Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


XXVIIIBOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PROKURATURA



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet315/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

XXVIIIBOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PROKURATURA 
ORGANLARINING KONSTITUTSIYAVIY MAQOMI 
1-§. O’zbekiston Respublikasida prokuratura organlarining tashkil 
etilishi va rivojlanishi. 
2-§. Prokuratura organlarining qonunlarni aniq va bir xilda bajarilishi 
ustidan nazorat faoliyati. 
3-§.Prokuratura organlarining yagona markazlashtirilgan tizimi. 
1-§. O’zbekiston Respublikasida prokuratura organlarining tashkil 
etilishi va rivojlanishi 
Prokuratura deganda nazoratni amalga oshiruvchi davlat organi yoki 
bunga vakolat berilgan mansabdor shaxs tushuniladi
286
.
Lotin tilida «Procuratio (Procuro)» so’zi «g’amxo’rlik qilish, 
boshqarish», «Procurator (Procuro)» so’zi «boshqaruvchi, idora qiluvchi, 
rais, ishonchli vakil, vakolatli, boshqaruvchi degan ma’nolarni anglatadi. 
«Procuro» so’zidan esa «g’amxo’rlik qilmoq, parvarishlamoq, 
asrab-avaylamoq, ta’minlamoq, sodir etmoq, boshqarmoq, boshlab 
bormoq» degan ma’no tushuniladi
287
.
O’rta asrlardan – XIX asrning II yarmiga, ya’ni Buxoro amirligi, 
Xiva va Qo’qon xonliklari Rossiya imperiyasi tomonidan bosib 
olingunga qadar sud-huquq tizimiga mansub turli “idora” hamda 
lavozimlar (qozi, muhtasib, mirshab, qoziaskar va b.) bo’lgan. Ularda
hozirda prokuratura organlarida mavjud vakolatlar va vazifalarning ayrim 
elementlarigina bo’lgan xolos. Vaqt o’tishi bilan ularning funksiyalari
kengayib borgan.
Prokuror nazorati instituti ilk bor 1867-yilda ishlab chiqilgan 
Turkiston o’lkasini boshqarishga oid vaqtinchalik Nizom loyihasida 
ko’zda tutilgan. Biroq o’sha davrda prokuratura maxsus organ sifatida
tuzilmagan edi. Prokuror funksiyasi ma’muriy boshqaruv apparatini 
boshqarib kelgan general-gubernator tomonidan bajarilgan (Turkiston 
o’lkasi uchta mustaqil ma’muriy hududlar – Sirdaryo viloyati, Zarafshon 
okrugi va Amudaryo bo’limidan tashkil topgan edi)
288

1
Современный
словарь
иностранных
слов
. -
М
. , 1993. – 
С
. 493.
Большой
юридический
словарь
. – 
М
., 1999. –
С
. 821 – 822. 
2
Дворецский
И
.
Х

Латинско
– 
русский
словарь
. 5-
С
439. – 
М
., 1998. – 
С
. 621. 
288
Рахимов
Ф
.
Х

Прокуратура
органлари
ва
унинг
конституциявий
-
ҳуқуқий
мақоми
. – 
Т
.: 2018 
й

Б
.10 


698 
Turkiston o’lkasida 1887-yili Rossiya hukmdorlari tomonidan 
tuzilgan prokuratura organlari O’rta Osiyoda mustamlakachilik siyosatini 
mustahkamlash, mahalliy xalqni podsho va uning amaldorlariga 
itoatgo’y qilib berish, ularni xo’rlash, tabiiy boyliklarni istaganicha olib 
ketishlariga shart-sharoit yaratib berish bilan shug’ullanishgan. 
Prokuratura organlarida asosan uning hududidan kelgan turli millatga 
mansub kishilar bo’lgan va birinchi prokurorlik lavozimiga faqat rus 
millatiga mansub kishilar ishlagan. «Oktabr inqilobidan» keyin yana 
hokimiyat o’zgardi, yana yangi tartib qoidalar o’rnatila boshladi.
Buxoro xalq jumhuriyatida 1924-yilning o’rtalariga kelib 
qonunlarning bajarilishi ustidan nazorat olib boruvchi maxsus 
organprokuratura organi to’la shakllangan bo’lsada, amaldagi qonun 
normalari RSFSR qonun normalari asosida qabul qilinganligi, rus 
alifbosida yozilganligi tufayli ming yillab musulmon qonunchiligi 
bo’yicha yetuk bilimga, mutaxassislarga ega bo’lgan xalq, yangi hokimiyat 
qonunlari oldida ularni umuman savodsiz qilib qo’ydi va mahalliy xalq 
vakillariga prokuratura organlarida ishlash imkoniyatini bermadi, natija 
mahalliy xalq ko’p hollarda qonun himoyasidan tashqarida qolib ketdi. 
Mustaqillik kunlariga qadar, prokuratura organlarida ishlash uchun tan-
lanadigan nomzodlar kommunistik partiya va sovet hokimiyati organlari 
tomonidan tayinlandi. Ularning esa o’z faoliyatlari davomida, shu 
hokimiyat organlari oldida hisobot berib turishlari qonunlarda ifodalandi. 
Buning oqibatida prokuratura organlari o’z faoliyatlarini olib borishish-
larida mazkur tashkilotlarga qaram qilib qo’ydi. Bunday holatlar proku-
ratura organlarini mahalliy hokimiyat organlari tomonidan ularning ichki 
ishlariga
bemalol aralashish imkoniyatiga sharoit yaratib berdi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 8-yanvardagi 
“O’zbekiston Respublikasi prokuratura organlari to’g’risida”gi 
farmonida “Prokuratura to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonun 
loyihasini tayyorlash va O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi ko’rib 
chiqishi uchun taqdim etish belgilandi. Qonun jamiyatning barcha 
jabhalariga tegishli bo’lgan organning huquqiy asosi bo’lganligi tufayli
loyiha muhokamasiga e’tibor juda yuqori bo’ldi. O’sha paytda bir palatali 
bo’lgan Parlament tomonidan loyiha uch o’qishda muhokama qilinib 
uchinchi o’qishda 1992-yil 9-dekabrda qabul qilindi. Shunday qilib
O’zbekiston Respublikasi prokuraturasi faoliyatining huquqiy asosi yara-
tildi.


699 
Mazkur Qonun qariyb 10 yil, ya’ni 2001-yil 29-avgustiga qadar
prokuratura organlari faoliyatining huquqiy asosi sifatida mamlakatda 
tinchlik, barqarorlik, qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni
mustahkamlash yo’lida xizmat qildi. 
2001-yil 29-avgustda O’zbekiston Respublikasining “Prokuratura 
to’g’risida”gi yangi tahrirdagi Qonuni qabul qilindi va unga prokuror 
vakolatiga aniqlik kiritadigan bir qancha o’zgartishlar kiritildi. 
Xususan, qonun bilan belgilangan prokurorlik nazorati ob’ektlari qatoridan 
fuqarolar chiqarildi. Binobarin, demokratik jamiyatda alohida fuqarolar 
emas, balki ularning qonuniy huquq va manfaatlari qanday himoya
qilinayotgani prokurorlik nazoratining ob’ekti hisoblanishi ta’kidlandi. 
Shuningdek, yangi tahrirdagi Qonunga ko’ra, prokurorlarning ijro
etish uchun majburiy bo’lgan amrnoma kiritish vakolatiga barham berildi. 
Endilikda Qonunning 37-moddasiga ko’ra, protest, qaror, taqdimnoma, 
ariza va ogohlantiruv prokuror nazorati hujjatlari sifatida belgilandi.
Prokuratura organlari faoliyatini tashkil etish va ular faoliyatining asosiy 
prinsiplari borasida ham o’zgarishlar yuz berdi. Endilikda viloyatlar, 
Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar prokurorlari va ularga 
tenglashtirilgan prokurorlar xalq deputatlari tegishli Kengashlariga, zarurat 
bo’lgan hollarda esa fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga 
qonuniylikning hamda jinoyatchilikka qarshi kurashning holati to’g’risida 
har yili axborot beradilar (Qonunning 5-moddasi). Yangi tahrirdagi 
Qonunda O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruqlari va 
boshqa hujjatlari (individual xususiyatga ega bo’lgan hujjatlar bundan 
mustasno) O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga 
zid bo’lsa, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining qarori
asosida bekor qilinishi ilk bor mustahkamlab qo’yildi. Bu esa O’zbekiston 
Respublikasi Bosh prokurori tomonidan chiqariladigan buyruq va boshqa 
hujjatlarning qonuniyligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 
2001-yil 29-avgustda qabul qilingan yangi tahrirdagi O’zbekiston 
Respublikasining “Prokuratura to’g’risida”gi Qonuniga prokuror 
vakolatiga aniqlik kiritadigan o’zgartishlar kiritildi. Qonunning 
26-moddasiga ko’ra, fuqaroning sud tartibida himoya qilinadigan huquq
va erkinliklari buzilsa, lekin fuqaro sog’lig’iga, yoshi yoki boshqa saba-
blarga ko’ra sudda o’z huquq va erkinliklarini shaxsan himoya qilish
imkoniyatiga ega bo’lmasa, da’voni prokuror taqdim etishi va sudda 
quvvatlashi belgilab qo’yildi. Shu kabi o’zgartish va qo’shimchalar
mamlakatimizda sud-huquq tizimini huquqiy davlatni shakllantirishning 


700 
muhim tarkibiy qismi sifatida chuqur isloh etish va erkinlashtirish 
bo’yicha yangi konsepsiya hayotga tatbiq qilinganligidan dalolat beradi. 
Huquqiy demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyati asoslarini 
shakllantirish, davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish, jamiyat hayo-
tining barcha sohalarini erkinlashtirish, sud-huquq tizimini yanada isloh 
etish orqali jinoiy jazolarni liberallashtirish siyosati amaliy 
jarayonlari prokuratura organlarining ham qonunchilik asoslarini islohiy 
tub takomillashishini taqozo etar edi. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish