Himoyaga tavsiya etaman” Bosh ilmiy-metodik markaz direktor o‘rinbosari I. Isomov



Download 0,59 Mb.
bet8/15
Sana11.04.2022
Hajmi0,59 Mb.
#544614
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
007 G\'iyosjon Jabborov (2) (2)

Kreditlarni modullar bo‘yicha taqsimlash; OTM o‘quv dasturlari profillari yaratilgandan so‘ng undagi fanlar va mashg‘ulotlar ro‘yxati shakllantiriladi. Dasturdagi o‘quv fanlari bir qancha modullarga bo‘linadi va ularning har qaysinisiga tegishli miqdorda kreditlar taqsimot qilinadi. Kreditlar har bir modul bo‘yicha taqsimot qilinganda unda kelgusida belgilab olingan o‘qish natijalariga erishishda talaba tomonidan taxminiy qancha o‘qish yuklamasini bajarishi zarurligiga qarab belgilab beriladi. Bunday holatda o‘qish yuklamalaring umumiy miqdori ularni bajarish uchun o‘rta holda talaba taxminiy qancha vaqt sarflashi hisoblab olinadi. Eslatib o‘tamiz, Yevropaning ECTS kredit-modul tizimida 1 kredit miqdori 25-30 soat o‘qish yuklamasiga tengdir.7
ECTS tizimida kreditlarning o‘quv dasturlari bo‘yicha, o‘quv yillari bo‘yicha va semestrlar bo‘yicha taqsimoti oldindan belgilab qo‘yiladi. Bunda Oliy ta’lim muassalari o‘quv dasturlari bo‘yicha, o‘quv yili yoki semestlar bo‘yicha aniq belgilanadigan kreditlar miqdorini o‘zlaricha belgilab ololmaydilar. Buni belgilashda aniq qoidalar bor.
Kreditlarni dasturlar bo‘yicha taqsimlash. Kreditlarning o‘quv dasturlari bo‘yicha taqsimlashda har bir malakatning oliy ta’lim tizimi darajalariga qarab amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida ECTS tizimida faoliyat yuritadigan Oliy ta’lim muassalarida bu taqsimot bakalavriat yo‘nalishlarida to‘rt o‘quv yilida 240 kredit, magistratura yo‘nalishlarida ikki o‘quv yilida 120 kredit va doktorantura dasturlari xususiyatlaridan kelib chiqqan, turlicha belgilanishi mumkin.8 Bu taqsimot qoidalarini quyidagicha tasvirlash mumkin:
Kreditlarni o‘quv yillari va semestrlar bo‘yicha taqsimlash. Kreditlarning o‘quv yillari va semestrlar bo‘yicha taqsimoti quyidagidek ko‘rinishda bo‘ladi: 1 yil jami 60 kreditga teng, 1 semestr jami 30 kreditga teng. Ammo, bir o‘quv yili davomiyligi 2 emas balki 3 semestrdan iborat bo‘lgan o‘quv dasturlarida esa 60 kredit umumiy 3 ta teng qismlarga bo‘linadi.
Kreditni modullar bo‘yicha taqsimlash. Kreditlarni modullar bo‘yicha taqsimlash Oliy ta’lim muassalari tomonidan, ayrim vaqtlarda esa tegishli fakultet tomonidan amalga oshirilib, Oliy ta’lim muassalarining o‘z kengashida tasdiqlanadi.
Kreditlarni taqsimlash asosan ikki xil ko‘rinishda amalga oshiriladi:

  • Modullar bo‘yicha taqsimlash;

  • Modullar bo‘lmagan holatda taqsimlash;

Kreditlarni ushbu ko‘rinishdagi taqsimlash holatlarida bu usullarining o‘ziga xos qulaylik va noqulaylik tomonlari mavjuddir.
Modullar bo‘yicha taqsimlash. Modullar bo‘yicha taqsimlashda kreditlar modullarga ko‘ra aniq sonlarda taqsimlanadi. Bunda OTMdagi barcha fanlar, masalan 5, 6 yoki 7.5 kreditlarda taqsimot qilinishi mumkin. Kreditlarni modullarga butun bo‘lgan sonlar bilan taqsimlanadi, lekin ba’zi hollarda kreditlar istisno ko‘rinishida kasr ko‘rinishidagi sonlarda (.5) ham taqsimlash mumkin (misol uchun o‘quv dasturi bir semestrga 4 ta modul reja qilingan hollarda). Bundan boshqa hollarda esa kreditlarni kasr ko‘rinishidagi sonlar bilan taqsimlash tavsiya qilinmaydi.
Modullar bo‘yicha taqsimlashda kreditlarni kredit-modul tizimida o‘qish yuklamasi va semestr o‘quv dasturida berilgan fanlarning umumiy soniga nisbatan 5, 6 yoki 7.5 kreditlar hisobida taqsimlasa bo‘ladi. Bu holatda 5-kreditlik taqsimot bo‘yicha bir semestrda jami 6 ta modul, 6-kreditlik tizimida esa 5 ta, va 7.5-kreditlik taqsimot qilinganda esa 4 ta modul o‘tiladi. Bunday holda taxminan ularning o‘qish yuklamalari quyidagicha bo‘ladi:
Modullar bo‘yicha taqsimlash usulini shuningdek, kreditlar taqsimotining yuqoridan pastga yo‘naltirilgan, taqsimlashning “top-davn” (top down) usuli deb ham atashadi. Chunki bu usulda kredit-modulning umumiy maqsadlaridan kelib chiqib, kreditlarning modullar bo‘yicha taqsimoti o‘quv dasturining profili belgilanadi.
Ushbu modullar taqsimotning afzal jixatlari sifatida quyidagilarni keltirib o‘tish mumkin. Ushbu usulda modullar taqsimlanganda kreditlar barcha o‘qitiladigan fanlar aniq sonlarda amalga oshirilganligi tufayli muvozanatli o‘quv dasturi va o‘qish jadvali paydo bo‘ladi. Bunday taqsimot orqali imtixonlar jadvalida imtixonlar ro‘yxati ko‘payib ketmasligini ham ta’minlash mumkin. Shuningdek, modullar bo‘yicha taqsimlangan o‘quv dasturlariga asoslangan Oliy ta’lim muassalarida nafaqat o‘zlari tahsil olayotgan fakultetdan balki, boshqa fakultetlardan ham tanlov fanlarini o‘rganish osonlashadi. Chunki, oliy ta’lim muassasida mavjud barcha fakultetlari aniq bir xil taqsimot bo‘yicha ish faoliyatini yuritsa, talaba boshqa bir fakultetda egallagan kreditlarini o‘z o‘quv dasturiga o‘tkazib olishi osonlashadi. Ushbu usul xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini ko‘chirayotgan va ikkita boshqa-boshqa xorijiy davlat oliy ta’lim muassalarining bir-birlari bilan o‘zaro talaba almashinuviga ham ijobiy ta’sir o‘tkazadi.
Modullar taqsimotning noqulay jixatlari shundaki, ularda ma’lum darajada fakultet yoki o‘qituvchilarning akademik erkinligi cheklanib qoladi. Fanlarning yuklamasi taqozo etsa ham OTM dagi har bir fakultet yoki professor-o‘qituvchi o‘zi o‘qitadigan fanlari uchun o‘zi xohlagancha yetarli miqdorda kreditni taqsimlash imkoniga ega emas. Bunaqangi vaziyatlarda o‘qish yuklamasi katta bo‘lgan fanlar bir qancha modullarga-qismlarga bo‘linadi, ya’ni o‘quv dasturlarga alohida davom etuvchi fanlar ko‘rinishida kiritiladi (Masalan, Kimyo I, Kimyo II).
Hozirda, Yevropadagi ko‘pgina xorijiy davlatlarda ECTS kredit-modul tizimida fanlar va modullar bo‘yicha taqsimot 5, 6, 7.5 kreditlarni tashkil etadi. Bunday holatda nimaga aynan kreditlar miqdori yuqorida keltirilgan ko‘rinishda taqsimlanayapti degan savol paydo bo‘lishi mumkin. Kreditlarni bunday miqdorlarda taqsimlash semestr davomida 6, 5 yoki 4 ta modul bo‘yicha o‘qish imkonini talabalarga yaratib beradi. Shu bilan birgalikda ushbu raqamlardagi kreditlarni boshqa bir kredit-modul tizimlariga konvertatsiya qilish ham nisabatan oson bo‘ladi. Misol uchun, 6 ECTS kreditli modul AQSH dagi universitetlarining 3 kreditlik modullariga, Buyuk Britaniyadagi universitetlarining esa 12 kreditli modullariga barobar bo‘ladi.
Modullar bo‘lmagan holatda taqsimlashda mavjud kreditlar o‘quv dasturidagi har bir modulga har xil miqdorlarda taqsimlanadi (jumladan, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 15). Kreditlarni bunday ko‘rinishda taqsimlashning afzallik jixatlarini ko‘rib chiqamiz. Bunda kreditlarni o‘quv fanlarning ahamiyati va o‘quv yuklamalariga qarab turli ko‘rinishdagi sonlar bilan taqsimlasha bo‘ladi. Bunday ko‘rinishdagi modullar bo‘lmagan taqsimot qilish “pastdan tepaga qarab taqsimlash” ya’ni “bottom ap” (bottom up) usuli sifatida ham nomlanadi. Buning sababi ushbu taqsimotda asosiy masala sifatida fanlar va modullarning o‘quv dasturidagi ahamiyatli jixatiga qaratiladi va taqsimot aynan shu joydan boshlanadi.9
Endi esa modullar bo‘lmagan holatda taqsimlashning noqulayliklarini keltirib o‘tamiz. Ushbu usulda o‘quv dasturi ro‘yxatida ayrim fanlar ustunlikka ega bo‘lib olishi mumkin. Chunki ko‘pgina hollarda professor-o‘qituvchilar o‘quv dasturida o‘z fanlarini yuqori o‘rin tutishini e’tirof etishadi. Bunda o‘ziga xos “nufuzga ega” professor-o‘qituvchilar fanlariga qolganlarga nisbatan ko‘p miqdorda kreditlar taqsimlanishiga, bu esa boshqa bir fanlar uchun kreditlar miqdorining ozayib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Xulosa qilib aytganda, modullar mavjud bo‘lmagan taqsimot qilingan o‘quv dasturlarining o‘qitilish jadvallarida tenglik yo‘qolishi mumkin.
O‘quv dasturida tanlov fanlarining mavjudligi kredit – modul tizimining yana bir o‘ziga xos jixatlaridan biri hisoblanadi. Bu esa talabaga nisbatan yo‘naltirilgan ta’limning alohida e’tiborga molik xususiyatidir. Bu vaziyatda talaba belgilangan kreditlarning ma’lum bir qismini o‘quv dasturidagi majburiy bo‘lgan fanlarni o‘rganish hisobidan, qolgan qismini esa tanlov fanlarini o‘rganish hisobidan egallab olish imkoniyati paydo bo‘ladi. Misol uchun, talaba ta’limning bakalavr bosqichi dasturini tugatishi uchun 240 kredit to‘plashi zarur ekanligini inobatga olsak, u ushbu kreditlarning 50 foizini (ya’ni 120 kreditni) majburiy fanlardan qolgan 50 foizini esa (120 kredit) tanlov fanlaridan to‘plashi mumkin.
Shu o‘rinda tanlov fanlarining o‘zi nima ekanligi haqida to‘xtalib o‘tsak. Tanlov fanlari degani-bu muayyan bir o‘quv dasturi bo‘yicha talaba o‘z xohish-istagi, qiziqishlari, kelgusidagi rejalari asosida tanlab o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lgan fanlar majmuidir. Bunda Oliy ta’lim muassasi tomonidan talabalarga kredit modul tizmida ta’lim beriladigan o‘quv yili yoki butun bir o‘quv dasturi davomida o‘qib-o‘rganishi mumkin bo‘lgan tanlov fanlarining ro‘yxati ko‘rsatiladi va o‘zlari qiziqqan fanlarni talabalar ushbu ro‘yxat orqali tanlaydilar va o‘rganishi mumkin bo‘ladi. Lekin yana bir jixatga e’tibor qaratish zarur. Talaba tomonidan tanlangan fanlarning kreditlari miqdori belgilangan o‘quv yili uchun tanlov fanlariga ajratilgan kreditlarning miqdoriga teng bo‘lishi zarur. Masalan, dasturda muayyan o‘quv semestrida talaba 18 kreditni tanlov fanlari hisobiga jamg‘arishi belgilangan va har bir tanlov fani 6 kreditda ko‘rinadigan bo‘lsa, talaba ushbu semestrda 3 ta tanlagan fanini o‘qib-o‘rganadi.
Tanlov fanlar talaba o‘zi tanlagan ta’lim sohasining muayyan yo‘nalishi bo‘yicha kengroq bilim egallashiga xizmat qiladi. Kredit-modul tizimida esa talabalarning tanlov fanni tanlash huquqini quyidagicha turlarga bo‘lish mumkin:
Cheklangan tanlov fan tanlash huquqi. Bunday tartibda talabalarga har bir o‘quv yili uchun fanlarni tanlashda cheklangan miqdorda tanlov fanlari ro‘yxati ko‘rsatiladi va talabalar ushbu ro‘yxatdan kreditlarga mos ravishda belgilangan miqdorda fanlarni tanlab oladi. Masalan, talabalarga jami 3 ta tanlov fanlaridan mavjud ro‘yxat ko‘rsatilib, ro‘yxatdagi 2 ta fanni tanlashga imkoniyat berilishi mumkin. Demak bunda ko‘rinib turibdiki talabaning tanlash imkoniyati anchagina cheklangan bo‘lmoqda. Shuningdek talabalar qaysi kurs davomida aynan qaysi tanlov fanlarini o‘qib-o‘rganishi mumkinligi ham avvaldan belgilab qo‘yilishi mumkin.
Cheklanmagan tanlov fan tanlash huquqi. Bunday tartibda talabalarga o‘quv dasturi davomida u o‘qib-o‘rganishi mumkin bo‘lgan nisbatan ancha keng sonli tanlov fanlari ro‘yxati taqdim etiladi va talaba bu ro‘yxatdan har bir semestr uchun belgilangan tanlov fanlari kreditlar miqdoridan kelib chiqqan holda tanlovni amalga oshiradi. Talabalarga qaysi o‘quv fanini qaysi kursda tanlashi mumkinligi yuzasidan cheklov qo‘yilmaydi. Ammo talabalarning tanlov fanlaridan jamg‘argan kreditlar miqdori semestrda tanlov fanlari uchun belgilangan kreditlar miqdoridan kamayib yoki ko‘payib ketmasligi zarur. Lekin bunda talabalarning tanlov huquqi mutloq (absolyut) emas. Ayrim tanlov fanlari talaba mazkur fanlarni boshlashdan avval boshqa bir fanni tugallashini talab qilishi mumkin (prerequisite). Masalan, Xalqaro veterinariya nazorati fani qoidalarida talaba ushbu fanni boshlashdan avval u Veterinariya asoslari fanini o‘qib-o‘rganishi zarurligi belgilangan bo‘lishi extimol. Bunda talabaga shu fanni o‘qib-o‘rgangandan keyingina Xalqaro veterinariya nazorati fanini tanlashga huquq beriladi. Buni kredit-modul tizimida progressiya qoidalari deb ataladi. Cheklanmagan tanlov huquqi asosidagi o‘quv dasturlarida talabaga ma’lum miqdordagi kreditlarni boshqa fakultetlarda ham to‘plashiga ham yo‘l qo‘yiladi.10
ECTS kredit tizimi o'quv dasturlarini o'qish va u asosida bilim va ko‘nikmalarni solishtirishni osonlashtiradi. U talabaga qanday yetkazib berilishidan qat'iy nazar, barcha turdagi dasturlar uchun ishlatilishi mumkin. ECTS ham mobil, ham mobil bo'lmagan talabalar uchun ham qulaylikka ega. ECTS mintaqa, mamlakatlar, yoki biror shahar ichida, shuningdek, har xil turdagi universitetlar o'rtasida o‘zaro harakat qilishda talabalarga ko‘maklashadi. Bundan tashqari, tizim o'z-o'zini o'rganish va ish tajribasini takomillashtirib boradi.
ECTS kredit modul tizimining asosiy xususiyatlari quyidagilar:
− ECTS kreditlari mavjudligi;
− Talabalarning o‘quv yuklamasi;
− O‘quv natijalari va malakalari;
− ECTS baholash ko‘rsatkichi;
Shunday qilib, kredit modul tizimi ikkita asosiy vazifani bajaradi.
Birinchisi, boshqa universitetda (yoki boshqa fakultetda) olingan kreditlarni o'tkazish; boshqacha qilib aytganda, talaba kerakli miqdordagi birliklarni - qisman - boshqasiga o‘tkazishi yoki to'plashi mumkin bo‘ladi.
Ikkinchi vazifasi esa talaba turli sabablarga ko'ra ma’lum qismlarda ta'limni qabul qilishi mumkin va ma’lum vaqt oralig'ida universitetlarni o'zgartirishi mumkin.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish zarurki, talabalar o‘z tanlov huquqlarini to‘la-to‘kis amalga oshirishi uchun ularga o‘quv yili boshlangandan so‘ng tanlovni amalga oshirishda ma’lum bir vaqt beriladi. Fanlarni tanlash muddati esa odatda o‘quv yili boshlangan kundan boshlab 2 hafta muddatgacha etib belgilanadi. Yuqoridagi 2 haftalik muddat davopmida talaba ro‘yxatda keltirilgan tanlov fanlaridan o‘zi xoxishidan kelib chiqib, darslarni kuzatish va bu fan o‘zining qiziqishlariga mos kelishi yoki kelmasligi haqida yakuniy qaror qabul qilish imkonini beradi va belgilangan muddat oxirigacha u o‘zining yakuniy qarorini qabul qilishi shart. Talaba ushbu jarayondan so‘ng o‘zining yakuniy tanlagan tanlov fanlari ro‘yxatini o‘qiyotgan fakultetga taqdim etadi.
Ta’limning har bir sohasida fundamental bilimlar beruvchi bazaviy fanlar mavjud. Bunday fanlar talabaning mutaxassis sifatida yetishib chiqishi, o‘z mutaxassislikka oid boshqa fanlarni tushunishida o‘ta muhim ahamiyatga ega. Masalan, tibbiyot fakulteti talabalari uchun Odam anatomiyasi, biologiya, zoologiya kabi fanlar, tarix fakulteti talabalari uchun esa Qadimgi dunyo tarixi, Arxeologiya, O‘zbekiston tarixi, Jahon tarixi kabi fanlar bazaviy fanlar qatoriga kiradi. Bu kabi fanlar ushbu fakultetlarning har bir talabasi uchun muhim hisoblanib, odatda o‘quv dasturlarning ilk semestrlarida o‘qitiladi. Shuning uchun hamki o‘quv dasturining ilk semestrlarida tanlov fanlari miqdori ancha cheklanishlarga ega yoki bo‘lmasa dastur faqatgina majburiy fanlardan iborat bo‘lishi ham mumkin.
Lekin talaba yuqori kursga ko‘tarilgani sari o‘quv dasturida tanlov fanlari uchun ajratilgan kreditlar miqdori ko‘payib borishi zarur. Buning sabablarini quyidagicha izohlash mumkin. Talaba sohaga oid bazaviy fanlarni o‘zlashtirgandan so‘ng unda sohaning muayyan yo‘nalishi bo‘yicha chuqurroq bilim egallashga qiziqish va ehtiyoj paydo bo‘lishi mumkin. Talaba kursdan kursga o‘tgan sari u mutaxassis sifatida shakllanib borib, unda o‘zi uchun o‘zi tanlov qilish ko‘nikmasi shakllanib boradi. Qolaversa, tanlov huquqi talabalarni o‘z qiziqishlari, kelajakdagi faoliyat yo‘nalishlari haqida bosh qotirishga undaydi.
Va nihoyat, kredit - modul tizimida talabalar tanlov fanini o‘z fakultetidan boshqa fakultetlarda ham olish imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerak. Yodingizda bo‘lsin ayrim mutahasisliklar uchun sohalararo bilimlar katta ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Lekin bunda fakultetning kredit - modul tizimiga taaluqli qoidalari talaba qaysi kursda qancha miqdorgacha kreditlarni bunday fanlardan jamg‘arishi mumkinligini belgilab qo‘yishi kerak. Masalan fakultet kredit - modul qoidalari talaba 1-kursni tamomlagandan so‘ng yuqori kurslar davomida maksimum 12 kreditni boshqa fakultetlarda olingan fanlar hisobiga jamg‘arishi mumkinligini belgilab qo‘yishi mumkin. Lekin bunga odatda dekanning ruhsati bilan yo‘l qo‘yiladi.11
Talaba tanlovni tanlov fanlari ro‘yxatidan o‘z xohishiga ko‘ra amalga oshirishi mumkin lekin u baribir dastur so‘ngiga qadar belgilangan miqdordagi kreditlarni tanlov fanlari hisobiga jamg‘arishi zarur.
Fan dasturi. ECTS tizimida o‘quv dasturidagi har bir fanni o‘qitishga hozirlanayotgan o‘qituvchi dastavval o‘zining fan dasturi “sillabus” iga ega bo‘lishi tavsiya etiladi. Fan dasturi bu fanning “yo‘l xaritasi” bo‘lib, u talabaga fan haqidagi eng muhim ma’lumotlarni beradi. Fan dasturi shakli va tarkibi turlicha bo‘lishi mumkin lekin u eng kamida quyidagi masalalarni o‘zida qamrab olishi kerak:
Kuzatganimizdek, fan dasturida fanning nima haqida ekanligi, maqsadlari, semestr davomida o‘tiladigan mavzular ro‘yxati, foydalaniladigan materiallar va adabiyotlar ro‘yxati, baholash uslub va mezonlari qamrab olingan. Bundan tashqari unda, o‘qituvchining kontakt ma’lumotlari, o‘qituvchi bilan haftalik konsultatsiya vaqti, akademik aldash (cheating) oqibatlari ham bo‘lishi mumkin. ECTS kredit – modul tizimi asosida yaratilgan fan dasturiga quyidagini misol qilib keltirishimiz mumkin.
Fan dasturini yaratish murakkab jarayon emas. Lekin u o‘qituvchini o‘quv yili boshida biroz mulohazaga chorlaydi: u o‘qituvchini semestr davomida o‘z fani bo‘yicha qilmoqchi bo‘lgan ishlarini oldindan aniq rejalashtirib olishga, fan mavzularini ahamiyatiga qarab saralab olishga undaydi. Eng muhimi bu ma’lumotlar talabalarga semestr boshida taqdim etilishi kerak bo‘ladi. Bu ma’lumotlar o‘qituvchi uchun ham, talabalar ham juda foydali.
Fan dasturini ishlab chiqish uchun o‘qituvchi o‘ziga asosan quyidagi savollarni berishi va ularning javoblarini qog‘ozga tushirishining o‘zi kifoya qiladi:

  1. Men talabalarga o‘rgatmoqchi bo‘lgan fan qisqacha aytganda nimalar haqida? (Bu savol javobi o‘quv dasturining fan tavsifi qismini shakllantirishda yordam beradi. Fan tavsifi odatda 1-2 abzas, 60-70 so‘zlardan iborat bo‘lgan yozma bayonotdir. U aniq va tushunish oson bo‘lgan tilda yoziladi).

  2. Fan natijasida talabalar qanday bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishini hohlayman va buning natijasi o‘laroq talabalar o‘zlarining ijtimoiy va kasbiy faoliyatlarida nimalarni qila oladi? (Bu savollarning javobi o‘qituvchiga fanning o‘qish natijalarini (fan maqsadlarini) ishlab chiqishga yordam qiladi. O‘qituvchi bunda o‘z javoblarini qisqacha ro‘yhat shaklida shakllantiradi. O‘qituvchi yuqoridagi savol orqali o‘qish natijalarini aniqlab olgandan so‘ng semestr davomidagi barcha harakatlarini mana shu maqsadlarga erishishga qaratadi).

  3. Talabalar yuqorida ko‘zlangan o‘qish natijalariga erishishi uchun nimani qancha miqdorda o‘rganishi kerak? (Bu savolning javoblari yordamida o‘qituvchi mavzular ro‘yxati va foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxatini shakllantirishi mumkin. Bu ro‘yxatni fan dasturi orqali talabaga oldindan berilishi ularni mavzular bo‘yicha oldindan tayyorlanib borishlariga ham yordam beradi).

  4. Talabalar yuqorida ko‘zlangan maqsadlarga erishgan yoki yo‘qligini qanday usul va mezonlar asosida tekshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi? (Bu savolning javoblari o‘qituvchiga fan bo‘yicha imtihon usuli va mezonlarini tanlashga yordam beradi).12

Fanning (a) o‘qish natijalari, (b) o‘qish yuklamalari va (c) fan bo‘yicha sinov va imtihonlar orasida mutanosiblik bo‘lishi juda muhim masala. Kredit modul tizimining bu uch elementi orasida mutanosiblikni ta’minlashdan ko‘zlangan maqsad juda oddiy: o‘qituvchi ma’lum o‘qish natijalarini belgilagan holda talabalarga shu natijalarga erishishga qaratilmagan boshqa mavzu, mashg‘ulotlarni o‘rgatishi to‘g‘ri emas. Yoki talabalarga muayyan bir mavzularni o‘rgatmagan holda, ularni ushbu mavzular bo‘yicha sinov va imtihon qilishga ham haqli emas. Undan tashqari, o‘tkaziladigan sinov va imtihonlar turi va mohiyati ko‘zlangan o‘qish natijalariga mos kelishi kerak.
Masalan, o‘qituvchi fanning o‘qish natijalari sifatida sohaviy muammolarni tahlil qilish, jamoada ishlash, taqdimot qilish kabi ko‘nikmalarni qayd etgan holda, semestr davomida darslarni faqat ma’ruza shaklida o‘tkazsa va semestr so‘ngida talabalarni faqat test shaklida imtihon qilsa, bunda o‘qish natijalari, o‘qish yuklamalari va imtihon turi o‘rtasidagi nomutanosiblikni kuzatish mumkin. Chunki, talabada sohaviy muammolarni tahlil qilish ko‘nikmasi ma’ruza yoki seminar shaklidagi darslarda shakllanmaydi. Talabalarda sohaviy muammolarni tahlil qilish ko‘nikmasini shakllantirish uchun o‘qituvchi ular bilan muntazam shunday turdagi mashg‘ulotlarni o‘tkazishi zarur. Qolaversa, talabalarni jamoada ishlash, taqdimot qilish ko‘nikmalarini egallagan egallamaganligini uni “test” usulidagi imtihon orqali aniqlab bo‘lmaydi. Buning uchun o‘qituvchi talabalarni turli xil jamoaviy loyihalarga jalb qilishi, ular bilan jamoaviy mashg‘ulotlar bajarishi kerak bo‘ladi.
Ta’lim sohasidagi so‘nggi izlanishlar ta’limning eng muhim elementi bu qo‘lga kiritilgan bilimni qo‘llay olish mahorati ekanligini isbotlanmoqda. Bu izlanishlar natijasi o‘qituvchi dars vaqtidan unumliroq foydalanishga, dars jarayonini ma’ruza shaklida emas balki o‘rganishning faol usullaridan foydalangan holda o‘tkazishlariga chorlaydi. Qolaversa talaba bilimini qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lmasa uni tez kunlarda unutadi. Boshqacha aytganda o‘qituvchi oldindan taqdim qilsa talabalar uyda o‘qib kelishi mumkin bo‘lgan materialni yoki allaqachon talabalarning qo‘lida mavjud bo‘lgan kitobdagi matnni ularga darsda yana o‘qib yoki aytib berish qay darajada samarali? Undan ko‘ra o‘qituvchi talabalarga ushbu materialni uyda o‘qib kelish uchun berib, dars vaqtini ushbu material bo‘yicha muhokamalarga yoki talabalar materialda o‘rgangan bilimlarini real hayotdan olingan muammoga qo‘llashga sarflasa talabaning auditoriya vaqti samaraliroq o‘tmaydimi? Bundan tashqari o‘qituvchi auditoriya vaqtini “keys stadiy” (case study) mashg‘ulotlarga sarflashi mumkin. Ta’lim berishning aynan shu usullari talabada mustaqil o‘qish, tanqidiy fikrlash, o‘z bilimlarini muammolarga qo‘llash, munozaraga kirish, jamoada ishlash kabi ko‘nikmalarni shakllanishi mumkin.
Ma’lumotlarni talabalarga yetkazish. ECTS kredit-modul tizimining asosiy talablaridan yana biri bu OTMlar yuqorida keltirilgan barcha ma’lumotlarni (dasturi katalogi, fan dasturlari) va talabalar uchun muhim bo‘lgan barcha ma’lumotlarni talabalarga to‘liq va tushunadigan tilda taqdim etishdir. Bu kabi ma’lumotlarni o‘zida aks ettiradigan eng asosiy materiallardan biri bu dastur katalogi (kitobchasi) hisoblanadi. Bunda OTM o‘zining har bir o‘quv dasturi bo‘yicha dastur katalogini, ya’ni kitobchasini ishlab chiqib, ularni bo‘lg‘usi va amaldagi talabalarga taqdim etadi. Dastur katalogini talabalarning “yo‘l xaritasi” desak to‘g‘ri bo‘dadi. U talabalarga ularni o‘quv dastur davomida nimalar kutayotganligi, dastur shart-sharoitlari haqida asosiy ma’lumotlarni beradi.
ECTS kredit-modul tizimi dastur katalogida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi tavsiya qiladi:
Dastur katalogi OTMda o‘quv yili boshlanishidan ancha avval ishlab chiqiladi va barcha manfaatdor tomonlar o‘qishi va yuklab olishi qulay bo‘lishi uchun OTM veb sahifasida joylashtiriladi. Uni o‘quv yili boshlanishidan avvalroq chop etishdan ko‘zlangan yana bir maqsad bu bo‘lg‘usi talabalarga o‘z tanlov huquqlarini amalga oshirishda ularga yordam berish. Dastur katalogi OTM uchun o‘z dasturlarini marketing qilish vositasi hamdir. Shuning uchun undagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelishi muhim.
Akademik maslahatchi. Aksariyat yoshlar uchun talabalik bu butunlay yangi tajriba. Univesitet hayoti, o‘qish qoidalari, talabalik mas’uliyati va erkinlik darajasi maktabdagidan ko‘ra tubdan farq qiladi. Kimdir universitet hayoti va qoidalariga osonlik bilan moslashsa, kimdadir bu jarayon qiyin kechadi.13
Akademik maslahatchining vazifalari asosan quyidagilardan iborat:

  • O‘quv dasturi bilan bog‘liq bo‘lgan qoidalarni talabalar orasida targ‘ib qilish;

  • Talabalarning qobiliyati, imkoniyati, rejalaridan kelib chiqqan holda ularga o‘z o‘quv dasturi va jadvalini shakllantirish yuzasidan maslahatlar berish;

  • Talabalarning o‘z shaxsiy, moliyaviy va tibbiy holatlarini boshqarish bo‘yicha maslahatlar berish, OTMda mavjud resurslar haqida talabaga bildirish; Qisqacha aytganda akademik maslahatchi yoshlarni o‘quvchilikdan talabalikka o‘tish davrida va talabalikda kelajakni rejalashtirish bo‘yicha “ko‘prik” vazifasini o‘taydi. U talabalarga universitet qoidalari, u yerdagi xizmatlar, o‘quv dasturi, fanlar tanlovi, moliyaviy yordam dasturlari, amaliyot dasturlari haqida ma’lumotlarni jamoaviy va individual tarzda yetkazib boradi.

O‘quv dasturining tarkibiy qismlari:
1.Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klasifikatoriga muvofiq tegishli bilim, ta’lim sohalari va ta’lim yo‘nalishi (mutaxassislik) larining kodi va nomlari, harakatdagi o‘quv rejaga muvofiq to‘liq nomi, tasdiqlangan sanalari va belgilari ko‘rsatiladi;
2. Dasturning asosiy parametrlari (fan kodi, qaysi o‘quv yilidan boshlab joriy etilganligi, semestr, fanga ajratilgan kreditlar (soatlar), fan turi (majburiy/tanlov), ta’lim tili, xaftadagi dars soatlari, fanning nomi, auditoriya va mustaqil mashg‘ulotlar hajmi, jami yuklama belgilanadi;
3.Fanning mazmuni;
4.Nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari);
5.Amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar;
6. Mustaqil ta’lim va mustaqil mashg‘ulotlar;
7.Fanni o‘qitish natijalari va shakllanadigan kompetensiyalar;
8. Kreditlarni to‘plash tartibi;
9. Talabalar reytingini belgilash tartibi;
10.Asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar hamda axborot manbalari;
11. Tuzuvchilar va taqrizchilarning ismi-shariflari, ilmiy darajasi va unvonlari, OTM kengashining bayoni raqami.



Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish