Hayrat ul-abror



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/113
Sana26.04.2022
Hajmi0,99 Mb.
#581741
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113
Bog'liq
Hayrat ulabror

 
III BIRINChI MUNOJOT
 
 


Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни) 
www.ziyouz.com
кутубхонаси
4
Alloh birinchi bo‘lib, aql uning ikkinchisini bilmaydi, hatto birinchi va oxirgi insonlar kimnidir 
yoki nimanidir maqtamoqchi bo‘lsalar, bunga loyiq boshqasi topilmaydi va dunyodagi bo lishi 
mumkin bo‘lgan gulshandagi gullarning yo‘qlik kechasidan borliq gulistoniga kelmog‘ining sifati va 
koinot bozoridagi durlaming maxfiylik bulutidan zohirlik dengiziga tushganining ma’rifati 
Ey Tangrim, dunyo boshlanishidanoq qadim abadiy bo‘lib, qadimliging, ulug‘vorligingning so‘ngi 
ham bo‘lmagan. Senda ibtido ham bo‘lmagan; oxirda tugallanish ham yo‘q. Avval ham o‘zing, oxir ham, 
o‘rtalik ham. Barcha-barchaga yaratuvchi bo‘lganingdek, banning ko‘zi, ko‘z qorachig‘i ham o‘zingsan.
Qachonki bu dunyo nihoniy bir xolatda edi, «Nihon»ning o‘zi ham jahondek yashirin edi. Hali 
kunning yuzi yosmin yaproqlarini sochmagan, kechaning soch o‘rimlaridan Xo‘tan mushkining bo‘yi 
kelmas edi. Ko‘kda ham lolalar shafaq ochmagan, na yulduzlardan ularga shudring to‘kilmagan edi. Na 
yer bor edi, na yer yuzida biron kishi. Ko‘kning ham, yerning ham jabrzulmdan boshqa ishi yo‘q edi.
Husn o‘ti ham biron yig‘inni qizitmas, ishq egalariga ham kuyib-yonish uchun asos yo‘q edi. 
Koshonalar ham sham’ o‘ti bilan yorimas, binobarin, parvona ham uning ishqida kuymas edi. Haligacha 
gul ochilib nozik jilvalar ko‘rsatmagan, bulbul ham unga xonish qilmas edi.
Nargisning ko‘zi yumilib turganidan uni o‘lgudek mast, deb o‘ylamaslik lozim. U yo‘qlik gulshanida 
chuqur uyquda. Mayxonada xali xumning og‘zi ochilmagan. Taqvodorlar esa may uchun jandasini 
garovga qo‘ymagan. Mayni quyib ishva bilan uzatuvchi bola zohidlarni mayning quyqasini ham ichib 
qo‘yishga o‘rgatmagan bir davri.
Hali u dengizmisol Zot tinch va orom olar, o‘zining mumkin bo‘lgan mavjlarini ayon qilishga 
kirishmagan edi.
- Ey Xudo, sen bor eding-u boshqa bir narsa mavjud emas edi. O‘z husning o‘zingga jilva qilar edi, 
xolos. Sening husning g‘oyib narsalarni aks ettiruvchi oynada zohir bo‘lar edi. Unda shu bilan birga sirli 
xayolot jilva qilardi. Bunda ko‘ruvchi ham o‘zing eding, ko‘rinuvchi ham. Ishqing o‘zingga yoqib, o‘z 
husningdan o‘zing mag‘rur eding. Birlik (1) bor edi-yu boshqa sonlar yo‘q edi. «Bir»dan o‘zga yagonalik 
mavjud emas edi. Hali o‘zing bilan bog‘liq ilmning asl mohiyatining qisqacha ifodasi, shuningdek, 
martabalar va xolatlarning tafsilotlariga mone’liklar ham yo‘q edi.
Biroq o‘sha oshiqlarni yondiradigan, har bir shu’lasi ufqlarni kuydiradigan chehra o‘zi zohir 
bo‘ladigan yerda zuhur bo‘lishni, uning ushbu husni kamolining bundan ham mukammal bo‘lishini xayol 
qilardi. Allohning husni jilvasiga chek yo‘q edi. Uni ko‘rish uchun sonsanoqsiz ko‘zgu kerak bo‘ldi. Bu 
rang-barang gulshanni ochganda esa unda har bir gul o‘zi xitoyi ko‘zgu ekani bilindi. Bu husn jilvasi 
ravshan ko‘rinishi uchun ushbu ko‘zgu paydo bo‘lgan edi.
Ushbu vositani sen to‘la amalga oshirganing tufayli to‘qqiz osmon taxta (lavh)si tiniq oynaga 
aylandi. Osmonning sof yuzida har bir yulduz seni o‘zida aks ettiruvchi bir ko‘zguga aylandi. Quyosh 
yuzini ham oynarang qilding. Quyosh tutilishi esa uning zanglagani belgisidir. Ko‘kni zangori varaqqa 
o‘xshatib, o‘sha sahifani esa ko‘zguga aylantirding. Dunyoning bog‘chasini toza bir varaqqa aylantirib, 
unga yasalgan panjara olti tugunli bo‘ldi. Sening kuch-qudrating tufayli konlardagi gavharlar rang-
baranglik kasb etdi. Sening buyrug‘ing bilan qimmatbaho toshlarni tog‘ beliga kamar qilib bog‘lab 
olgandir.
Yomg‘ir iplari sof dengiz suvlari bilan tutashgandan so‘ng yelning nozik barmoqlari ikkisidan ipakli 
shoyi to‘quvchiga aylandilar. Qora changlarni sen shamol bilan omuxta


Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни) 
«

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish