Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


partiyalar faoliyatining davlat tomonidan moliyalashtirilishi



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet311/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ


partiyalar faoliyatining davlat tomonidan moliyalashtirilishi
4. Axborotlashtirish va tashviqot ishlarining davlat tomonidan 
ta’minlanishi; 
5. Saylovlarda milliy va xalqaro kuzatuvchilarning ishtiroki; 
6. Saylov natijalari bo’yicha shikoyat qilish huquqining mavjudligi, 
saylov huquqining buzilishi uchun javobgarlikning mavjudligi; 
7. Qabul qilinadigan qarorlar hech kimni kamsitmasligi. 
O’zbekistonda saylov qonunchiligiga xalqaro saylov standartlarini 
implementatsiya qilishda, mamlakatimizda muntazam o’tkazilayotgan 


687 
ilmiy va amaliy anjumanlardagi ilmiy tahlil va takliflar muhim rol 
o’ynamoqda. 
Ana shunday anjumanlarda xorij ekspertlari qonunchiligimizda 
xalqaro saylov standartlarini aks etganligi va ularning amaliy ifodasi dara-
jasi haqida xolis fikrlarni bildirishgan. 
5-§. O’zbekiston Respublikasida referendum va uni o’tkazish tartibi 
Referendum insoniyat o’ylab topgan saylov singari demokratiyaning 
yaqqol ifodasi, uni amalga oshirishning vositasidir. U baynalmilal atama 
bo’lib, umumxalq ovozi ma’nosida ishlatiladi. Referendumning jamiyat 
hayotidagi muhim o’rni, uni Konstitutsiyamizda alohida moddada bel-
gilanganida ham ko’rish mumkin. Konstitutsiyaning 9-moddasida “Ja-
miyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga 
taqdim etiladi, umumiy ovozga (referendumga) qo’yiladi. Referendum 
o’tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi” deb mustahkamlab qo’yilgan. 
“O’zbekiston Respublikasining referendumi to’g’risida”gi Qonun 
1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan bo’lib, u keyinchalik o’zgartirish va 
qo’shimchalar bilan yangi tahrirda tasdiqlangan
282

Saylov huquqi darsligida nima uchun referendumga bob ajratilgan? 
degan savol tug’ilishi mumkin. Bu darslikda referendum to’g’risida bob 
berilganligining sababi referendum va saylov o’rtasida juda katta umumiy-
lik va o’xshashlik mavjud. Avvalo, ularning har ikkalasi demokratiya 
ifodasi, fuqarolarning davlat va jamiyat hayotida ishtirokini ta’minlovchi 
usul; ularning har ikkalasida maqsadga ovoz berish orqali erishiladi; tash-
kil qilish va o’tkazishda amal qiladigan prinsiplar o’xshash va hokazo. 
Referendumning saylovdan farqi ham mavjud. Saylovlarda 
mansabdor shaxslar, deputatlar saylansa, saylovchi nomzodlarga ovoz ber-
sa, referendumda masalaga ovoz beriladi, biron-bir masala hal qilinadi
yana saylov aniq belgilangan muddatlarda o’tkazilsa, referendum 
zaruriyatga qarab o’tkaziladi. 
Qonunda qayd qilinishicha referendum saylovlar bilan bir qatorda 
xalq irodasining bevosita ifodasidir. Referendumda qabul qilingan 
282
О
’zbekist
о
n respublikasi 
О
liy Majlisining Axb
о
r
о
tn
о
masi. – 2001. – 

9–10. – 176-m
о
dda; – 2005. 


1. – 18-m
о
dda. 


688 
qarorlar oliy yuridik kuchga ega bo’lib, u faqat referendum yo’li bilan 
bekor qilinishi yoki o’zgartirilishi mumkin. 
Referendum saylovlar singari umumiy, teng, to’g’ridan to’g’ri
prinsipda yashirin ovoz berish yo’li bilan o’tkaziladi, fuqarolar unda o’z 
xohish-irodasini erkin-ixtiyoriy bildiradilar. Referendumda ishtirok 
etishga, shuningdek, ishtirok etmaslikka biron bir tarzda ta’sir qilinishi 
mumkin emas. 
Har bir fuqaro referendumda teng asosda ishtirok etadi va bitta 
ovozga ega. Referendumda fuqarolar bevosita ishtirok etadi, ularning
xohish-irodasi bildirishi hech qanday yo’l bilan nazorat qilinmaydi.
Referendumga tayorgarlik ko’rish va o’tkazish ochiq va oshkora amalga 
oshiriladi. 
Referendum o’tkaziladigan kunda 18 yoshga to’lgan O’zbekiston 
Respublikasining har bir fuqarosi referendumda ishtirok etish 
huquqiga ega. Respublika hududidan tashqarida yashayotgan O’zbekiston
Respublikasining fuqarolari ham referendumda ishtirok etadilar. 
Kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy mavqeyi, irqiy va milliy
mansubligi, jinsi, ma’lumoti, tili dinga munosabati, mashg’ulotining 
turi va xususiyatiga qarab fuqarolarning referendumda qatnashish 
huquqlarini bevosita yoki bilvosita cheklashga yo’l qo’yilmaydi. 
Xuddi saylovdagi singari, referendumda ham, sud tomonidan 
muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek, sud hukmi
bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan fuqarolar referen-
dumda ishtirok etmaydilar. 
Referendumga tayorgarlik ko’rish, o’tkazishning ba’zi tadbirlari osh-
kora va ochiq o’tkaziladi. Referendumni oshkora, adolatli o’tkazishni 
ta’minlashda kuzatuvchilar alohida rol o’ynaydi.
Referendumning demokratik xususiyati yana shunda ko’rinadiki, 
fuqarolar jamoat birlashmalari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish
organlari referendum o’tkazilishini yoqlab yoki unga qarshi, referendumga 
qo’yilayotgan qonun loyihasi, amaldagi qonun yoki boshqa masalani 
yoqlab yoki unga qarshi hech qanday moneliksiz tashviqot olib borish 
huquqiga ega. 
Referendum qarorlari jiddiy oqibatlarni vujudga keltiradi. 
Shuning uchun undan faqat ezgulik yo’lida foydalanish maqsadlaridan 
kelib chiqib ayrim masalalarni referendumga qo’yish mumkin emasligi 


689 
ham qonunda belgilab qo’yilgan. Unga ko’ra, referendum predmeti 
bo’lmaydigan masalalar quyidagilar hisoblanadi:
– O’zbekiston Respublikasining hududiy yaxlitligini o’zgartirish; 
– O’zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va soliqlar; 
– amnistiya va afv etish; 
– jamoat tartibini, aholi sog’lig’i va xavfsizligini ta’minlash 
bo’yicha favqulodda va shoshilinch chora-tadbirlar o’tkazish; 
– respublikaning xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan 
majburiyatlarni bajarish; 
– mansabdor shaxslarni tayinlash va vazifasidan ozod etish. 
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasining butun hududida joriy 
etilgan harbiy vaqt yoki favqulodda holat sharoitlarida, shuningdek, 
harbiy vaqt tugagan yoki favqulodda holat bekor qilingandan keyin uch
oy davomida referendum o’tkazilmaydi. 
Referendum natijalari rasman e’lon qilingandan keyin bir yil
davomida mazmun yoki ma’nosiga ko’ra xuddi shunday savol qo’yilgan 
referendum o’tkazilmaydi. 
Referendum O’zbekiston hayotiga kirib kelgan va bir necha bor eng 
muhim masalalarni hal qilishda qo’llanilgan voqea bo’lib qoldi. 
Oxirgi referendum 2002-yil 27-yanvarda o’tkazilib uning natijasida ikki 
palatali parlament joriy etildi va prezidentning vakolat muddati 
o’zgartirildi. Shu referendumda ovoz beruvchilar ro’yxatiga 13 266 602 
fuqaro kiritilgan bo’lsa, ularning 12 113 070 nafari ovoz berishda ishtirok 
etdi. Ovoz berishda ishtirok etganlarning 92 %i ikki palatali parlament va 
prezidentning vakolat muddati uzaytirilishini yoqlab ovoz berdi
283
.
“Referendumning o’tkazilishi va uning yakunlari davlatchiligimiz 
rivojida, jamiyatni demokratik yangilash jarayonida muhim bosqich bo’ldi. 
Eng asosiysi, referendum natijalari mamlakatimizda olib borilayotgan 
siyosatning jamoatchiligimiz, aholimiz tomonidan qanchalik 
qo’llab-quvvatlanayotganini amalda yaqol tasdiqladi”
284

283
Azizx
о
‘jaevA. Vab
о
shqalar. 
О
’zbekist
о
nRespublikasiningK
о
nstitutsiyasigasharh. – T.: 
О
’zbekist
о

2013. – B.54. 
284
Karim
о
vI.A. 
О
’zbekist
о
ndadem
о
kratik
о
‘zgarishlarniyanadachuqurlashtirishvafuqar
о
likjamiyatias
о
slarinishakllantirishni
ngas
о
siyyo‘nalishlari. – T.: 
О
’zbekist
о
n. 2009. – B.15. 


690 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish