Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


Referendum o’tkazuvchi tuzilmalar



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet313/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

Referendum o’tkazuvchi tuzilmalar 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasida 
saylovni va referendumni tashkil etish va o’tkazish uchun Oliy Majlis 
tomonidan Markaziy saylov komissiyasi tuziladi deb ko’rsatilgan
285
.
U butun mamlakat hududida referendumni tashkil qiladi. 
Referendum o’tkazishda saylov okruglar va uchastkalar tuziladi. 
Referendum okruglari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovidagi 
kabi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Qoraqalpog’iston Respu-
blikasi, viloyatlar va Toshkent shahri chegarasida tuziladi, ya’ni 
har bir ma’muriy hududiy birliklar bitta okrug hisoblanadi. 
Referendumda ishtirok etish huquqiga ega fuqarolar soni, referendum 
o’tkazuvchi okrug komissiyasi joylashgan joy ko’rsatilgan 
ro’yxatlar, referendum tayinlangan qaror e’lon qilingan kundan keyin 
kechi bilan besh kun ichida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan e’lon 
qilinadi. 
285
Markaziy sayl
о
v k
о
missiyasini tuzish tartibi, tarkibi, ish fa
о
liyati shakli va prinsiplari, vak
о
latlari 
darslikning 8-mavzusida berilgan. 


693 
Referendum uchastkalari tumanlar, shaharlarning chegaralari 
asosida fuqarolarga mumkin qadar qulaylik yaratishni ko’zlab, tuman va 
shahar hokimliklarini taqdimnomasiga asosan okrug komissiyasi 
tomonidan referendum tayinlash e’lon qilinganidan keyin o’n besh
kundan kechiktirmay tuziladi. 
Referendum uchastkalari xorijiy davlatlardagi vakolatxonalarida, 
harbiy qismlar, sanatoriylar, dam olish uylari, kasalxonalar va boshqa 
statsionar davolash muassasalarida, olis va borish qiyin bo’lgan yerlardagi 
fuqarolar turgan joylarda ham besh kun qolganda tuzilishi mumkin. 
Harbiy qismdagi uchastkalar harbiy qismlar yoki qo’shilmalar
komandirlarining taqdimnomasiga binoan, okrug komissiyasi 
tomonidan, xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonalarida tashqi ishlar 
vazirligining taqdimnomasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi 
tomonidan tuziladi. 
Uchastkalar qoida tariqasida, kamida yigirma va ko’pi bilan uch 
ming fuqarodan iborat tuziladi. 
Referendumni o’tkazish uchun okrug saylov komissiyalari va
uchastka komissiyalari tuziladi. Ular referendum o’tkazish paytidagina 
faoliyat ko’rsatadi. Agar referendum saylov o’tayotgan vaqtda o’tsa,
referendumni o’tkazishni ham okrug, uchastka saylov komissiyalari
zimmasiga yuklash mumkin. 
Okrug saylov komissiyasi, referendum tayinlash to’g’risidagi qaror 
e’lon qilinganidan keyin o’n kundan kechiktirilmay Markaziy saylov 
komissiyasi tomonidan to’qqiz nafar komissiya a’zosidan iborat tarkibda 
tuzilib, u o’z majlisida rais, o’rinbosari va kotibini saylaydi.
Uchastka saylov komissiyasi referendum tayinlash to’g’risidagi
qaror e’lon qilinganidan keyin okrug komissiyasi tomonidan yigirma besh 
kundan kechikmay o’n to’qqiz nafar a’zodan iborat tarkibda tuziladi.
Uning raisi, rais o’rinbosari va kotibi komissiya majlisida saylanadi. 
Komissiya yetti nafargacha a’zodan iborat ham tuzilishi mumkin. Unda 
faqat rais va o’rinbosari saylanadi. Uchastka komissiyasi tarkibining soni 
zarur hollarda ko’paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin.
Xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzuridagi uchastka saylov 
komissiyasi raisi vazifasini vakolatxona rahbari bajaradi. 
Okrug komissiyalarining a’zolari Qoraqalpog’iston Respublikasi 
Jo’qorg’i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar 
Kengashlari tavsiyasiga ko’ra, uchastka komissiyasining a’zolari 
mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning o’zini o’zi 
boshqarish organlari taqdimnomasiga ko’ra tasdiqlanadi. 


694 
Komissiyaning a’zosi o’z arizasiga ko’ra yoki vakolatidan mahrum 
qilinganida vazifasini bajarishdan ozod qilinadi. 
Davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, tashkilotlar, 
muassasalar, mansabdor shaxslar referendum komissiyasiga yordam 
|berishlari, ularning ishi uchun zarur ma’lumotlarni taqdim etishlari shart.
Kerakli binolar va jihozlar komissiya ixtiyoriga bepul beriladi. 
Komissiyalar referendumga tayyorgarlik ko’rish masalalari bilan har 
qanday organ, tashkilot va mansabdor shaxslarga murojaat qilishi 
mumkin, ular masalani ko’rib chiqib ko’pi bilan uch kun ichida javob
qaytarishlari shart. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish