Himoyaga tavsiya etaman” Bosh ilmiy-metodik markaz direktor o‘rinbosari I. Isomov


Kredit modul tizimi me’yoriy uslubiy ta’minoti



Download 0,59 Mb.
bet7/15
Sana11.04.2022
Hajmi0,59 Mb.
#544614
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
007 G\'iyosjon Jabborov (2) (2)

1.2. Kredit modul tizimi me’yoriy uslubiy ta’minoti
Davlat ta’lim standartlari oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari mazmuniga qo‘yiladigan umumiy talablarni, bitiruvchilarning tayyorgarligiga nisbatan qo‘yiladigan malaka talablarining asosiy qoidalarini; o‘quv yuklamasining hajmini; kadrlar tayyorlash sifati va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini baholash, Malaka talablari, o‘quv reja va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va tadbiq etish tartibini belgilaydi. O‘quv fanlari bloklariga qo‘yiladigan umumiy talablar: majburiy fanlar bloki - fanlarni chuqur o‘zlashtirilishini taqazo etadi va ta’lim oluvchilarning intellektual saloxiyatini boyitish, ta’lim yo‘nalishi va sohaga oid zarur fundamental bilimlar, kasbiy ko‘nikma, o‘quv va kompetensiyalarni shakllantirish, bitiruvchiga tanlangan yo‘nalish va mutaxassislik bo‘yicha kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish hamda muayyan magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kelgusida ta’limni davom ettirishga zamin yaratishi lozim.
Tanlov fanlari blogi - bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim oluvchilar qo‘shimcha chuqur nazariy va amaliy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishini, innovatsion usullar va sohaning hududiy omillarini xisobga olgan holda kasbiy kompetensiyalar kengayishini ta’minlashi, ta’lim traektoriyalariga muvofiq kasbiy bilim va malakalarni o‘zlashtirishiga imkon yaratishi lozim.
O‘quv rejalari - oliy ta’limning muayyan yo‘nalishi yoki mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv faoliyati turlari, o‘quv fanlari, kurslarining tarkibi, ularni o‘rganishning izchilligi, soatlar va kreditlardagi hajmini ta’lim davrining to‘liq me’yoriy muddati uchun belgilaydigan me’yoriy-uslubiy hujjat. Kredit modul tizimida 3 –turdagi o‘quv rejasidan foydalaniladi:
-Tayanch o‘quv rejasi DTSga muvofiq butun o‘quv jarayoni uchun
-Ishchi o‘quv reja – har o‘quv yili uchun o‘quv jarayoni grafigini va o‘qituvchilarning o‘quv ishlari yuklamasini hisoblash uchun
-Individual o‘quv rejalar - talabaning individual ta’lim traektoriyasini aniqlash uchun.
O‘quv dasturlari- ta’lim mazmuni belgilovchi, o‘quv fanining asosiy mavzulari, mazmuni o‘zlashtirilishining eng maqbul usullari, axborot manbalari ko‘rsatilgan me’yoriy-uslubiy hujjat.
Yevropaning ECTS kredit-modul tizimida Oliy ta’lim muassasi o‘quv dasturlarini shakllantirish bir quyida keltiradigan muhim bosqichlarni ko‘rsatib o‘tadi:
O‘quv dasturi profilini yaratish (maqsadlarini belgilash); Yevropaning ta’limning ECTS kredit-modul tizimida o‘quv jarayonini olib boruvchi OTM kredit-modul tizimiga o‘tishda o‘zining alohida har bir o‘quv dasturi profilini ishlab chiqishdan boshlaydi. O‘quv dastur profili asosan uzog’i bilan 1-3 varoqdan tashkil topgan yozma shaklda bo‘lib, u asosan quyidagi jixatlarga javob topishi zarur:

  • Ushbu o‘quv dasturi bo‘yicha qanday ko‘rinishdagi mutaxassis tayyorlanadi?

  • Ushbu o‘quv dasturi OTMlarda ta’limning qaysi darajasini belgilab beradi?

  • Talabalar o‘quv dastur doirasida qanday samarali natijalarga erishadi?

Umuman olganda, OTM o‘quv dasturi profili bu o‘quv dastur bo‘yicha eng asosiy ma’lumotlar va undan ko‘zlangan maqsad haqida batafsil ma’lumotlarini o‘zida jamlagan. Uni safarga yo‘l olayotgan kishining borish manzili, yo‘lni nimada bosib o‘tishi, borayotgan safardan reja qilgan maqsadlarini oldindan aniq belgilab olishiga o‘xshatish mumkin. Chunki, safarga chiqayotgan har bir kishi o‘zining aniq rejalarini, maqsadlarini belgilab oladi. Zero, odamlar asosan bunaqa jixatlarga aniqlik kiritmasdan biror bir joyga safarga chiqishmaydi.
Xuddi shu tartibda boshqa Oliy ta’lim muassalari ham o‘zlarining alohida o‘quv dasturi va o‘zining profiliga ega bo‘lishni ta’minlashlari zarur. O‘quv dasturi profilini yaratish hozirgi kunda ushbu sohani bitirayotganlar bilishi, anglashi va bajara olishi kerak bo‘lgan asosiy bilim, ko‘nikma, shuningdek mahoratlar qiymatini aniqlab olishdan boshlanadi.
ECTS tizimida bir o'quv yili 60 ECTS kreditiga to'g'ri keladi, bu taxminan 1500-1800 o'quv soatini tashkil qiladi. Bakalavr darajasini olish uchun 180 dan 240 ECTS -kredit, magistratura uchun esa 300 tagacha yetishmayotgan (ya'ni yana 60 dan 120 ECTS -kredit) olish kerak. OTM o‘zining o‘quv dasturlari profillarini yaratishda o‘quv dasturning manfaatli jixatlari: bitiruvchilarga asosiy ish beruvchi korxona va tashkilotlar, professor-o‘qituvchilar, akreditatsiyadan o‘tkazuvchi idoralar, o‘quv dastur bitiruvchilari, talabalarning yaqinlari orasida so‘rovnomalar amalga oshirish, ularning ham qarashlarini e’tiborga olishi zarur. Chunki, ish beruvchi korxona va tashkilotlar o‘zlari uchun kelgusida ishga oladigan bitiruvchilar qanday bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishi zarurligini, o‘quv dasturni oldin tugatganlar ular o‘quv dasturda bundan avval o‘rgangan qaysi bilim va ko‘nikmalar amaliyotda yordam berganligini, qaysilari natija bermaganligini, professor-o‘qituvchilar o‘quv dasturdagi fanlarning ilmiy va nazariy jixatdan har tomonlama ahamiyatini, talabalarning vakili esa talabalarning shu vaqtdagi ta’lim olish ehtiyojlari haqida Oliy ta’lim muassasiga qaraganda yaxshiroq tushunchaga ega. O‘quv dasturi profilini yaratishda o‘rgatiladigan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar, o‘quv fanlari, modullar ro‘yhatini aniqlashtirib uchun ham juda ahamiyatlidir. Chunki o‘quv dasturda qanaqa fanlar va modullarning bo‘lishi dastur profilidan kelib chiqqan holda belgilab olinadi. Profilning mavjudligi, unda ko‘rsatilgan asosiy maqsadlarning aniqligi o‘quv dasturiga faqatgina dastur maqsadlariga mos bo‘lgan fanlar va mashg‘ulotlar kiritilishiga, unga mutanosib bo‘lmagan fanlar esa o‘quv dasturdan chiqarib tashlanishiga xizmat qiladi. Ushbu yo‘nalishda talaba bo‘lmoqchi bo‘lganlar ham o‘quv dastur profili yordamida dastur davomida o‘zlarida qanaqangi jihatlar shakllanishi bo‘yicha aniq tushunchalarga ega bo‘lib oladilar va aynan shu “xarita” doirasida harakat qiladilar.6
Ta’lim tizimi ilg’or davlatlar OTMlari o‘zlarining alohida o‘quv dasturlari bo‘yicha profiliga ega va ularning veb saytlari orqali buni bilib olish mumkin.

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish