3-mavzu: Fuqarolarning siyosiy huquqlari



Download 9,94 Kb.
Sana02.07.2022
Hajmi9,94 Kb.
#729775
Bog'liq
3-mavzu Fuqaro-WPS Office


3-mavzu: Fuqarolarning siyosiy huquqlari.
1.Siyosiy huquq va erkinliklar orqali fuqarolar imkoniyatlarni qo’lga kiritishi.Siyosiy huquqlar fuqarolik bilan bog„liq bo„lib, u tegishli davlatning fuqarolariga davlat va jamiyat ishlarini boshqarish imkoniyatini beradi. Siyosiy huquqlarga faqat mamlakat fuqarosi ega bo„lishi mumkin.Siyosiy huquqlar orqali fuqarolar, tegishli davlat organlarini tuzish, ularni ishida ishtirok etish, davlat organlari va mansabdorlar faoliyatini nazorat qilish, qonunlar yaratilishida ishtirok etish, siyosat va davlat faoliyati haqida o„z fikrlarini bildirish imkoniyatiga ega bo„ladi.Siyosiy huquqlar eng avvalo davlatni boshqarishda ishtirok etish, davlat faoliyatiga ta'sir etish imkoniyatini yaratuvchi huquqlar bo„lgani uchun, ularning mikdori, amalga oshirish chora-tadbirlar doirasi qanday bo„lishligini davlat belgilaydi.
2.Siyosiy huquqlar. Siyosiy huquqlar fuqarolik bilan bog„liq bo„lib, u tegishli davlatning fuqarolariga davlat va jamiyat ishlarini boshqarish imkoniyatini beradi. Siyosiy huquqlarga faqat mamlakat fuqarosi ega bo„lishi mumkin.Siyosiy huquqlar orqali fuqarolar, tegishli davlat organlarini tuzish, ularni ishida ishtirok etish, davlat organlari va mansabdorlar faoliyatini nazorat qilish, qonunlar yaratilishida ishtirok etish, siyosat va davlat faoliyati haqida o„z fikrlarini bildirish imkoniyatiga ega bo„ladi.Siyosiy huquqlar eng avvalo davlatni boshqarishda ishtirok etish, davlat faoliyatiga ta'sir etish imkoniyatini yaratuvchi huquqlar bo„lgani uchun, ularning mikdori, amalga oshirish chora-tadbirlar doirasi qanday bo„lishligini davlat belgilaydi.
3.Konstitutsiyada belgilangan siyosiy huquq va erkinliklar. saylash huquqi 18 yosh qilib belgilangan bo„lsa, yana saylovlarda, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek, sud xukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas va saylovda qatnashmaydilar degan qoida Konstitutsiyada (117-modda) ko„rsatilgan. Saylanish huquqidan foydalanish uchun ham ma'lum yoshga yetgan bo„lish kerak. Masalan Oliy Majlis deputatlikka 25 yosh, Prezidentlikka 35 yosh. Bundan tashqari saylovqonunlarida harbiy xizmatchilar, diniy arboblar uchun ham qonun doirasida cheklashlar o„rnatilgan
4.Davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda fuqarolarning ishtirok etishi. Siyosiy huquqlar fuqarolarni davlat va jamiyat ishlarida ishtirok etishini ta'minlaydi. Konstitutsiyaning 32-moddasida “O„zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o„z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o„zini o„zi boshqarish, referendumlar o„tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish yuli bilan amalga oshiriladi”. deb belgilangan.Konstitutsiyaning o„zida qayd qilinishicha fuqarolar davlatni boshqarishda bevosita hamda vakillari orqali ishtirok etadi. Fuqarolarning davlatni boshqarishda ishtirokini ta'minlovchi huquq eng avvalo saylov huquqidir.
5.Fuqarolar o’z ijtimoiy faolliklarini amalga oshirish shakllari. Konstitutsiyaning o„zida qayd qilinishicha fuqarolar davlatni boshqarishda bevosita hamda vakillari orqali ishtirok etadi. Fuqarolarning davlatni boshqarishda ishtirokini ta'minlovchi huquq eng avvalo saylov huquqidir.“Erkin saylov va o„z xohish-irodasini erkin bildirish prinsiplari, birinchi navbatda har bir shaxsning davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish bo„yicha konstitutsiyaviy huquqi milliy davlatchiligimiz modelining asosini tashkil etadi”O„zbekiston fuqarolari ma'lum yoshga yetgach saylov huquqidan foydalanadi. Bu saylash huquqi va saylanish huquqidir. Saylovlarda fuqarolarning bevosita ishtirok etish huquqi ham, vakillari orqali ishtirok etish huquqi ham ta'minlanadi. Agar fuqarolarning saylovda ovoz berishi, saylov komissiyalarifaoliyatida ishtirok etishi bevosita ishtirokiga misol bo„lsa, fuqarolar tomonidan saylagan deputatlar, Prezident xalq nomidan ish ko„rishi sababli, xalqni vakillari orqali ishtirokiga misol bo„ladi
6.Miting, namoyish va yig’ilishlar o’tkazilishining to’xtatilishi yoki taqiqlanishi. Miting, yig„ilish, namoyishlar vaqtida qonun doirasidan chiqib ketish natijasida turli tuman zararli holatlar, ya'ni mol-mulklarni nobud bo„lishi, fuqarolarga jismoniy zarar yetkazish hollari uchrab turadi. Yoki ko„pchilik to„plangan vaqtda ularni tartibli ushlab turish imkoniyati bo„lmay qolishi natijasida, chegaradan chiqib ketish oqibatida xavfsizlikka ziyon yetkazilishi mumkin.Shuning uchun Konstitutsiyani o„zida hokimiyat organlari xavfsizlik nuqtai nazaridangina miting, yig„ilish, namoyishlar o„tkazishni to„xtatib qo„yishi, taqiqlashi mumkinligi belgilangan.
7.O’zbekistonda jamoat birlashmalarining tashkil qilinish maqsadi. J. b. quyidagi maqsadlarda tuziladi: kishilarning fuqarolik, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalardagi huquqlari hamda erkinliklarini amalga oshirish va himoya qilish, davlat va jamoat ishlarini boshqarishdagi ishtirokini kuchaytirish, kasb va havaskorlikka oid qiziqishlarini qondirish, ilmiy-texnik va badiiy ijodkorlikni rivojlantirish, aholi salomatligini saqlash, xayriya ishlarida qatnashish, kasb, madaniyat, sogʻlomlashtirish, jismoniy tarbiya va sport, tabiatni, tarixiy va madaniy yodgorliklarni muhofaza etish sohasida tadbirlar oʻtkazish, fuqarolarni vatanparvarlik va insonparvarlik ruhida tarbiyalash, xalqaro aloqalarni kengaytirish va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa sohalarda faoliyat yuritish
8.Jamoat birlashmalarining turlari. O`z huquqlari, erkinliklarini hamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarini birgalikda ro`yobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning xohish-irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilma jamoat birlashmasi hisoblanadi.
9.Fuqarolarning murojaat qilish huquqi va uning ta’minlanishi.Fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarida ishtirok etish shakllaridan biri davlat organlariga, muassasalariga, mansabdor shaxslarga, xalq vakillariga murojaat etish huquqidir.Murojaat orqali fuqarolar davlat va jamiyat ishlarida bevosita ishtirok etadi.Vakolatli davlat organlariga fuqarolarning murojaat etish huquqi, O„zbekiston mustaqilligi natijasida Konstitutsiyaviy huquq maqomida mustahkamlandi. Sovet davridagi Konstitutsiyalarda bunday huquq ko„zda tutilmagan edi. Hatto bu masala qonunlar asosida hal qilinmay, farmonlar bilan hal qilingan edi.
10.Murojaatning turlari. Fuqarolarning murojaatlari og‘zaki yoki yozma shaklda kiritiladi. Fuqarolarning og‘zaki va yozma murojaatlari bir xil ahamiyatga ega.Fuqarolarning murojaatlari yakka tartibda yoki jamoa tomonidan berilishi mumkin.Fuqarolarning murojaatlari ariza, taklif yoki shikoyat ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.Ariza fuqarolarning o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarishda yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimosi bayon etilgan murojaatidir.Taklif fuqarolarning davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalarini o‘z ichiga olgan murojaatidir.Shikoyat fuqarolarning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tiklash to‘g‘risidagi talabi bayon etilgan murojaatidir.
Download 9,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish