'rib chiqmang: muammo birdaniga kichiklashib yoki umuman g'oyib bo'lishi
mumkin;
− harakatlar rejasini vaziyatning tahlili tugallangan va muammo aniqlangandan so'ng shakllantiring
Kichik
guruhlarda ishlash qoidasi
l. O'quvchilar ishini bajarish uchun zarur bilim va masalalarga ega bo'lmog'i lozim.
2 Guruhlarga aniq topshiriqlar berilmog'i lozim.
3 Kichik guruh oldiga qo'yilgan topshirig'ni bajarish uchun yetarli vaqt ajratiladi.
4 Guruhlardagi fikrlar chegaralanmaganligi va tazyiqqa uchramasligi haqida ogoxlantirilishi zarur.
5 Guruh ish natijalarini qanday taqdim etishini aniq bilishlari, o'qituvchi ularga yo'riqnoma berishi lozim.
Nima bo'lganda ham muloqotda bo'ling, o'z fikringizni erkin ifoda eting.
Keys texnologiyalar ta'lim jarayonining unumdorligini oshiradi, o'quvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini
shakllantiradi, o'quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o'zlashtirish, ulardan
amaliyotda erkin foydalanish ko'nikma va malakalarini shakllantiradi.
Keys texnologiyaga asoslangan ta'lim jarayonida o'qituvchi faoliyati va o'quvchi faoliyati doirasi aniq
belgilanadi, ta'limni tashkil etishning aniq texnologiyasi ko'rsatiladi.
Bugungi kunda ta'lim jarayoniga yangi axborot texnologiyalarining kirib kelishi jadallashmoqda va bu ta'lim
jarayonini yanada sifatli tashkil etishga ta'sir ko'rsatayotgani ko'zga tashlanmoqda.
Shuning uchun ham keys texnologiyalarni ta'lim jarayoniga joriy etish, ta'lim samaradorligini oshirish uchun
tinimsiz izlanish bugungi kunning ehtiyojiga aylandi.
Shu o’rinda yosh avlodga ta’lim-tarbiya asoslarini puxta o’rgatish, ularda keng dunyoqarash hamda
tafakkur
ko’lamini hosil qilish, ma’naviy axloqiy sifatlarni shakllantirish borasidagi ta’limiy, tarbiyaviy ishlarni
samarali tashkil
etishga bog’liqdir. Pedagogik texnologiyalardan foydalanib mavzu harakteriga qarab xilma-xil qiziqarli muammoli va
fikrlashga davat etuvchi keys texnologiyalari asosida
tashkil etish, o’quvchilarda mustaqil ijodiy mushohada yuritish,
o’z fikrini aniq, ravon, ixcham holda o’zgalarga yetkaza bilish ko’nikma va malakalarini ya’nada shakllantirishda
yordam beradi.
Boshlang’ich sinf darslarida o’quvchilarga kichik keyslardan foydalanish o’quvchilarni faollashtiradi, mantiqiy
fikrlashga o’rgatadi, o’quvchilarda mustaqil faoliyat yuritish motivatsiyasi shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: