Mantiqiy savollar:
1 Ovoz berish natijalarini aniqlash tartibini saylov qonunchiligiga muvofiq yoritib
bering
2 O`zbekiston Respublikasidagi hamda chet davlatdagi saylovchilarning turgan
joyida ovoz berishi bilan bog`liq qoidalarni tahlil qiling.
1-mantiqiy savol
Bizga berilgan ushbu mantiqiy savolga javob topishda biz bir qator normativ-
huquqiy hujjatlardan foydalanamiz va asosiy ushbu o`rinda 25.06.2019 yilda qabul
qilingan O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi barcha saylov
qonunchiligini o`zida mujassam etgan bo`lib, O`zbekiston Respublikasi
Prezidentligiga, Oliy Majlis palatalariga va boshqa saylov jarayonlariga yanada
shaffoflik baxsh etganini ta’kidlab o`tish joiz hisoblanadi.
Ushbu o`rinda saylov o`zi nima ekanligiga tarif berib o`tsak.
Saylov
- ovoz
berish orqali davlat organlari, mahalliy o`zini o`zi boshqarish organlari va boshqa
tuzilmalarni tashkil etish vositasi hisoblanadi. Fuqarolarning o`z saylov huquqini
amalga oshirishi ularning davlatni boshqarishda ishtirok etishining eng muhim
shakllaridan biridir va bu asosiy Qomusimizda belgilangan ya’ni fuqarolarning
siyosiy huquqlaridan foydalanashida yaqqol nomayon bo`ladi.
Demak saylov turli ko`rinishda bo`ladi. Unda aholi qatnashishi yoki ularning
vakillarigina ishtirok etishi mumkin. Saylovlar ochiq yoki yashirin ovoz berish
yo`li bilan o`tkazilishi mumkin. Respublikamizda saylovlar umumiy, teng,
to`gridan to`gri, yashirin ovoz berish yo`li bilan o`tkaziladi.
Saylov bo`lib o`tadigan kun soat 8.00 saylov uchastkalarida O`zbekiston
Respublikasi Davlat madhiyasi yangraydi va saylov jarayonlari boshlanganligi
e’lon qilinadi va soat 20.00 da saylov jarayonlari yakunlanadi. Va ovoz berish
natijalarini aniqlash jarayonlari boshlanadi. Bunda Uchastka saylov komissiyasi
saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarning umumiy sonini, saylov byulletenlari
olgan saylovchilar sonini va saylov qutilaridagi saylov byulletenlari sonini
aniqlaydi. Uchastka saylov komissiyasi saylov uchastkasida har bir okrug, har bir
nomzod bo‘yicha berilgan ovozlarni alohida-alohida sanab chiqadi. Sanab
chiqilgan saylov byulletenlari asosida uchastka saylov komissiyasi:
har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar sonini;
haqiqiy emas deb topilgan saylov byulletenlari sonini;
buzilgan saylov byulletenlari sonini aniqlaydi.
1
Saylov byulletinlariga qo‘shimcha ravishda yozib qoyilgan fuqarolarning
familiyalari va boshqalar bo`yicha berilgan ovozlar hisobga olinmaydi. Ushbu
o`rinda keltirilgan yani saylov byullitenlaridagi belgilangan nomzodgagina ovoz
berish kerak hisoblanadi unga qoshimcha ravishda saylovchilar tomonidan nomzod
qo`shilishiga yo`l qo`yilmaydi va shunday holler aniqlanganda ushbu byulletin
haqiqiy emas deb topiladi.
Belgilanmagan namunadagi saylov byulletenlari, shuningdek ovoz berish
chog‘ida bittadan ortiq kvadratga “+” yoki “
” yoxud “x” belgisi qo‘yilgan yoki
bitta ham kvadratga bunday belgi qo‘yilmagan saylov byulletenlari haqiqiy emas
deb topiladi. Saylov byulletenining haqiqiyligi shubha tug‘dirganda, masala
uchastka saylov komissiyasi tomonidan ovozga qo‘yish orqali hal etiladi.
Saylov byulletenlari kvadrat shaklidagi katakchalar bo`ladi va ushbu
katakchalarga birdan ortiq belgi qo`yilishi ya’ni yuqoridagi belgilardan birdan ortiq
foydalanilishi saylov byulletinini haqiqiyligiga shubha uyg`otuvchi holat
hisoblanadi.
Okrug bo‘yicha saylov natijalari faqat uchastka saylov komissiyalarining
taqdim etilgan bayonnomalari asosida aniqlanadi. Okrug saylov komissiyasi:
okrug bo‘yicha saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan saylovchilarning umumiy
sonini;
saylov byulletenlarini olgan saylovchilar sonini;
ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar sonini;
1
Saylov kodeksi 94-modda
har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar sonini;
haqiqiy emas deb topilgan saylov byulletenlari sonini aniqlaydi.
Uchastka saylov komissiyasining bayonnomasida aks ettirilgan, ovozlarni
sanab chiqish chog‘ida nomuvofiqliklar aniqlangan taqdirda, okrug saylov
komissiyasi o‘z majlisida uchastka komissiyasiga ushbu nomuvofiqliklarni bartaraf
etishni taklif qilishga haqlidir. Okrug bo‘yicha saylov natijalari okrug saylov
komissiyasining majlisida aniqlanadi va bayonnomaga kiritiladi. Bayonnoma
komissiyaning raisi, rais o‘rinbosari, kotibi, boshqa a’zolari tomonidan imzolanadi
hamda tegishli saylov komissiyasiga taqdim etiladi. Mazkur bayonnomaning
ko‘chirma nusxasi hamma tanishib chiqishi uchun darhol okrug saylov komissiyasi
binosiga kamida qirq sakkiz soat muddatga osib qo‘yiladi.
Saylov natijalarini belgilash Markaziy saylov komissiyasi tomonidan
amalga oshiriladi. Bunda Markaziy saylov komissiyasi viloyat, Toshkent shahar
saylov komissiyasi okrig saylov komissiyalarining o`ziga kelib tushgan
bayonnomalari asosida, tuman, shahar saylov komissiyasi esa oziga kelib tushgan
uchastka
saylov
komissiyalarining
bayonnomalari
asosida
natijalarni
belgilashadi. Saylovda ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar yarmidan
ko‘pining ovozini olgan nomzod saylangan deb hisoblanadi.
Shu o`rinda ta’kidlash joizki saylov, agar unda saylovchilar ro‘yxatiga
kiritilgan saylovchilarning o‘ttiz uch foizidan kami ishtirok etgan bo‘lsa, o‘tmagan
deb topiladi.
Demak yuqoridagi barcha jarayonlar tugaganidan keyin, O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti saylovi,
O‘zbekiston
Respublikasi
Oliy
Majlisiga saylov yakunlariga
ko‘ra
Markaziy saylov komissiyasining
qarori saylovdan
keyin
o‘n
kundan
kechiktirmay
qabul
qilinadi,
Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida va boshqa manbalarda e’lon
qilinadi. Mahalliy Kengashga o‘tkazilgan saylov yakunlari to‘g‘risidagi qaror
tegishli saylov komissiyasi tomonidan saylovdan keyin o‘n kundan kechiktirmay
qabul qilinadi va matbuotda e’lon qilinadi, shuningdek ommaviy axborot
vositalarida hammaga ma’lum qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |