Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet312/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

Referendum tayinlash
Yuqorida qayd qilinganidek saylov o’tkazish muddati 
konstitutsiyada belgilangan, shu muddatda Markaziy saylov komissiyasi 
saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qiladi. 
Referendumni oldindan tayinlash mumkin emas. Hal qilinishi lozim 
bo’lgan masalalar har qanday paytda paydo bo’lishi mumkin, shuning 
uchun qonun shunday masalalar vujudga keldi deb hisoblovchi 
ayrim subektlarga, referendum o’tkazish tashabbusi bilan chiqish 
huquqini beradi. 
Qonunga asosan referendum o’tkazish tashabbusi bilan: 

O’zbekiston Respublikasi fuqarolari; 

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari;

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti chiqishi mumkin. 
Bular referendum to’g’risidagi tashabbus ko’rsatishda teng huquqga 
ega. 
Fuqarolar referendum tashabbusi bilan chiqishi uchun ba’zi talablarni 
bajarishi kerak, jumladan ular respublika bo’yicha referendumda ishtirok 
etish huquqiga ega fuqarolarning besh foizini imzosini to’plashi kerak.
Imzolar Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha
viloyatlar orasida teng miqdorda to’planishi kerak. 
Referendumda ishtirok etish huquqiga ega har bir fuqaro yoki 
fuqarolar guruhi referendum o’tkazish to’g’risidagi tashabbusni 
qo’llab-quvvatlovchi imzolarni to’plash uchun kamida yuz kishidan iborat 
tashabbuskor guruhini tuzishi mumkin. 
Tashabbuskor guruh tuzilgach uning vakolatli vakili guruhni 
ro’yxatdan o’tkazishni so’rab Markaziy saylov komissiyasiga murojaat
qiladi. 
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi: 

fuqarolar tashabbuskor guruhi a’zolarining familiyasi, ismi, 
otasining ismi, tug’ilgan sanasi, turar joy manzili, pasportining 
seriyasi va tartib raqami ko’rsatilgan ro’yxati; 

tashabbuskor guruhning vakolatli vakilini tayinlash haqidagi 
rasmiy ishonchnoma; 

guruh yig’ilishining bayonnomasi; 

referendumga qo’yilayotgan masalalarning asosi (ta’rifi).
Markaziy saylov komissiyasi tushgan hujjatlarni ko’rib chiqib besh 
kun ichida u guruhni ro’yxatga olish yoki olishni rad etish to’g’risida
asosli qaror qabul qiladi. Guruh ro’yxatga olinsa, vakolatli vakilga
bu haqda guvohnoma beradi. Guvohnoma olingach referendumni 


691 
qo’llab-quvvatlovchi imzolar to’plash boshlanadi. Guvohnoma uch oy 
mobaynida haqiqiy sanaladi. Imzo to’plash harajatlari tashabbuskor guruh 
hisobidan bo’ladi. 
Imzo varaqalarining shaklini Markaziy saylov komissiyasi belgilaydi. 
Varaqada imzo qo’yuvchilar: familiyasi, ismi, otasining ismi, tug’ilgan
sanasi, turar joy manzili, pasportining seriyasi va tartib raqamini 
ko’rsatadi. 
Imzo varaqasi imzo to’plagan shaxs, shuningdek, fuqarolar 
tashabbuskor guruh vakolatli vakili tomonidan tasdiqlanadi. Unda 
ularning familiyasi, ismi, otasining ismi, turar joy manzili, pasportining 
seriyasi va tartib raqami ko’rsatiladi. 
Imzo to’plash qonun bilan tashviqot o’tkazish taqiqlanmagan 
joylarda o’tkaziladi. Imzo to’plashda fuqarolarni majburlash yoki turli 
yo’llar bilan og’dirib olishiga yo’l qo’yilmaydi. 
Imzolar ma’muriy hududiy birliklar bo’yicha jamlanib Markaziy
saylov komissiyasiga topshiriladi. 
Hujjatlarni taqdim etgan shaxsga guvohnoma beriladi. 
Markaziy saylov komissiyasi hujjatlarni qonuniy to’ldirilganligini 
tekshirib, o’n kun ichida Qonunchilik palatasiga o’z xulosasini yuboradi
va bu haqida O’zbekiston Prezidentini xabardor qiladi.
Imzo to’plashda qonun buzilishlari aniqlansa, referendum o’tkazish 
haqidagi tashabbusni haqiqiy emasligi haqida Markaziy saylov 
komissiyasi qaror qabul qiladi. Qonunga asosan referendum Oliy Majlis 
tomonidan tayinlanadi. Referendum tayinlash Oliy Majlis palatalarining 
birgalikdagi vakolati hisoblanadi. 
Qonunda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti referendum o’tkazish 
tashabbusi bilan chiqqanda Oliy Majlisga murojaat etishi yoki referendum 
o’tkazish to’g’risida o’z qarorini qabul qilishi ko’rsatilgan. Demak,
Prezident ham referendum tayinlash huquqiga ega. Referendum 
tayinlanganda, unga qo’yilayotgan masala matni ham tasdiqlanadi. 
Oliy Majlis palatalarida referendum haqidagi tashabbusni ko’rib
chiqish hamda referendum tayinlash tartibi qonunda belgilab qo’yilgan. 
Xuddi qonun qabul qilinishi singari bu masala avval Qonunchilik
palatasida ko’rib chiqiladi. 
Qonunchilik palatasi referendum o’tkazish tashabbusi haqidagi
materiallarni va mas’ul qo’mitaning xulosasini ikki hafta ichida ko’rib 
chiqadi va quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: 

referendumni tayinlash va o’tkazishni ta’minlash 
chora-tadbirlari to’g’risida; 


692 

referendum o’tkazish haqidagi tashabbusni rad etish 
to’g’risida; 

referendum o’tkazish to’g’risidagi tashabbusda taklif etilgan 
qonun yoki boshqa qarorni referendum o’tkazmasdan turib qabul qi-
lish haqida. 
Qonunchilik palatasining referendumga oid qarori uch kun ichida 
Senatga va tashabbuskorlarga yuboriladi.
Senat referendum o’tkazish haqida tashabbus materiallarini, 
Qonunchilik palatasi qarorlarini, mas’ul qo’mitaning xulosasini ikki
hafta ichida ko’rib chiqib referendum tayinlash va uni o’tkazishni 
ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida yoki referendum o’tkazshni rad
etish to’g’risida qaror qabul qiladi. Bu qaror uch kun ichida Qonunchilik
palatasiga va tashabbuskorlarga yuboriladi.
Senat referendumni o’tkazish haqida qaror qabul qilgan taqdirda uch 
kun ichida Senat va Qonunchilik palatasining qarorlari matbuotda e’lon
qiladi. 
Palatalar qarorlarida referendum o’tkazish sanasi ham belgilanadi. 
Referendum sanasi qaror e’lon qilingan kundan e’tiboran bir yarim oydan 
uch oygacha bo’lgan davrda istalgan kunga tayinlanishi mumkin.

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish