3-§.O’zbekiston Respublikasida saylov o’tkazish prinsiplari
Prinsip atamasi o’zbek tilida ko’pincha tamoyil deb yuritiladi.
Bularning ma’nosi deyarli bir xil. Lekin shunday atamalar borki, ular
barcha tillarda aslicha qo’llaniladi. Bu atama O’zbekiston
Konstitutsiyasida ham qo’llanilgan, masalan, 14-moddada. Prinsip
ijtimoiy kategoriya bo’lib, eng muhim g’oyalarni qoida sifatida namoyon
274
О
‘zbekist
о
n Respublikasi
О
liy Majlisining Axb
о
r
о
tn
о
masi. -2002. –
№
4–5, 60-m
о
dda.
275
Избирательное
право
и
избирательный
процесс
в
РФ
. –
М
.:
НОРМА
. 1999. -C10-11.
680
bo’lishidir. Davlat va huquqning turli sohalarida prinsip tushunchasi
qo’llaniladi. Masalan, qonuniylik prinsipi, tashqi siyosat prinsipi.
Saylov huquqida ham prinsip atamasi qo’llanilib, eng avvalo, u,
saylovlarning adolatliligini, qonuniyligini ko’rsatuvchi asosiy mezon
sifatida namoyon bo’ladi.
Saylovlar eng qadimiy hodisalardan ekanligini aytib o’tgan edik.
Ular kishilik jamiyatining hamma bosqichlarida qo’llanilib kelingan
bo’lib, jamiyat rivojiga mos ravishda takomillashib bordi. Uning
takomillashuvida ma’lum qoidalarni vujudga kelishi, ularning bajarilishi,
qo’llanilishi shart etib belgilanishi muhim rol o’ynaydi.
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, saylovlarning
demokratlashuvida yangi davr boshlandi. Bunda Birlashgan Millatlar
Tashkiloti tomonidan qabul qilingan hujjatlar muhim o’rin tutadi.
Saylov huquqining asosiy prinsiplari muhim ahamiyatga ega “Inson
huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”da xalqaro miqyosda o’z
ifodasini topdi. Uning 21-moddasida “har bir inson bevosita yoki erkin
saylangan vakillari orqali o’z mamlakatini boshqarishda qatnashish
huquqiga ega. Xalq irodasi davriy va soxtalashtirilmagan, yalpi va teng
saylov huquqidan yashirin ovoz berish yo’li bilan, ovoz berish erkinligini
ta’minlaydigan boshqa teng qiymatli shakllar vositasida o’tkaziladigan
saylovlarda o’z aksini topishi zarur” – deb belgilab qo’yildi
276
.
Bu yerda bevosita to’g’ri saylov, erkin saylov, yalpi-umumiy saylov,
teng saylov, yashirin ovoz berish prinsiplari saylov o’tkazishda zarur shart
sifatida belgilanganligini ko’ramiz.
BMT qabul qilgan “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risida”gi
xalqaro Paktning 25-moddasida “har bir fuqaro hech qanday cheklashlar-
siz, kamsitilishsiz, bevosita – to’g’ridan to’g’ri, erkin,
yalpi-umumiy, teng, yashirin ovoz berish huquqiga ega bo’lishi kerak” de-
gan qoida o’z ifodasini topdi
277
.
Natijada umumiy, teng, to’g’ridan to’g’ri saylov huquqi, yashirin
ovoz berish, erkin ravishda xohish irodasini bildirish xalqaro miqyosda
saylov huquqining asosiy qoidasi – prinsipi sifatida e’tirof etildi.
276
Ins
о
n huquqlari b
о
‘yicha xalqar
о
shartn
о
malar (t
о
‘plam). –T.: Ad
о
lat, 2004. –B.34.
277
Shu t
о
‘plam, –B.45.
681
Buning muhim ahamiyati shunda bo’ldiki, bu hujjat uni tan olgan,
imzolagan davlatlar uchun majburiy kuchga ega bo’lganligi uchun, uni
imzolagan barcha davlatlar o’z qonunchiligida yuqoridagi qoidalarni,
umumiy prinsip sifatida mustahkamlab qo’ydi.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va saylov
qonunlarida umumiy, teng, to’g’ridan to’g’ri saylov huquqi prinsiplari,
saylovlarning yashirin o’tishi, oshkora o’tishi, xohish-irodani erkin
bildirish saylov huquqining asosiy prinsiplari sifatida belgilab qo’yildi.
Bu prinsiplar asosiy prinsiplar bo’lishi bilan birga umume’tirof
etilgan prinsiplardir.
Ayrim adabiyotlarda saylov huquqining muhim, umume’tirof
etilgan prinsiplari deb faqat umumiy, teng, to’g’ridan to’g’ri va yashirin
ovoz berish ko’rsatilgan
278
. Ayrimlarida esa saylovda ishtirok etish
erkinligi, oshkoralik ham saylov huquqining asosiy prinsiplaridan deb
baholangan
279
.
Haqiqatda ham, erkinlik va oshkoralikni asosiy prinsip deb aytish, bu
qoidalarning saylovlardagi muhim ahamiyatini e’tirof etishdir. Bundan
tashqari ular O’zbekiston Konstitutsiyasi va qonunlarida mustahkamlangan
va saylov o’tkazishda asosiy qoida hisoblanadi.
Hozirgi kunda aksariyat mamlakatlarning konstitutsiyalarida
umumiy, to’g’ridan to’g’ri, teng, yashirin ovoz berish qoidalari o’rnatib
qo’yilgan. Agar bu prinsiplar qonunlarda belgilangan bo’lsa-yu, saylovlar
erkin va oshkora o’tmasa, unday saylovlarni demokratik saylov deb
hisoblash mumkin emas.
Xalqaro kuzatuvchilar saylovlarga, asosan ularning erkin va
oshkora o’tkazilishi yoki aksincha bo’lishiga qarab baho berishadi.
Shuning uchun ularni ham saylov huquqining umumetirof etilgan
prinsiplari deb hisoblash mumkin. Saylovlar faqat oshkoralik va erkinlik
asosida o’tkazilgan taqdirdagina umumiy, teng, to’g’ridan to’g’ri saylovlar
to’la ravishda o’z ifodasini topishi mumkin va shundagina ularning
ahamiyati yanada yaqqolroq namoyon bo’ladi.
278
Коституционное
право
зарубежных
стран
.
М
:
Норма
, 2010,
стр
. 229;
Баглай
М
.
В
.
Коституци
-
онное
право
РФ
. –
М
:
Норма
, 1998, –C.349-350.
Таджиханов
У
.
ва
бошқалар
,
Ўзбекистон
Республи
-
каси
конституциявий
ҳуқуқи
. –
Т
.:
Шарқ
, –2001. B-484.
279
Husan
о
v
О
.T. K
о
nstitutsiyaviy huquq. –T.: Ad
о
lat. –2014. –B. 203-204.
682
O’zbekiston Konstitutsiyasining 117-moddasida “saylovlar umumiy,
teng, to’g’ridan to’g’ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo’li bi-
lan o’tkaziladi” degan qoida kiritilib, umumiy, teng, to’g’ridan to’g’ri,
yashirin ovoz berish konstitutsiyaviy prinsip darajasida mustahkamlangan.
Fuqarolarning o’z xohish-irodasini bildirishda tengligi va erkinligi ham
Konstitutsiyaning shu moddasida mustahkamlab qo’yildi. Saylov
to’g’risidagi qonunlarda ham bular saylov huquqining asosiy prinsiplari
sifatida qayd qilingan.
Amalga oshirilgan siyosiy islohotlar natijasida saylov huquqining bu
prinsiplarini qo’llash, ularning amal qilishi kengayib bordi, fuqarolik ja-
miyati qurish jarayonida saylovlar erkinligini ta’minlash dolzarb
masala bo’lib qoldi. Shuning uchun Birinchi Prezident tomonidan ilgari
surilgan Konsepsiyada saylov huquqi erkinligini ta’minlashga alohida
e’tibor berildi
280
.
Do'stlaringiz bilan baham: |