683
asosiy ko’rsatkichlari bo’lib, ayniqsa, saylov o’tkazishda
muhim
ahamiyatga ega”
281
Hozir biror-bir davlat faqat o’zida mavjud tartib, qoidalar bilan
saylov o’tkazmaydi. Hozirgi kunda bir nechta xalqaro hujjatlarda saylovga
taalluqli umumiy qoidalar, talablar belgilangan bo’lib, ularni chetlab
o’tish
mumkin emas, aks holda, saylovlar demokratik hisoblanmaydi va
jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilmaydi.
Xalqaro standartlarning huquqiy asoslari xalqaro hujjatlarda,
mintaqaviy hujjatlarda o’z ifodasini topgan.
Saylovlarda qo’llaniladigan xalqaro standartlar saylovlarga
qo’yiladigan bir xil talablar bo’lib, ular saylov huquqi prinsiplarini
yanada to’liq namoyon bo’lishini, qo’llanilishini ta’minlaydi.
Saylovlarining xalqaro standartlari quyidagi
xalqaro va mintaqaviy
hujjatlarda belgilangan:
1. Inson huquqlari bo’yicha umumjahon deklaratsiyasi (1948-yil
10-dekabr)
2. “Fuqarolarning siyosiy va fuqarolik huquqlari to’g’risida”gi pakt
(1966-yil 16-dekabr).
3. “Irqiy kamsitishlarning barcha shakllarni tugatish to’g’risida”gi
xalqaro deklaratsiya (1966-yil 7-mart).
4. “Ayollarga nisbatan kamsitilishlarga barham berish to’g’risida”gi
deklaratsiya (1967-yil 7-noyabr)
5. “Ayollarning siyosiy huquqlari to’g’risida”gi konvensiya (1952-yil
20-dekabr).
6. Muntazam va haqiqiy saylov prinsiplarini samaradorligini oshirish
haqidagi BMT rezolyutsiyasi (1991-yil 17-dekabr).
Bundan tashqari yana BMT tomonidan tashkil qilingan bir necha
hujjatlarda saylovlarga taalluqli umumiy talablar, standartlar ko’rsatib
o’tilgan.
Xalqaro hujjatlardan tashqari, bir necha mintaqaviy hujjatlarda
ham saylov standartlari qayd etilgan. Jumladan,
Inson huquqlari va asosiy
erkinliklarning himoyasi bo’yicha Yevropa konvensiyasi (1952),
“Kopengagen anjumani hujjatlari”, “Parlamentlararo Ittifoqi Kengashining
“Erkin va adolatli saylov mezonlari to’g’risida”gi Deklaratsiya” (1994).
281
Xusan
о
v
О
. Sayl
о
vlarga q
о
‘yiladigan xalqar
о
talablar va ularning
О
’zbekist
о
n q
о
nunchiligida
mustahkamlanishi. Dem
о
kratik sayl
о
vlar
о
‘tkazishning xalqar
о
stantdartlari va
О
’zbekist
о
n q
о
nunchiligi.
(Xalqar
о
k
о
nferensiya materillari). –T., 2009. –B.39.
684
Lekin birorta-bir xalqaro hujjat yoki mintaqaviy hujjat xalqaro saylov
standartlarini
bir tizimga solib bermagan, shuningdek, standartlar faqat
shular degan qat’iy tushuncha ham yo’q. Bu tabiiy hol, albatta.
Saylovlarning rivojlanishi, ya’ni saylov texnologiyalari rivojlanishi,
standartlar tizimining ham kengayib borishini ko’rsatadi.
Yuridik
adabiyotlarda, manbalarda standartlar haqida bir xil
fikr yo’q. Ayrim adabiyotlarda standartlar sifatida erkinlik, adolatlilik,
haqiqiylik ko’rsatilsa, ba’zi mualliflar saylovlardagi ochiqlikni xalqaro
standartlar qatoriga kiritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: