Prokuratura organlari tizimiga O’zbekiston Respublikasining
Bosh prokurori boshchilik qilishi
belgilangan.“Prokuratura to’g’risida”gi
Qonunda ham O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimiga tayinlanadigan
hamda lavozimidan ozod etiladigan O’zbekiston Respublikasi Bosh
prokurori rahbarlik qilishi belgilangan.O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurorini lavozimiga
tayinlash hamda lavozimidan ozod etish to’g’risidagi farmonlari
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan tasdiqlanadi.
Amaldagi qonun hujjatlarida O’zbekiston Respublikasi Bosh
prokuroriga zimmasiga yuklangan vazifalar samarali bajarilishini
ta’minlashi uchun bir qator muhim vakolatlar yuklangan. Xususan,
O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriO’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Qonunchilik palatasiga qonunchilik tashabbusi bilan murojaat
etishi mumkin bo’lib, bu o’z navbatida prokuratura organlari faoliyati
natijasida aniqlangan qonunlardagi kamchiliklar haqida parlamentni o’z
vaqtida xabardor etish va qonun ijodkorligi jarayoni samaradorligini
oshirish imkonini beradi.
O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori prokuratura tizimidagi oliy
mansabdor shaxs sifatida prokuratura organlarini boshqa davlat hokimiyat
organlari bilan munosabatlarda ifodalaydi. Xususan, Bosh prokuror
prokuratura organlari faoliyatiga oid bir qator masalalar yuzasidan
bevosita O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat etishi mumkin.
Ushbu masalalarga Qonun Bosh prokuratura hayatining tarkibini
294
Ўзбекистон
Республикаси
Президентининг
“
Ўзбекистон
РеспубликасиБош
прокуратураси
ҳузуридаги
Агросаноат
мажмуи
ва
озиқ
-
овқат
хавфсизлиги
таъминланиши
устидан
назорат
қилиш
инспекцияси
фаолиятини
ташкил
этишчора
-
тадбирлари
тўғрисида
”
ги
07
май
2018
йилги
N
ПҚ
-3699-
сонли
Қарори
711
tasdiqlash to’g’risidagi takliflar kiritish, prokuratura organlari xodimlariga
darajali unvonlar berish va oliy darajali unvonlar berish to’g’risidagi
taqdimnoma bilan murojaat etishni kiritadi.
O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori shuningdek, davlat
hokimiyatining boshqa organlari, shu jumladan, Konstitutsiyaviy sud,
Oliy sud Plenumi majlislarida ishtirok etish va ko’rilayotgan masala
yuzasidan fikr bildirishi hamda qonun hujjatlarini qo’llash bilan bog’liq
masalalar bo’yicha Oliy sud Plenumga tushuntirishlar berish xususida
takliflar kiritishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori vakolatiga shuningdek,
prokuratura organlari xodimlarini rag’batlantirish (davlat mukofotlariga
taqdim etish, ko’krak nishonlar bilan taqdirlash), prokuratura organlarida
ishni tashkil etish (buyruqlar chiqarish, tarkibiy bo’linmalar to’g’risidagi
nizomlarni tasdiqlash),o’z vakolati doirasida chet el davlatlarining
tegishli organlari bilan hamkorlik to’g’risidagi bitimlar tuzish hamda
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar ham kiritilgan.
Qonun hujjatlarida O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining
hisobdorligiga ham alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, u O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Senati oldida hisobdor ekanligi belgilab qo’yilgan.
Qoraqalpog’iston Respublikasi prokuraturasi O’zbekiston
Respublikasi prokuraturasining muhim tarkibiy qismi sanaladi. “Proku-
ratura to’g’risida”gi Qonun 15-moddasiga muvofiq, Qoraqalpog’iston
Respublikasi prokuraturasiga Qoraqalpog’iston Respublikasi prokurori
rahbarlik qiladi va u O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori bilan
kelishilgan holda Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi
tomonidan lavozimiga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi prokurori Qoraqalpog’iston
Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi va O’zbekiston Respublikasi Bosh
prokurori oldida hisobdor hisoblanadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi prokurori tegishincha tuman, shahar
prokuraturalarining va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarning
faoliyatiga rahbarlik qiladi, qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Bosh
prokurorining buyruqlari asosida va ularni ijro etish uchun o’ziga
bo’ysunuvchi xodimlarning hammasi uchun majburiy bo’lgan
buyruqlar chiqaradi.
Viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan
prokuraturalarga (“Prokuratura to’g’risida”gi Qonun 16-moddasi) tegishli
prokurorlar rahbarlik qiladilar, ular O’zbekiston Respublikasi Bosh
712
prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadilar hamda lavozimdan ozod
etiladilar. Bu prokurorlar O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga
bo’ysunadilar va uning oldida hisobdordirlar.
Viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan
prokurorlar tegishincha tuman, shahar prokuraturalari va ularga
tenglashtirilgan prokuraturalarning faoliyatiga rahbarlik qiladi, qonunlar,
O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruqlari asosida va
ularni ijro etish uchun o’ziga bo’ysunuvchi xodimlarning hammasi uchun
majburiy bo’lgan buyruqlar chiqaradi.
Tumanlar, shaharlar prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan
prokuraturalarga (“Prokuratura to’g’risida”gi Qonun 17-moddasi) tegishli
prokurorlar rahbarlik qiladi, ular O’zbekiston Respublikasi Bosh
prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod
etiladilar. Bu prokurorlar yuqori turuvchi tegishli prokurorga hamda
O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga bo’ysunadilar va ularning
oldida hisobdordirlar.
“Prokuratura to’g’risida”gi Qonun 11-moddasi O’zbekiston
Respublikasida prokurorlarning vakolat muddatini belgilab beradi. Unga
ko’ra, barcha bo’g’indagi prokurorlar – O’zbekiston Respublikasi Bosh
prokuroridan boshlab, tuman va shaharlar prokurorlari hamda ularga
tenglashtirilgan prokurorlargacha yagona muddatga – besh yilga
tayinlanadi.
Mamlakatimizda prokurorlarning vakolat muddati besh yil etib
belgilangan bo’lsa-da, ularning qaytadan tayinlanishi soniga nisbatan
hech qanday cheklov belgilanmagan. Ayrim davlatlarda, masalan, Xitoy
Xalq Respublikasida esa, prokurorlar lavozimiga 2 martadan ortiq
qo’yilmasligi belgilab qo’yilgan (Konstitutsiya 130-moddasi).
O’zbekiston Respublikasining “Prokuratura to’g’risida”gi Qonunida
qanday holatlarda prokuror lavozimiga takroran tayinlashga yo’l
qo’yilmasligi ham to’g’ridan to’g’ri ko’rsatib qo’yilgan. Xususan,
Qonunning 45-moddasiga ko’ra, o’z faoliyati davrida tegishli hududda
qonunlar ijrosi ustidan lozim darajada nazorat o’rnatilishini ta’minlab bera
olmagan shaxslar prokuror lavozimiga takroran ko’rsatilishga yo’l
qo’yilmaydi. Ayni damda prokurorlik lavozimiga noloyiq xatti-harakatlar
sodir etgan, demak, xizmat vazifasini tegishli darajada bajarmagan
prokurorlar, shuningdek, boshqa ishga o’tgan yoki sog’lig’i ishni davom
ettirishga imkon bermagan prokurorlar lavozimlaridan muddatidan ilgari
ozod etilishlari mumkin.
713
Xalqaro miqqiyosda ham prokurorlarning turli xil tashkilotlari bo’lib,
Xalqaro prokurorlar assotsiatsiyasi (XPA) shular jumlasidandir. Mazkur
assotsiatsiyasi u 1995-yil 6-iyunda Venadagi BMT vakolatxonasida
tashkil qilingan. Uning tarkibiga turli davlatlarning prokuratura xizmatlari
yoki assosatsiyalari a’zolik huquqlari asosida kirishadi.
Nodavlat tashkiloti hisoblangan ushbu assotsiatsiyaning vakolatiga
huquqiy islohotlar loyihalarini shakllantirish va qo’llash hamda transmilliy
jinoyatlarga qarshi kurash kiradi.
Muxtasar qilib aytganda, O’zbekiston Respublikasi Bosh
prokuraturasi qonunlarni aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazorat
qiluvchi, inson huquq va erkinliklarini muhofaza qilinishini kafolatlovchi,
o’ziga xos tizimga hamda mamlakatda demokratik-huquqiy davlat qurishda
o’z o’rniga ega bo’lgan konstitutsiyaviy organ hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |