“ ” 2019 yil 5A120101-Adabiyotshunoslik(ingliz adabiyoti)mutaxassislik magistranti Kuliyeva Dilshoda Alijon qizi



Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/36
Sana05.04.2022
Hajmi1,32 Mb.
#528963
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
alisher navoiy gazallarining ilmiy izohini yaratish masalalari garoyib us-sigar devoni asosida.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


93 
XULOSA 
Ma‘lumki jahon adabiyotida Sharq she‘riyatiga qiziqish asrlar davomida 
so‘nmagan. Bu qiziqish XX asrda yanada kuchaydi.Shu bois bugungi kunga 
kelib, Sharq shoirlari asarlarining g‘arb tillariga jumladan, inglizchaga 
tarjimalarini tahlil qilish, bu sohada to‘plangan tarjimalarini umumlashtirish, 
ilmiy hulosalar chiqarish o‘zbek tarjimashunosligi oldida turgan dolzarb 
vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Adabiy asarlar mazmuni, vazifasi, tasviriy 
vositasi hajmi va ba‘zi tashqi jihatlari bilan bir biridan farqlanadi. 
Prezidentimiz Islom Karimov ta‘kidlaganidek, Alisher Navoiy xalqimizning 
ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan 
buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi, millatimizning 
g‗ururi, sha‘nu sharafini dunyoga tarannum qilgan o‗lmas so‗z san‘atkoridir. 
Istiqlol yillarida shoirning boqiy merosini chuqur o‗rganish va keng targ‗ib 
etishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Yurtimiz viloyatlaridan biriga, 
mamlakatimizning asosiy kutubxonasiga, teatrlar, oliy o‗quv yurti, ilmiy-
tadqiqot maskaniga, qator ko‗chalar va xiyobonlarga ulug‗ bobomizning nomi 
berilgan. Mamlakatimiz mustaqilligining 20 yilligi arafasida buyuk shoirning 10 
jildlik to‗la asarlar to‗plami chop etildi. Ayni vaqtda shoir badiiy merosini 
o‗rganishga bag‗ishlangan xalqaro konferensiyalar o‗tkazilmoqda. Tokio, 
Moskva, Boku shaharlarida Navoiy bobomizning muazzam haykallari qad 
rostlab turibdi. Bu u kishiga bo‘lgan cheksiz hurmat ehtiromni ko‘rsatadi.
Hozirgi kunga qadar u kishi haqida ko‘plab asarlar yozilgan, ko‘plab asarlari 
jahon tillariga tarjima qilingan. Yuqorida muhokama qilgan tadqiqot ishimizda 
ham bugungi kunda dolzarb bo‘lgan Alisher Navoyining g‘azallarini ingliz tiliga 
tarjima qilish haqida bo‘lib, uni boshqa dissertatsialardan farqi bu birinchi marta 
yozilayotgan mavzu bo‘lib, u kishining asarlarini ingliz tiliga o‘girish bo‘yicha 
grant loyixasi doirasida yozilayotgan dissertatsiya ishidir. Buning ustiga endi 
gap she‘riy tarjima ustida emas. G‘azalning taglama tarjimasi va unga bitilgan 
sharxlarni tarjima qilishda bormoqda. Bu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, bu 
dastlabki ish bo‘lishiga qaramasdan ko‘pchilikning qiziqishiga sabab bo‘lishi va 


94 
albatta ko‘plab magistrlar tomonidan shu kabi mavzu doirasida ish olib 
borishlariga sabab bo‘lishi turgan gap. Asarimiz o‘z o‘quvchilarini topishi va 
unga bildirilgan har qanday fikr bizni ham qiziqtirishi turgan gap. Dissertatsiya 
ishimizning yozilishiga sabab bo‘lgan Alisher Navoiyning ―G‘aroyib us-sig‘ar‖ 
devoni va unga bitilgan nasriy bayon va sharxlarning inglizcha tarjimasi hali 
ko‘plab muhokama va shov-shuvlarga sabab bo‘lishi turgan gap. Demakki, 
ishimiz besamar emas. Dissertatsiya ishimiz uch bob bo‘lib, har bir bobda bir 
birini to‘ldirgan va o‘zaro mutanosib ma‘lumotlar bilan to‘la. Izlanishlarimiz 
natijasi o‘laroq quyidagi xulosalarga keldik. 
Alisher Navoiyni tarjima qilish uchun birinchi galda uning hayoti ijodi, uning 
shaxsiyatidan habardor bo‘lish kerak. 
Uning hayoti va ijodi haqidagi ma‘lumotlarni kengroq tarzda yoritish kerak. 
Bir narsa ma‘lumki, ko‘pchilik haligacha Navoiyni qanchalik ilm homiysi 
bo‘lganidan behabar. Birinchi galda o‘zimizning o‘zbeklarga, yoshu qariga 
hamma bilgan va birdek yot aytib bera oladigan ma‘lumotlardan ko‘ra yangi 
ma‘lumotlarn o‘rganishga rag‘batlantirishimiz zarur. 
Navoiy avlodi bo‘lish bilan bir qatorda unga munosib izdosh bo‘lish ham 
kerakligini yoshlar ongiga singdirishimiz kerak. ―Zulfiyaxonim‖ kabi mukofot 
tashkil qilib, uni ―Navoiy izdoshi‖ deb nomlasak va bu mukoftning avvalgisidan 
farqi unda yoshu keksalar va albatta yigitlar birdek ishtirok etishi kerak bo‘lsin. 
Navoiyni jahonda o‘rganilishi haqida gap ketganda, o‘zimizda ham bunga 
o‘rnak bo‘la oladigan ishlar amalga oshirilishi zarur. Horijdagi 
adabiyotshunoslar 
bilan 
hamkorlikda 
uning 
asarlarining 
tarjimalarini 
yaratishimiz kerak. To‘g‘ri dastlabki qadamlar allaqachonlar tashlangan. ―Lison 
ut-tayr‖ misolida buni ko‘rishimiz mumkin. Lekin dastlabki qadam 
dastlabkiligicha qolmoqda menimcha. 
Navoiy g‘azallarini sharxlash bugun boshlangani yo‘q. Bu Navoiy 
davridayoq boshlanganiga shubxa yo‘q. Shoirning muhlislari o‘sha vaqtlardayoq 
uning she‘rlaridagi ma‘nolarni tushunish uchun, shoirning nima demoqchiligini 
anglab yetish uchun turli kechalarda uning baytlaridan aytib muhokamalar 


95 
qilishganigan. Darhaqiqat ilgarilari uyushtirilgan bazmlarda albatta she‘rxonlik 
bo‘lgan, she‘riyatning shaydosi bo‘lmagan odam zamondan orqada qolgan 
hisoblangan. Hozir mabodo shoirlar o‘zaro to‘planib she‘rxonlik qilishmasa, 
qaysi davrada o‘yin kulgi va raqsdan boshqa narsalarga e‘tibor beriladi. Ha 
internet deymiz, XXI asr axborot asri, globallashuv asri deymiz-u, aslida 
rivojlanib oldinga siljiyapmizmi, yoki bu regressiyami bazida hayron qoladi 
kishi.
Oxirgi bobimizda ―G‘aroyib us-sig‘ar‖dagi g‘azallarga izoh va sharx bitishda 
so‘zlarning ma‘nosi qanchalik ochib berilgani va mumtoz adabiyotimizga 
taalluqli bo‘lgan so‘zlarni qanday tarjima qilingani to‘g‘risida. Ko‘p so‘zlarni 
ingliz tilida berish mushkul, chunki u tilda ko‘p so‘zlarning ekvivalentini ham 
topib bo‘lmaydi. Bu yerda eng to‘g‘ri yo‘l o‘sha so‘zga definition, ya‘ni uni 
nima ekanligini tushuntirib berishdir. Bu esa ingliz zabon o‘quvchiga so‘zning 
ma‘nosini to‘g‘ri tushunishga yordam beradi. 

Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish