Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни)
www.ziyouz.com
кутубхонаси
1
BakaAlisher NAVOIY
HAYRAT UL-ABROR
(nasriy bayoni)
I
«Bismillohir-rahmonir rahim»
1
. Ushbu jumlada eng qimmatbaho durlar bir ipga tizilgandir. Bundagi
har bir dur jon javharidan, qimmatiga ko‘ra esa, ikki jahon narxidan ham ortiq. Bunda ip ikki jahonni
bir-biriga bog‘lab, ikki jahonnigina emas, jon hayot iplarini ham tutashtirib turgandek.
Kimki boqiylik xazinasiga erishishni o‘ylar ekan, shu dur, shu ipni o‘ziga tasbih qilib olmog‘i kerak.
Chunki bu oddiy ip emas. U shunday ajoyib sirtmoqdirkim, din va davlatni ovlash - qo‘lga kiritishda u
bo‘g‘ov vazifasini o‘tay oladi. U bo‘g‘ov
ham emas, hech qachon bo‘g‘ovlik qilmagan.
Bu - jannat
bog‘idagi kiyiklarni qo‘lga kiritish uchun arqon.
Uni jon suvi oqadigan ariq, yo‘q, jon suvi oqadigan ariq emas, balki tiriklik suvi desa bo‘ladi. Bu suv
yoqasida alifdek bo‘lib daraxtlar o‘sishi bilan birga, shivitga o‘xshash xushbo‘y o‘tlar, daraxtlar ustida
mevalari.
Shu bilan birga o‘sha gavhardek qimmatbaho iplar Ilohiy xazinaga
ajdahodek talabgor yoki
boshqacha qilib aytganda, bular hammasi osmonning eng yuqori qismida o‘rnatilgan qandildir. Balki
aniqlik kiritish uchun bu qandil orasiga u yerda yagonalik bog‘ining qumrisi o‘ziga uya qurgandir.
Yo‘q, balki bu, yagonalik xazinasiga olib boradigan yo‘ldir. Yo‘llikka yo‘l-u, lekin qanday yo‘l - eng
yaqin yo‘ldir!
Biroq bu ham mashaqqatli, ham xavfli yo‘l bo‘lib, bundan, deyish mumkixki, har qanday voqiflar
ham uni bilishdan ojiz. Bu dashtu sahroni bosib o‘tishga mayl ko‘rsatgan
kishilar ikki ioifa - qabul
qiluvchilar va rad etuvchilarga bo‘linadilar. Rad etuvchilar uni bosib o‘tishga qadam qo‘yar ekanlar,
muvofiqlik raxbaridan madad ololmagach, «Bo»si iboga chorlab nido qiladi
2
. «Yo»
deyilar ekan, bu
balodan boshqa narsa emas. Bundagi «Sin» nahang balig‘ining orqa umurtqa
suyagi ustidagi parrasi
arradek ekanini, har bir qirrasi yuz kemaga ofat ekanini anglatadi. «Sin» bilan «Mim» harflari oralig‘ida
mashaqqatlar ko‘p bo‘lib, yo‘li mashaqqatdan iborat bo‘lsa, yeli issiq shamoldan iboratdir.
«Mim» ilon nafasidek o‘t sochib, yo‘l boshida og‘zini ochgan xolda yotadi. Bu jumladagi uch «alif»
va uch «lom» g‘avg‘o ko‘tarib, olti tomondan qilich tortib kelmoqda. «He»lari esa qatl ishida mohir
bo‘lib, har bin nayzaning uchidek qonxo‘r. «Re»lari to‘qnashishga rag‘bat
bildirar ekanlar,
bundan
cheksiz zarar kelishi aniq. «He»si xalok etish uchun qarmoq vazifasini o‘tayotgandek,
xavf-xatar
markazida turib changak solmoqda.
Xalqni qo‘rqitish uchun «Nun» kamondek tortilgan, yanada to‘g‘rirog‘i, abadiy dehqonchilik uchun
o‘rog‘i shay. «Yo»si dushmanlarga qarshi nido belgisi. Ya’ni bu, mening uchun oldimda hayotingni fido
qil! - demakdir.
1
«Қуръoн»дaги биринчи - «Фoтиҳa» сурaсининг бoшлaнғич жумлaси. Мaзмуни: «Меҳрибoн вa рaҳмли Aллoҳ нoми
билaн».
2
Бу вa буридaн кeйинги мисрaлaрдa «Қуръoн»нинг бoшлaнишидaги биринчи oят - «Бисмиллoҳ» сўзининг ёзилишигa
тeгишли ҳaрфлaр изoҳи бeрилмoқдa.