Mavzu: O`qituvchi psixologiyasi



Download 20,33 Kb.
Sana22.01.2022
Hajmi20,33 Kb.
#400946
Bog'liq
Maruza.Oqituvchi psixologiyasi


Mavzu: O`qituvchi psixologiyasi

O`qituvchining o’rni va uning vazifalari o’sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash ishiga jamiyat va jamoatchilik tomonidan e`tibor qaralishining naqadar muxim ahamiyatga egaligi bilan aniqlanadi.

Zamonaviy maktab o`qituvchisi qator vazifalarni bajaradi. O`qituvchi – sinfdagi o`quv jarayoni tashkilotchisidir. O`qituvchi o`quvchilar uchun dars payti, qo’shimcha darslarda va shu bilan birga darsdan tashqari xollarda ham kerakli maslahatlar berishda bilimlar manbaidan biridir. Ko’pchilik o`qituvchilar sinf rahbari vazifasini bajarib, tarbiya jarayoni tashkilotchilari bo`lib xisoblanadilar.

Zamonaviy o`qituvchi ijtimoiy psixologiyaga aloqadar bilimlar egasi bo’lishi lozim,chunki o’quvchini ijtimoiy tajribaga ega bo’lishida va ijtimoiy faolligini ta’manlash masalalari bo’yicha mas’uldir.O’quvchilar guruhlarini tashkil qilish, o`zaro guruhiy munosabatlarni o’rnatish, o’quvchi vazifalari,burchi va o’quvchi shaxsiga xos bo’lgan xarakter xususiyatlarni aynan o’qituvchi yordamida shakllantiriladi.

Ma`lumki pedagogik faoliyat – kishi mehnatining eng murakkab sohalaridan biridir.

Jamiyat tomonidan qo’yiladigan talablaridan eng muhimi o`qituvchining shaxsi va uning kasbi bilan bog’liq xislatlariga qaratilgan.

O`qituvchining eng muhim shaxsiy xislatlari quyidagilardan iborat:

- o`qituvchining o`z Vataniga sodiqligi, bolalarni sevishi, ularni insonparvarlik ruhida tarbiyalash istagi, o`z yurti, ona tili, o`z xalqining tarixi va uning madaniyatini sevishi, insonparvar bo’lishi;



  • ijtimoiy javobgarlikni yuksak darajada xis etishi;

- olijanobligi, aql-idroki,faxm-farosati, ma`naviy pokligi, ma`rifatli, yuksak maqsadlar egasi hamda ushbu xislatlarni bolalarga singdirib borishi;

- o`zini qo`lga ola bilishi, sabr-toqatliligi, bardamligi hamda matonatliligidir.

O`qituvchilik kasbiga qo’yadigan asosiy talablar:

- shaxsni tarbiyalashga oid bo’lgan barcha qarashlar va ta’limotlarning mazmun- mohiyatini bilishi, o`z Vataniga,tabiatga va oilasiga bo`lgan muxabbati;

- yuksak saviyaga ega bo`lishi, turli bilimlardan xabardor bo`lishi;

- yosh va pedagogik-psixologiya, ijtimoiy psixologiya,umumiy psixologiya, pedagogika, yosh fiziologiyasi hamda maktab gigiyenasidan chuqur bilimlarga ega bo`lishi;

- o`zi dars beradigan fan bo’yicha akademik qobiliyatga va bilimga ega bo`lishi, o`z kasbi hamda sohasida jaxon fanida erishilgan yangi yutuq va kamchiliklardan xabardor bo`lishi;


  • ta`lim va tarbiya metodikasini egallashi;

  • o`z ishiga ijodiy yondoshishi;

  • o’quvchilar psixologiyasini bilishi, uning ichki dunyosini tushuna olishi;

- pedagogik texnikani (mantiq, nutq, ta`limning ifodali vositalari) va pedagogik taktga ega bo`lishi;

- o`qituvchi o`z bilim va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi lozim.

O`qituvchi professiogrammasi.

Professiogramma-bu o’qituvchining o’z faoliyatini bajarishga yonaltirilgan kasb xarakteristikasi bo’lib, kelgusi amaliy ishlarini bajarishning mazmun-mohiyatidan iboratdir. Professiogrammada quyidagilar o’z ifodasini topgan:



  1. O`qituvchining shaxsiy xislatlari;

  2. Kasbiga xos bilimi;

  3. O`z kasbiga xos xislatlari;

  4. Shaxsiy-pedagogik uddaburonligi;

  5. Tashkilotchilik malakalari;

  6. Kommunikativ malakalari;

  7. Gnostik malakalari;

  8. Ijodiy xislatlari.

Professiogrammada o'qituvchining qanday qobiliyatlar egasi bo’lishi hamda shaxsiy xislatlari am o’z ifodasini topgan.

Qobiliyat – bu shaxsining biror faoliyatga yarokliligi va shu faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirishga yonaltirilgan layoqati,ishtiyoq’i va iste’dodidir. Pedagogik qobiliyat – bu qobiliyat turlaridan biri bo`lib, shaxsning pedagogik faoliyatga yaroqliligini va shu faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug’ullana olishini aniqlab beradi. O`zoq yillar olib borilgan tadqiqotlar pedagogik qobiliyatlar murakkab va ko’p qirrali psixologik bilimlardan iboratliligini ko'rsatib berdi. Ana shu tadqiqot ma`lumotlaridan foydalanib, pedagogik qobiliyatlarning turlarini keltirib o’tamiz: 1.Didaktik qobiliyat – bu bolalarga o`quv materialini aniq va ravshan tushuntirib, oson qilib yetkazib berish, bolalarda fanga qiziqish uyg’otib, ularda mustaqil faol fikrlashni uyg’ota oladigan qobiliyatlardir.

2.Akademik qobiliyat – matematika, fizika, biologiya, ona tili, adabiyot, tarix va boshqa shu kabi fanlar soxasini mukammal darajada bilish va o’quvchiga etkaza olish qobiliyatidir.

3.Perseptiv qobiliyat-o’quvchilar ,o’quv-biluv faoliyatini idrok qilish qobiliyati;

4.Tashkilotchilik qobiliyat- sinf jamoasini hamda dars jarayonini muaffaqiyatli tashkil qila olish qobiliyati;

5.Kommunikativ qobiliyat-axborot uzatish uni qabul qilish,muloqotning samarali usullaridan foydalana olish qobiliyati;

6.Pedagogik takt-pedagogning o’z faoliyatini ma’naviyatli va ma’rifatli boshqara olish qobiliyatidir;

7.Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati-dars jarayonida o’quvchilar diqqatini o’ziga jalb qila olish hamda diqqatini sinfdagi barcha o’qituvchiga qarata olish qobiliyati.

O`quv faoliyatining ijobiy-emotsional ruhda kechishiga shart-sharoit yaratish.

Psixolog L.I.Umanskiyning fikricha o’qituchining tashkilotchilik qobiliyati 3 turga bo’linadi:

1. Tashkilotchilik hissi;

2. Emotsional- irodaviy ta’sir o’tkazish malakasi;

3. Tashkilotchilik faoliyati bilan qiziqish.

Tashkilotchilik hissi guruhiy tarkibiy qismlarga kiradi: a) psixologik sezgirlik boshqa shaxslarning psixologik holat, xususiyatlarini tez va ob’ektiv tushuna olish qobiliyati, shaxslarni va ularning xatti – harakatini esda saqlash malakasi, shaxslarning haraktlarini psixologik tahlil etishga qiziqish, fikran o’zini boshqa inson o’rniga qo’ya bilish malakasi, o’zining, ishchi guruhning jamoaning kuchi, aqli, zakovatiga chin yurakdan ishonish hissi. b) psixologik tafakkurning amaliyligi o’qituvchidagi har bir o’quvchiga uning individual qobiliyatiga qarab vazifalarni bo’lib berish malakasi, guruhlardagi liderlarni to’g`ri tanlash va o’zaro munosabatlarni qadriyatli tus olishga ta’sir o’tkazish malakasi va boshqalar. v) psixologik takt. Tezda insonlar bilan to’g`ri munosabat o’rnata olish ularni hurmatini joyiga qo’ya bilish malakasi, kommunikabellik hislati, har bir kishi bilan to’g`ri munosabat o’rnata olish malakasi, uni shaxs sifatida qabul etish individual hislatlarini tan olish, u bilan samimiy, do’stona munosabatda bo’lish ularning mehnatini baholashda ob’ektivlik va haqiqatga suyanishdan iboratdir.

Emotsional- irodaviy ta’sir o’tkazishga quyidagi sifat, xislatlar kirishi mumkin: a) ijtimoiy faollik – o’qituvchining o’z mehnati, siyosiy, iqtisodiy faolligi bilan o’quvchilarning faolligini oshirish qobiliyati (nutqi, shaxsiy namuna, ishbilarmonligi, mimikasi, makiyaji, jestikulyatsiyasi, noverbal ta’siri orqali);

b) talabchanlik - maqsadga erishishda qat’iyatlilik, doimiylik qoidalariga rioya etib, shaxslar bilan qadriyatli muomalada bo’lish,o’z mavqeidan operativ to’la foydalana olish, o’quvchilarni ijodiy faoliyat ko’rsatish motivlarini shakllantira olish, shaxslarning doimiy va vaqtinchalik psixik xolatlarini nazarda tutib, ularga individual yondashish;

v) tanqidlilik - o’zi va boshqalar faoliyatidagi nuqson, xatoliklarni ob’ektiv tan olish va tezda ularni oldini olish (korrektsiyalash), xatolar, nuqsonlarni mustaqil tanqidiy tahlil etish va kerakli xulosa chiqara olish, tanqidning ishonarliligi va mantiqliligi, pedagogik takt. O’qituchining tashkilotchilikka doir sifatlari tuzilishini tushunish uchun tashkilotchilik faoliyatining o’zini tahlil etib o’qituvchiga kerakli sifatlarini quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:

- jamoani tashkillashtirish malakasi;

- boshqaruvga tegishli qarorni operativ qabul qilinishi malakasi;

- axborot uzatishning tezligi;

- qarorni bajarish jarayonida o’quvchilarga yordam berish malakasi;

- qayta olingan axborotga e’tiborni qarata bilish malakasi;

- integral tashkilotchilik - demokratik sifatlar;

- intellektual stifatlar.




Download 20,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish