Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet306/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

Ikkinchidan, 
jamiyatdagi turli siyosiy kuchlar nisbatini aniqlash 
imkonini beradi, bu qaysi siyosiy kuch nimaga qodirligini, aholi nimani 
ma’qul ko’rishini, kimga ishonishini bildiradi. 
Uchinchidan, 
siyosiy hokimiyatni, siyosiy boshchilarni, 
siyosatchilarni tinch yo’l bilan almashishini ta’minlaydi, bu – hokimiyatga 
yangi kuchlar kelishi, ishonchni oqlamagan shaxslar, vakillik 
organlarining a’zolari siyosat maydonidan chiqishi, ularning o’rniga 
yangilari kelishi demakdir. 
To’rtinchidan, 
xalq suverenitetini, demokratik siyosiy rejimni 
ta’minlab, siyosiy elitani aholi nazoratida bo’lishini ta’minlaydi. Bu
degani har bir yangi saylov davrida avval saylangan saylovchilar oldida 
hisobot berishini ta’minlashni bildiradi. 
O’zbekiston o’z taraqqiyotini insonparvar demokratik huquqiy davlat 
qurishda ko’rmoqda. Shu maqsadda barcha jabhalarda demokratik 
islohotlar o’tkazilmoqda, natijada demokratiyaning o’zi ham 
takomillashmoqda. Demokratiyaning takomillashuvini esa saylovlarning 
takomillashuvisiz, demokratlashuvisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. 
Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 2016-yil 4-dekabrda O’zbekiston 
Respublikasining Prezidenti etib saylanganidan boshlab davlat va jamiyat 
hayotining barcha jabhalarida keng qamrovli islohotlar yanada 
jadallik bilan amalga oshirilib kelinayotganligini ko’rishimiz mumkin. 
Ayniqsa, bu islohotlar uning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 


675 
qabul qilinganining yigirma to’rt yilligiga bag’ishlangan tantanali 
marosimdagi ma’ruzasida aytilganidek, “Xalq davlat idoralariga emas, 
davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”ligi tamoyilidan kelib 
chiqqan holda olib borilayotganligi muhim ahamiyatga egadir. Shu 
munosabat bilan ham mamlakatimizda 2017-yil “Xalq bilan muloqot va 
inson manfaatlari” yili deb e’lon qilindi.
Barcha yo’nalishlardagi islohotlarni keng qamrovli tarzda amalga 
oshirilishini ta’minlash maqsadida 2017-yil 7-fevral kuni O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada 
rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF–4947-son 
Farmoni bilan “2017–2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiya-
si” tasdiqlandi
271
. Ushbu hujjat orqali fuqarolarning murojaatlari bilan ish-
lash tizimini tubdan takomillashtirish, aholi bilan ochiq 
muloqotni yo’lga qo’yishning yangi samarali mexanizmlari va usullarini 
joriy etish, barcha darajalardagi hokimlarning, prokuratura va ichki ishlar
organlarining aholi oldida hisobot berishi tizimini amaliyotga joriy etish, 
shu asosda xalqning davlat hokimiyatiga bo’lgan ishonchini mustahkam-
lash kabi ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda tegishli chora-tadbirlar 
ishlab chiqilishi belgilandi. 
Barcha islohotlarda birinchi navbatda “inson manfaati hamma
narsadan ustun” tamoyili asosida ish ko’rish, xususan, mamlakatimizning 
barcha hududlarida “Xalq qabulxonalari”ning tashkil etilgani, buning
natijasida insonlarning yechimini kutayotgan muammo va masalalarining 
hal etilishi muhim o’rin tutmoqda. 2017-yil 15-avgustiga qadar Harakatlar 
strategiyasining ijrosi yuzasidan davlat va jamiyat hayotining barcha
sohalarini rivojlantirishga qaratilgan 15 ta qonun va 700 dan ortiq boshqa 
normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi, davlat va jamiyat qurilishi
tizimini takomillashtirish sohasida zamonaviy talablar hamda ustuvor 
yo’nalishlarni inobatga olgan holda 16 ta vazirlik, idora va boshqa
tashkilotlarning tuzilmasi, vazifa va funksiyalari qayta ko’rib chiqildi 
hamda 20 ta davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari tashkil etildi
272

Harakatlar strategiyasi doirasida 2017-yil 8-sentabr kuni O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida Ma’muriy 
271
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi. -2017. -

2. 33-modda; 
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. -2017. 13-fevral, -

6. 70-modda. 
272
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami -2017. -21 avgust. -

33-son. 847-modda; Xalq 
so‘zi. -2017. -16-avgust. 


676 
islohotlar konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi Farmoni ham qabul
qilindi. Unga ko’ra davlat boshqaruvining mutlaqo yangi, samarali va
sifatli faoliyat yurituvchi tizimini yaratish, davlat boshqaruvi organlari va 
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining uyg’un faoliyat yuritishlarini 
tashkil etish mazkur Konsepsiyaning asosiy maqsadi etib belgilandi. 
Shu bilan birga, unda ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining 
institutsional va tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish; ijro 
etuvchi hokimiyat organlari vazifalari, ularni amalga oshirish 
mexanizmlari va javobgarlik sohalarini aniqlashtirish, muvofiqlashtirish va 
o’zaro hamkorlik jarayonlarini takomillashtirish; iqtisodiyot tarmoqlariga 
ma’muriy ta’sir ko’rsatishni yanada qisqartirish va boshqaruvning bozor 
mexanizmlarini kengaytirish; vertikal boshqaruv tizimi va ijro etuvchi 
hokimiyat organlari hamkorligining mexanizmlarini takomillashtirish; 
davlat boshqaruvi tizimiga strategik rejalashtirishning zamonaviy 
shakllari, innovatsion g’oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy
etish; professional davlat xizmatining samarali tizimini shakllantirish,
ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimida korrupsiyaga qarshi 
kurashishning ta’sirchan mexanizmlarini joriy etish kabi muhim 
yo’nalishlar belgilab olindi. 
Kelgusida viloyat, tuman va shaharlar hokimlarini lavozimga 
tayinlash tartibini takomillashtirish maqsadida “Viloyat, tuman va 
shaharlar hokimlarini saylash to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi 
qonun loyihasining konsepsiyasi ishlab chiqilishi mo’ljallanmoqda. 
Bu o’z navbatida, bir tomondan milliy saylov qonunchiligini yanada
takomillashtirsa, ikkinchi tomondan hududlar rahbarlarini lavozimga 
qo’yishda oshkoralik, samaradorlik, xolislik va haqqoniylik ta’minlanadi, 
mahalliy hokimiyat organlarining aholi oldida masuliyati va hisobdorligini 
yanada oshirishga xizmat qiladigan yangi saylov institutini 
shakllantirishga asos bo’ladi. 
2017-yil 22-dekabrda mamlakatimiz tarixida ilk bor O’zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga 
Murojaatnoma yo’lladi. Unda xalqaro norma va standartlarga javob
beradigan yagona Saylov kodeksini ishlab chiqish va qabul qilish lozim 
deb ta’kidladi. 
2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 
beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha Harakatlar strategiyasini amalga 
oshirish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 
22-yanvarda qabul qilingan PF-5308-son Farmoni bilan “Faol tadbirkorlik, 
innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili”da 


677 
amalga oshirishga oid hamda 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son 
Farmoni bilan “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni 
qo’llab-quvvatlash yili” Davlat dasturlariga muvofiq Saylov kodeksi 
loyihasi ishlab chiqildi. 
O’zbekiston Respublikasining saylov qonunchiligi bo’yicha 5 ta 
qonunlar mavjud bo’lib, bu huquqni qo’llashda bir qator murakkabliklar 
tug’diradi. Bundan tashqari, saylov jarayoni va uni o’tkazish 
tartib-tamoyillari va qoidalarining ko’pchiligi qonun darajasida emas, balki 
Markaziy saylov komissiyasining nizom va yo’riqnomalari bilan tartibga 
solinadi. 
Saylov qonunchiligining ayrim normalari hozirgi zamon talablariga 
va saylovlarni demokratik tarzda o’tkazish bo’yicha xalqaro amaliyotga 
to’la mos kelmaydi. 
Xususan, Ekoharakat vakillarining parlament quyi palatasiga 
kvota asosida kiritilishiuning faol va tashabbuskor bo’lib ishlashini 
muayyan darajada susaytiradi, qonun saylovchilarning yagona elektron
ro’yxatini shakllantirishni nazarda tutmaydi, shuningdek, alohida hollarda 
saylov byulletenining o’rniga saylov varaqalaridan foydalanilish 
amaliyoti yashirin ovoz berish tamoyiliga mos kelmaydi, ozodlikdan 
mahrum etish joylarida saqlab turilgan shaxslarning saylovda ishtirok 
etishiga oid cheklovlar mavjudligi va boshqa shu kabi holatlar mavjud shu 
va boshqa bir qator yangiliklarni o’zida qamrab olgan yangi Saylov 
kodeksi 2019-yil 18-fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, 2019-yil 28-fevral kuni 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan ma’qullandi.
Saylov huquqi orqali amalga oshiriladi. Saylov huquqi esa konstitut-
siyaviy huquqning muhim institutidir. Saylov huquqining 
jamiyat, fuqaro hayotidagi muhim ahamiyati uni alohida maxsus o’quv 
kursi sifatida o’qitish zaruratini keltirib chiqaradi. 
Saylov huquqi fuqarolarning asosiy, siyosiy huquqlaridan hisobla-
nadi. Bu huquq normalari, avvalo, Konstitutsiyada mustahkamlangan. 
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida 
alohida XXIII bob saylov tizimiga bag’ishlanib, unda saylov huquqining 
asosiy qoidalari, prinsiplari belgilangan. 
Hamma mamlakatlarning Konstitutsiyasida ham saylov masalasi, 
huquqi (tizimi) uchun alohida bob yoki bo’lim ajratilmagan. 
Jumladan, Rossiya Konstitutsiyasining 32-moddasi 2-, 3-bandlari
va 81-moddasida saylov huquqiga tegishli normalar mavjud. Yuqoridagi 


678 
normalarda fuqarolarning davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etishi say-
lov huquqi orqali amalga oshishi, kimlar saylovda ishtirok etmasligi, Ros-
siya Prezidentini saylash prinsiplari, prezident nomzodiga 
qo’yiladigan talablar belgilab qo’yilib, qolgan masalalar qonunlar bilan 
tartibga solinishi nazarda tutadi
273

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida saylov uchun alo-
hida bob ajratilgani saylovning ahamiyati yuqori ekanligidan kelib chiqadi 
va bu mazkur huquqiy institutning konstitutsiyaviylik xususiyatini aniq 
ko’rsatadi. 
Konstitutsiyaning saylov tizimi haqidagi normalari fuqarolarning 
saylov huquqiga egaligini, har bir saylovchi teng ekanligini, ovoz
berishda o’z xohish-irodasini bildirishida erkin ekanligini o’rnatadi va bu
huquqlar qonun bilan kafolatlanishini, e’tirof etadi. 
Konstitutsiyaning 117-moddasi normalari saylov o’tkazishning aniq 
kunini o’rnatish bilan birga saylovning asosiy prinsiplarini hamda saylash 
huquqi yoshini belgilab qo’yadi. 
Konstitutsiyaviy norma saylovlardagi asosiy cheklashni belgilaydi, 
unga ko’ra natijada sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb 
topilganlar, shuningdek, sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joy-
larida saqlanayotgan shaxslar saylovda qatnashmaydi. 
Konstitutsiya normasida boshqa har qanday holatda fuqarolarning 
saylov huquqlarini cheklashga yo’l qo’yilmasligi ham belgilab qo’yilgan. 
2014-yil 16-aprelda Konstitutsiyaga kiritilgan qo’shimchaga asosan 
Markaziy saylov komissiyasining huquqiy holati, vazifasi, ish 
yuritish prinsiplari, tashkil etish tartibi konstitutsiyaviy asosda belgilandi, 
natijada saylov huquqining konstitutsiyaviy asoslari yanada kengaydi. 
Saylov huquqiga taalluqli konstitutsiyaviy normalar faqat konstitut-
siyaning XXIII bobidagi (117-modda) normalar bilan cheklanmaydi. Ular 
konstitutsiyaning boshqa bob va moddalaridagi normalarda ham uchraydi. 
Jumladan, Konstitutsiyaning 32-moddasida fuqarolarning davlat 
organlarini demokratik tarzda tashkil etishda ishtirok etish huquqi (say-
lov huquqi), Konstitutsiyaning 90-moddasida O’zbekiston Prezidenti 
273
Коментарий
к
Конституции
РФ
. –
М
.: 
БЕК
1994. 101, –
С
.261. 


679 
nomzodiga qo’yiladigan talablar haqidagi normalar, prezident saylovi 
muddati va saylov prinsiplari haqidagi normalar, 
Konstitutsiyaning 96-moddasidagi muddatdan tashqari Prezident 
saylovini o’tkazish haqidagi normalar saylov huquqining 
konstitutsiyaviy asosidir. 
Saylov huquqining konstitutsiyaviy asosini, bevosita konstitutsiyaviy 
normalardan tashqari, konstitutsiyaviy qonunlardagi saylovga taalluqli 
normalar ham tashkil etadi. 
“Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining 
asosiy prinsiplari to’g’risida”gi
274
Konstitutsiyaviy Qonun va “Davlat 
boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni 
modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish 
to’g’risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning ko’plab normalari saylov 
huquqining konstitutsiyaviy asosini tashkil etadi. 
Saylov huquqining huquqiy asoslari faqat konstitutsiyaviy asoslar bi-
lan cheklanmaydi. Huquqiy asos konstitutsiyaviy asosga nisbatan keng 
bo’lib, huquqiy asoslar boshqa hujjatlardagi normalardan, ya’ni qonun, 
farmon, qaror va boshqa normativ hujjat qoidalaridan iboratdir. 
Saylov to’g’risidagi maxsus qonunlar va saylovga tegishli boshqa hu-
jjatlar hamda ularning normalari, qoidalari haqida keyingi paragraflarda 
batafsil to’xtalamiz. 
Demokratik jarayonlarning o’sib borishi natijasida hozirgi davrda 
saylov huquqi va qonunchiligi mantiqiy jihatdan sekin-asta ommaviy 
huquqning mustaqil tarmog’iga aylanib bormoqda
275


Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish