www.ziyouz.com
кутубхонаси
112
urib, yaprog‘ini yel sovurgan lolalarning yaprog‘i o‘rniga har uchquni yaprog‘, o‘chgan qurumlari esa
unga dog‘ bo‘lsa; azob-uqubatdan jismim charchab, yo‘lda bir nafas dam olishni istab qolsam, y’l
ustidagi biton tog‘ etagini topib, ustimga osmon etagini yopsamda, uyquga bosh qo‘ymoqchi
bo‘lganimda biron qoya tosh menga qattiq bolish bo‘lsa-da, yer yuzidagi tuprog‘ to‘shagim bo‘lib,
gavdam unga soyadek cho‘zilsa; yurishdan tolgan ikkita oyog‘imni Farhod bilan Majnun qo‘yniga olsa,
chunki qalbimda ularning ishqining yuztasi; buzilgan ko‘nglumda ularnikidan ming xissa ortiq dard
bo‘lsa ham, men birovga buni fosh etmadim, nola chekib, visol talashmadim; ikkalasi ham bu xolimni
ko‘rib hayron qolishsa: o‘zlarining ishqidan esa xijolat bo‘lishsa; ishqda ustun ekanimni tushunib, unisi
ham, bunisi ham menga tan berishsa; ishq mening martabamni shunday yuksak, ishqning dardi
ko‘nglumni shu qadar keng qilib, yer bilan osmon menga barobar bo‘lib, osmonning ochiq gulshani esa
zindon bo‘lib qolsa; himmatim shunday avjga chiqqanda, etagimni qoqsam: uning changlarini malaklar
ko‘zlariga surtishsa; (orzu qilganimni) ko‘z bilan ko‘ra olish kechasi kelganda, malaklar qushlarga
aylanib qolsa; qushlar ham emas, har tomonda uchgan ko‘rshapalaklarga aylansa; yulduzlar va osmon
esa (oddiy) ko‘knori va uning urug‘lariga o‘xshab qolsa, dedim-da, ibrat ko‘zini keng ochdim: bor ham
bir, yo‘q ham; boru yo‘qni teng ko‘rdim. Borlik va yo‘qlikdan men xuddi Sayyid Hasan Ardasherdek
o‘tishni istadim. Ko‘nglim shunday yuksak maqomni orzu qildi. Lekin nafsga esa (bu dunyo) lazzatlari
orzu bo‘ldi. Himmat shodlik yeri -jannatga qarab uchib ketdi; nafs esa meni jaxannam chohiga sudradi.
Nafsning yuzi malaknikiga o‘xshasa ham, o‘zi yashirin; unda dev bilan shayton ikkalasi birlashib, juft
bo‘lgan. Ikkalasi juft bo‘lib qo‘ya qolmasdan, har nafasda o‘zlaridaqalarning yuztasini tug‘dirib turadi.
Kimki ichdan pishgan bo‘lsa, dev bilan shayton jahon ichida jahon turgandek bo‘ladi. Ichida yuz makr
va xiyla boshlansa, shuncha shayton va devi fitna ko‘taradi. Ular menga qancha istaklarni ravo
ko‘rishmasin, qizig‘i shuki, hammasi o‘zimda bor.
Xudo haqi, ey ko‘ngul, insof qil; dindan faqat nafsgina chiqarishi mumkin. Bu nafsning qo‘lida men
afgorman, shuncha balolarga giriftorman. Zohiran vaqtimning o‘tishi yomondanyomon; ichki ahvolim
esa undan ham battar. Qayg‘uli dilimni eslab yig‘lar ekanman, ko‘nglumning o‘zi ham faryodimdan
xabar olmaydi. Faraz qilaylik, ko‘z yoshimdan sof dengiz yasab, ko‘ksimni teshib undan kema qilsam
ham, gavdam kemadek suza olmaydi. Chunki mening langarim gunoh tog‘idandir. Tashqi
ko‘rinishimdan odamga o‘xshayman; jismimning surati ham inson sifatida. Mazmunga kelganda
odamgarchilikdan yiroqman. Odamgarchilik bilan mening o‘rtamda ming yillik xijron bor.
Lekin sofdil odamlar bir yerga yig‘ilganda esa o‘zimni sham’dek ravshan va to‘g‘ri ko‘rsataman.
Ko‘nglumda yuzta ilon bir-biriga chirmashib yotibdi; notinchlik shamolidan qo‘zg‘olon ko‘tarishyapti.
Men shundaymanki, «Men!» demaganim yaxshiroq; yaxshilar men -yomondan uzoq bo‘lsani durust.
Ichim-n tashim zulmatda; qiziqki, ko‘nglum ham shuni tilaydi.
Shunday ekan, odamlardan kim meni avliyo deb, toat va ibodatga berilgan deb tushunardi?
Hammalari meni g‘amgin oshiq deb, ko‘ngli, ko‘zi esa pok deb ataydilar. Qattiq harakat qilib, yig‘idan
ko‘zimni tiya olaman. Ammo ish ko‘ngulni qo‘lga olishga kelganda nima qilishim mumkin? Xudo o‘zi
karam qilib, bu ishlarda qo‘limdan ushlamasa, oh, mening xolimga yuz marta oh!
Hayotim davrini eslar ekanman, uyatga qolmaydigan bir ish qilganimni eslolmayman. Barcha ishim
qalamni qora qilish, uchi bilan xat yozish bo‘ldi. Qalam tilimdan ham xiraroq bo‘lib, yozgan xatlarim
yuzimdan ham qoraroq bo‘ldi. Ikkisi ham Xudoning rahmat dengiziga tushmasa, boshqa qayerda
ularning qorasi ketishi mumkin?
Ey Tangri, agar so‘zim cho‘zilgan bo‘lsa, qilgan gunohim bundan ham ko‘pdir. Bu yozganim yaxshi
bo‘lsa, so‘roq vaqtida rahm et; yomon bo‘lsa, demak, o‘zimning ham boshdan-oyog‘im yomon. Yomon
narsamni, rahm etib, yaxshi qil, yaxshi bo‘lsa uni qabul ayla. Unga boqqan el ko‘ziga ham jilva berib,
uni yaxshi ko‘rsat; xalqning ko‘ngliga uni yoqimli et. Gunohim har qancha qavatma-qavat bo‘lsa ham,
Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни)
Do'stlaringiz bilan baham: |