O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
OLIY TA’LIM TIZIMI PEDAGOG VA RAHBAR KADRLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISHNI TASHKIL ETISH BOSH ILMIY - METODIK MARKAZI
“Himoyaga tavsiya etaman”
Bosh ilmiy-metodik markaz direktor o‘rinbosari
_________________I.Isomov
“______” ___________2022 yil
“Ta’lim tizimi menejmenti” yo‘nalishi qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi tinglovchisi
Jabborov G‘iyosjon G‘afforjonovichning
“Kredit-modul tizimida uchinchi semestrni tashkil qilish masalalarini o‘rganish” mavzusidagi
BITIRUV ISHI
Ilmiy rahbar: yu.f.d., professor V.R.Topildiyev
Toshkent- 2022
ANNOTASIYA
Ushbu bitiruv malakaviy ishida Kredit-modul tizimi tushunchasi, uning maqsadi va asosiy vazifalari, Oliy ta’lim muassalarida kredit-modul tizimi bo‘yicha ta’limni tashkil etish jarayoni, kredit-modul tizimining oliy ta’limga joriy qilinishi natijasida shaffoflikni ta’minlash, ta’lim oluvchining haqiqiy bilimini yuzaga chiqarish va talabaning mustaqil o‘qib-o‘rganib, o‘z ustida ishlashi borasidagi afzalliklar, yutuq va kamchiliklar, Kredit modul tizimi me’yoriy uslubiy ta’minoti shuningdek, Kredit-modul tizimida uchinchi semestrni tashkil qilish masalalari bo‘yicha fikr-mulohaza yuritiladi.Shundan kelib chiqqan holda taklif va tavsiyalar beriladi.
Bitiruv ishi kirish, ikkita bob, xulosa va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Kirishda mavzuning dolzarbligi, uning maqsad va vazifalari, tadqiqot obyekti va predmeti asoslanib, ilmiy adabiyotlarga umumiy nuqtai nazar, natijalarning amaliy ahamiyati ochib berilgan.
Birinchi bobda Kredit-modul tizimi, uning maqsadi va asosiy vazifalari, Oliy ta’lim muassasalarida kredit modul tizimiga o‘tishining nazariy va metodologik asoslari kredit tizimini joriy etishda Yevropaning ECTS tizimidan foydalanishga ustuvorlik qaratilayotganligi nuqtai nazaridan yoritilib berilgan.
Ikkinchi bobda esa Kredit modul tizimida yozgi semestrni tashkil etish va takomillashtirish masalalari Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti misolida yoritilib berilgan va tahlil qilingan.
Xulosa qismida kredit - modul tizimiga o‘tishda OTMlar o‘quv dasturlarini yaratishdan boshlab, o‘qituvchilarning o‘z darslarini tashkil qilishi bo‘yicha yangicha yondashuvlarni joriy qilish bo‘yicha tavsiyalar, shuningdek kredit-modul tizimi to‘g‘ri va to‘liqligicha joriy etilsa, u mamlakatimiz oliy ta’lim tizimiga juda katta ijobiy xususiyatlarni olib kirishi haqida xulosalar keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |