Didaktik o'yinlarning ahamiyati



Download 354 Kb.
Sana05.04.2022
Hajmi354 Kb.
#529096
Bog'liq
Javob didaktik o\'yinlarning ahamiyati


didaktik o'yinlarning ahamiyati
O’quvchilar faolligini oshirishda didaktik o’yinlarning ahamiyati

Ta’lim sohasida olib borilayotgan keng ko’lamli islohatlar, uning mazmunini takomillashtirishga oid qabul qilingan hukumat qarorlari ta’limni xayot bilan bog’lashni, o’qitsh samaradorligini oshirishni, tez taraqqiy etib jamiyat uchun har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalab etishtirishni talab qiladi. O’quvchilarni barkamol shaxs sifatida tarbiyalash malakasi haqida gap ketganda nafaqat ularda fikrlash qobiliyatini tarkib toptirish, balki kuzatuvchanlik, tasavvur qilish, bilim olish yo’llarini egallash va ilm o’rganishga qiziqishtirish kabi jihatlarni nazarda tutadi.


Hozirgi kun ta’limning asosiy maqsadlaridan biri-bu dars jarayonida o’quvchilarni faollashtirish orqali ularga bilim olish yo’llarini o’rgatish va o’qitishdir.
Zamonaviy ona tili ta’lim berish nazariyasi va amaliyotni dars jarayonida turli o’qinlardan foydalanish orqali o’quvchilarni fanga bo’lgan qiziqishlarini orttirishni talab qiladi.
Ona tili mashg’ulotlarida o’yin texnologiyalaridan foydalanish jadallashtiruvchi va faollashtiruvchi faoliyat bo’lib, o’quvchilarning og’zaki va yozma nutq ko’nikmalarini tarkib toptiradi.
Ona tili mashg’ulotlari jarayoniga didaktik o’yinlarni tatbiq etish orqali ta’lim sifati va samaradorligini oshirish.
Ta’limiy o’yinlardan, avvalo, mavzuga oid oddiy qiziqarli savol-javoblardan darsning ma’lum qismida foydalanish lozim. Shu tarzda testlar, boshqatirma, tez aytish kabi o’yinlar muntazam o’tkazib turilsa, o’quvchilarda ma’lum bir ko’nikmalar to’planib boradi. Bu esa o’quvchilarda ma’lum bir tayyorgarlikni, mustaqil o’qishni, ommaviy axborot vositalarini kuzatib borishni talab etadi. Shunga ko’ra o’quvchilar egallashi shart bo’lgan ko’nikma va malakalar: qayta (ko’rsatma) olish, aniqlash (o’lchay) olish, tasvirlay olish, tushuntira olish va bashorat qila olish kabilarni hosil qiladi.
Didaktik o’yinlar mazmunan axloqiy, aqliy rivojlantiruvchi, ta’lim-tarbiyaviy sifatlarga ega bo’lish shart.
Dars jarayonida o’yinlarni muvaffaqiyatli o’tkazish uchun ularning tuzilishi, vazifalari, qoidalari, harakatlari, natijalarini tahlil qilish bosqichlarini aniq belgilab olish lozim.
Bu bosqichlarni quyidagicha belgilab olish mumkin:
1. Tayyorlov davri. O’yin natijasiga katta ta’sir etuvchi mas’uliyatli boschich. Shu o’rinda asosiy vazifa o’quvchilarni o’yinning maqsadi, mavzusi, qoidasi, shartlari bilan tanishtiriladi.
2. O’yinni tashkil etish. O’quvchilarni guruhlarga bo’lib, vazifalar bo’lib beriladi.
3. O’yinni o’tkazish. Belgilangan vazifani yakka va guruhlarga birlashtirib, topshiriqlarni bajartiriladi.
4. O’yin natijalari. Natijani baholash, xulosalash, ya’ni o’yinning o’quv-bilish natijalarini tahlil qilish.
Didaktik o’yinlarni o’tkazish o’quvchilarga quyidagicha mas’uliyat yuklaydi:
- o’yinlarni o’tkazish jarayonida faol bo’lish;
- diqqat va e’tiborli bo’lish, do’stlarini gapini bo’lmaslik;
- o’z vazifasini aniq bajarish;
- ko’rgazmali qurollar tayyorlash;
- birdamlik va hamjihatlik kuchini his qilish;
- o’zaro ishonch;
Didaktik o’yinlar texnologiyasi qisqa vaqtda amalga oshiriladigan tizimlashgan guruhiy mashg’ulotlar bo’lib, ularni o’tkazish oson va oldindan tayyorgarlik ko’rish shart emas. U ko’p vaqt olmaydi. O’yinlar o’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishlarini kuchaytirib, darsning boshida, o’rtasida oxirida o’tkazish tavsiya qilinadi.
Yangi pedagogik texnologiyaga bag’ishlangan adabiyotlar va maqollarda bir qator didaktik o’yinlar haqida so’z yuritilib, innovatsion metod sifatida taqdim etilmoqda. Ana shulardan ona tili darslaridan qo’llanish mumkin bo’lgan ayrim o’yinlar haqida so’z yuritamiz:


Tarbiyachi kompetensiyasi
“Kompetentlik” tushunchasi ta’lim sohasiga psixologik izlanishlar natijasida kirib kelgan. Shu sababli kompetentlik “noan’anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning o‘zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o‘zaro munosabatlarda yangi yo‘l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to‘la ma’lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik”ni anglatadi.
Kasbiy kompetentlik – mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo‘llay olinishidir.
Ijtimoiy kompetentlik – ijtimoiy munosabatlarda faollik ko‘rsatish ko‘nikma, malakalariga egalik, kasbiy faoliyatda subyektlar bilan muloqotga kirisha olish.
Maxsus kompetentlik–kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga tayyorlanish, kasbiy-pedagogik vazifalarni oqilona hal qilish, faoliyati natijalarini real baholash, BKMni izchil rivojlantirib borish bo‘lib, ushbu kompetentlik negizida psixologik, metodik, informatsion, kreativ, innovatsion va kommunikativ kompetentlik ko‘zga tashlanadi. Ular o‘zida quyidagi mazmunni ifodalaydi:
Psixologik kompetentlik–pedagogik jarayonda sog‘lom psixologik muhitni yarata olish, talabalar va ta’lim jarayonining boshqa ishtirokchilari bilan ijobiy muloqotni tashkil etish, turli salbiy psixologik ziddiyatlarni o‘z vaqtida anglay olish va bartaraf eta olish;
metodik kompetentlik– pedagogik jarayonni metodik jihatdan oqilona tashkil etish, ta’lim yoki tarbiyaviy faoliyat shakllarini to‘g‘ri belgilash, metod va vositalarni maqsadga muvofiq tanlay olish, metodlarni samarali qo‘llay olish, vositalarni muvaffaqiyatli qo‘llash;
informatsion kompetentlik – axborot muhitida zarur, muhim, kerakli, foydali ma’lumotlarni izlash, yig‘ish, saralash, qayta ishlash va ulardan maqsadli, o‘rinli, samarali foydalanish;





Download 354 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish