Mavzu. Buddaviylik.
Reja:
1.Buddaviylik asoschisining shaxsi.
2.Buddaviylik ta`limoti va tarqalishi.
3.O`rta Osiyoda buddaviylikning tarqalishi.
4.Buddaviylik manbalari va oqimlari.
Buddizm - dunyodagi eng yirik dinlar ichida qadimiylaridan biri hisoblanib, mil. av. VI-V asrlarda Hindistonda vujudga kelgan.
- bu dinga e`tiqod qiluvchilar, asosan, Janubiy, Janubi-SHarqiy va SHarqiy Osiyo mamlakatlari: SHri Lanka, Hindiston, Nepal, Butan, Xitoy, Singapur, Malayziya, Indoneziya, Mongoliya, Koreya, V’etnam, YAponiya, Kombodja, Birma, Tailand, Laosda va qisman Evropa va Amerika qit`alarida, Rossiya Federatsiyasining Tuva, Buryatiya, Kalmikiya respublikalarida istiqomat qiladilar.
- hozirgi kunda e`tiqod qiluvchilar soni jihatidan buddizm xristianlik, islom va hinduizmdan so`ng to`rtinchi o`rinni egallaydi.
- buddistlarning soni taxminan 700 mln. atrofida bo`lib, ulardan 1 mln. ga yaqini rohiblardir.
Buddizm asoschisining shaxsi ismi SIDDXARTXA – shaxsiy ism, GAUTAMA – urug’ nomi, SHAKYAMUNI – «SHakya qabilasidan chiqqan donishmand», BUDDA – «nurlangan», TADXAGATA – «shunday qilib, shunday ketgan», DJINA – «g’olib», BXAGAVAN – «tantana qiluvchi». Siddxartxa 30 yoshida Siddxartxa bir kuni ittifoqo bir keksa chol, bir bemor hamda og’ir mashaqqat tortayotgan rohibni uchratadi, bir kishining esa vafotiga guvoh bo`ladi. Siddxartxaning hayot falsafasi
Insoniyatni qiyinchilik va azobdan qutqarish yo`llarini izlash uchun saroyni tashlab ketadi. U beshta rohib bilan qishloqma-qishloq kezib yuradi. SHu asnoda Siddxartxa bir narsaga amin bo`ldi: bu yo`l uni o`z oldiga qo`ygan maqsad, ya`ni insoniyatni azob-uqubatdan qutqarish sari olib bormaydi va u rohiblar jamoasidan ajraladi.
Birmuncha vaqt changalzor o`rmonlarda kezib, xorib charchagach, bir daraxtning tagida dam olish uchun o`tiradi, va o`zicha, to haqiqatni topmaguncha shu erdan turmaslikka qaror qiladi.
Bu o`tirishning 49 kuni uning qalbidan «Sen haqiqatni topding» degan sado keladi
SHu ondan u Budda – nurlangan deb ataldi. U tagida o`tirgan daraxt esa – nurlangan daraxt (botxa) deb atala boshladi.
Budda o`zining birinchi da`vatini Varanasi yaqinidagi Rishipatana bog’ida, o`zining besh rohib do`stlariga qildi va ular Buddaning birinchi shogirdlari bo`ldilar. Budda 40 yil mobaynida Hindistonning turli joylarida bo`ladi, odamlarga o`z g’oyalarini etkazadi, singdiradi va 80 yoshida Kushtnagara degan joyda dunyodan o`tadi. Uning jasadi, hind udumiga ko`ra, kuydirilib, xoki 8 ta buddist jamoalariga bo`lib yuborildi va har bir jamoa uni dafn etgan joyida ibodatxona (stupa) barpo etdi. Buddaning hayoti haqida turli asotirlar paydo bo`ldi. Ularda aytilishicha, Budda ko`p yillar davomida er yuzidagi turli mavjudotlar qiyofasida qayta tug’ilgan: 84 marta ruhoniy, 58 marta shoh, 24 marta rohib, 13 marta savdogar, 18 marta maymun, 12 marta tovuq, 8 marta g’oz, 6 marta fil, shuningdek, baliq, qurbaqa, kalamush, quyon qiyofalarida qayta tug’ilgan. Jami 550 marta qayta tug’ilgan. Siddxartxa ta’limoti
«Azob-uqubat mavjuddir»
4 oliy haqiqat asosida yuzaga keladi
1
«Qiynoqlarning sabablari mavjuddir».
2
«Qiynoqlarni tugatish mumkin».
3
«Qiynoqlardan qutilish yo`li mavjuddir».
4
«Qiynoqlardan qutilish yo`li mavjuddir».
Axloq normalari
Donishmandlik
Meditatsiya
Do'stlaringiz bilan baham: |