Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

XI BOB. SIYOSIY HUQUQLAR 
1-§. Fuqarolarning siyosiy huquqlari. 
2-§.Fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishdagi ishtiro-
ki. 
3-§.Fuqarolarning mitinglar, yig‘ilishlar va namoyishlarda ishtirok 
etish huquqi. 
4 -§.O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining kasaba uyushmalariga, 
siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy 
harakatlarda ishtirok etish huquqi. 
5 -§.Fuqarolarning murojaat qilish huquqi. 
1-§. Fuqarolarning siyosiy huquqlari 
Fuqarolarning siyosiy huquqlari deyilganda, insonlarning bevosita 
siyosiy manfaatlariga tegishli huquqlari tushuniladi. Fuqarolarning 
siyosiy huquqlari shaxsning fuqarolik holati bilan bevosita bog‘liq 
bo‘lib, u tegishli davlatning o‘z fuqarolariga jamiyat va davlat ishlarini 
boshqarish imkoniyatini beradi. Siyosiy huquqlarga faqat mamlakat 
fuqarosi ega bo‘lishi mumkin. Bu farqlarni konstitutsiyalar shaxsiy 
huquqlarni barchaga (har kim, hamma uchun), siyosiy huquqlarni esa 
fuqarolarga tegishli etib ko‘rsatish orqali aniq namoyon qiladi. 
Siyosiy huquqlar orqali fuqarolar, tegishli davlat organlarini 
vujudga keltirish, tuzish, shakllantirish, ularning ishida ishtirok etish, 
davlat organlari va mansabdorlar faoliyatini nazorat qilish, qonunlar 
yaratilishida ishtirok etish, siyosat va davlat faoliyati haqida o‘z 
fikrlarini bildirish imkoniyatlari shaklida namoyon bo‘ladi. 
«Tabiiy huquq» nazariyasiga muvofiq, shaxsiy huquqlar insonning 
ajralmas huquqi bo‘lib, undan shaxsning fuqaroligidan qat’iy nazar, 
barcha insonlar foydalansa va davlat har qanday hollarda ularni 
ta’minlashga majbur bo‘lsa, siyosiy huquqlar mazmuni va doirasi 
muayyan davlatning xususiyatlaridan kelib chiqib, faqat o‘z fuqarolari 
uchun o‘rnatiladi. Davlatning siyosiy rejimi qanchalik demokratik 
bo‘lsa, siyosiy huquqlar shunchalik ko‘proq bo‘ladi va ulardan 
foydalanish kengroq bo‘ladi. Aksincha, davlat rejimi nodemokratik 
bo‘lsa, fuqarolarning siyosiy huquqlari doirasi torroq bo‘ladi va mavjud 
siyosiy huquqlarni ham turli vositalar bilan cheklash hollari uchrab 
turadi. 
Demokratik davlatlarda siyosiy huquqlarga har bir fuqaroning 


212 
zaruriy huquq va erkinliklari sifatida qaraladi. Ana shu xususiyati bois 
uni davlat tomonidan belgilanadigan huquq va erkinliklar sifatida 
ko‘rish mumkin. Davlat xududida tabiiy huquq va erkinliklar singari 
siyosiy huquqlar ham to‘liq e’tirof etiladi, rioya va himoya qilinadi. Bu 
hol O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2-moddasida 
belgilangan. 
Fuqarolarning siyosiy huquqlari, eng avvalo, davlatni boshqarishda 
ishtirok etish, davlat faoliyatiga ta’sir etish imkoniyatini yaratuvchi 
huquqlar va burchlar yig‘indisi bo‘lgani uchun, ularning miqdori, 
amalga oshirish chora-tadbirlar doirasi qanday bo‘lishi xalqaro huquq 
normalari asosida davlat tomonidan belgilanadi. 
Amaldagi qonunlarga muvofiq, fuqaroning muomala layoqati, u 
voyaga etgach, ya’ni o‘n sakkiz yoshga to‘lgach, to‘la hajmda vujudga 
keladi. Shu bois shaxsiy huquqlardan farqli tarzda, fuqarolarning siyosiy 
huquqlarga ma’lum yoshga yetgandagina ega bo‘lishi tabiiydir.
Shuningdek, siyosiy huquqlardan foydalanishda, ayrim hollarda, 
chegaralar o‘rnatilishi mumkin. Masalan, saylash huquqi 18 yosh qilib 
belgilangan bo‘lsa, yana saylovlarda, sud tomonidan muomalaga 
layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek, sud hukmi bilan ozodlikdan 
mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas 
va saylovda qatnashmaydilar, degan qoida Konstitutsiya (117-modda)da 
ko‘rsatilgan. Saylanish huquqidan foydalanish uchun ham ma’lum yoshga 
yetgan bo‘lish kerak. Masalan, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar 
kengashlari deputatligiga 21 yosh, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 
deputatligiga 25 yosh, Prezidentlikka saylanish uchun 35 yosh. Bundan 
tashqari, saylov qonunlarida harbiy xizmatchilar, professional diniy 
arboblar uchun ham qonun doirasida cheklashlar o‘rnatilgan. Siyosiy 
huquqlarni amalga oshirishda o‘rnatiladigan bu kabi ayrim huquqiy 
cheklashlar, boshqa xorijiy mamlakatlar qonunchiligida ham mavjud. 
Fuqarolarning siyosiy huquqlari fuqarolar tomonidan yakka tartibda 
va uyushgan shakllarda amalga oshiriladi. Bundan tashqari, siyosiy 
huquqlar fuqarolar tomonidan bevosita va bilvosita shakllarda amalga 
oshiriladi. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish