Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


-§.O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi - milliy xavfsizlik



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet327/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

5-§.O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi - milliy xavfsizlik 
konsepsiyasining asosi sifatida 
O’zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik konsepsiyasi 
1997-yilning 29-avgustida qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasining 
Milliy xavfsizlik konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi O’zbekiston 
Respublikasi Qonuniga binoan amal qilib kelmoqda. U siyosiy 
yo’nalishdagi masalalarni hamda tegishli qonunlar, qonunosti hujjatlarini 
tayyorlashda asos bo’ladigan normativ-huquqiy atamalar, prinsiplarni
o’z ichiga oladi. Mazkur Konsepsiya yana shu ma’noda siyosiy-huquqiy 
hujjat hisoblanadiki, unda davlatimizning milliy xavfsizlikni ta’minlash 
masalasiga doir rasmiy qarashlari o’z ifodasini topgan va shunga binoan 
bu Konsepsiya xavfsizlik muammosi, uni hal etishning strategiyasi va 
taktikasiga doir, jumladan, qonunchilik sohasiga taalluqli yaxlit, 
umumdavlat qarashlari tizimini o’zida mujassam etgan 
hujjatdir.Konsepsiyaning birinchi qismida hozirgi davrning xususiyatlari, 
O’zbekistonning geopolitik holati, shu jumladan Markaziy Osiyodagi 
mavqei bilan bog’liq omillar, xalqaro hamkorlik sohasidagi vazifalar 
bayon qilinadi. Konsepsiyaning ikkinchi qismida shaxs, jamiyat va 
davlatning hayotiy muhim manfaatlari mazmuni ochilgan; uchinchi 
qismida sohalar bo’yicha milliy xavfsizlik ta’riflab o’tilgan. To’rtinchi 
qismda milliy xavfsizlikni ta’minlashning asosiy yo’nalishlari bayon 


738 
qilingan. Beshinchi qismda milliy xavfsizlikni ta’minlashning tizimi va 
prinsiplari haqida so’z boradi. 
Konsepsiya o’zida milliy xavfsizlikning maqsadga muvofiq tizimini 
yaratishning asosiy g’oyasini, amaliy prinsiplarini ochib bergan. Unga 
tayangan holda tegishli tashkiliy-huquqiy mexanizm shakllantiriladi, 
qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat organlari, jamoat 
tashkilotlari va fuqarolar o’rtasida hamkorlik tizimiga asos solinadi.
Eng muhimi, ushbu Konsepsiya, bamisoli Konstitutsiya singari, 
muammoni tushunish va echimini topishga bir xil yondashishga 
imkoniyat yaratadi. Masalan, unda “milliy xavfsizlik”, “milliy manfaat”, 
“tahdid” singari tushunchalarning mazmun-mohiyati O’zbekiston 
Respublikasiga tatbiqan atroflicha talqin etiladi. 
Unda davlatchilik manfaatlari millatning o’ziga xos holati hamda 
millat yashaydigan va o’z manfaatlarini amalga oshiradigan shakl – 
himoya etilishi va rivojlantirilishi zarur bo’lgan shakl sifatida talqin
etiladi. 
Xalq manfaati shaxs va jamiyat manfaatlarining o’zaro uyg’un 
va bir-birlarini taqozo etadigan birlashmasidir. 
Shunday qilib, “davlat, xalqning oliy manfaatlari, ularning 
farovonligi va xavfsizligi” yaxlit olganda hayotiy muhim milliy 
manfaatlardir. Konsepsiyada boshqa darajadagi milliy manfaatlar 
ko’rsatilmaganligi sababli, ta’kidlashimiz kerakki, milliy manfaatlar,
eng avvalo, hayotiy muhim manfaatlardir. AQSHda bunday 
tabaqalashtirish (hayotiy muhim, shunchaki muhim, torroq doiradagi va 
boshqa darajadagi manfaatlar) qo’llaniladigan chora-tadbirning 
mutanosibligini aniqlashga xizmat qiladi: masalan, yadro qurolini 
qo’llashdan tortib vazirlik yoki shtat miqyosida ma’muriy qarorlar
qabul qilishgacha bo’lgan choralar ko’rishga asos bo’ladi. 
Shuni ta’kidlash kerakki, Konsepsiyada shaxs, jamiyat va davlat 
manfaatlari ham, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, gumanitar, harbiy, 
ekologik, ilmiy-texnikaviy, texnologik va axborot sohalarida tug’iladigan 
milliy xavfsizlikka tahdidlar ham batafsil ta’riflab berilgan. Shu asosda 
milliy xavfsizlikning asosiy yo’nalishlari ham belgilab berilgan. 
Davlatning faoliyati xuddi ana shu qoidalar bilan muvofiqlashtirilishi, 
qonunchilik esa tegishli tarzda rivojlantirilib borilishi kerak. 
Bu faqat milliy manfaatlar mazmunining tuzilmaviy bayonigina 
emas, balki xavfsizlik, tahdid ob’ektlarini belgilash va manfaatlarni 
amalga oshirishning asosiy yo’nalishlari ifodasi hamdir. Xavfsizlikning 
har bir turi o’z navbatida tarkibiy turlarga ega bo’lib, ular zamonaviy 


739 
ijtimoiy munosabatlarning yuksak integratsiyasi sharoitida 
xavfsizlikning boshqa tur hamda tarkibiy turlari bilan kesishuvi mumkin. 
Masalan, oziq-ovqat xavfsizligi, bu faqat iqtisodiy masala emas, 
ayni paytda, siyosiy, huquqiy, ijtimoiy, tibbiy sanitariya va ekologik 
masala hamdir. Shu sababli xavfsizlikning turlarga bo’linishi shartli 
ekanligini doimo nazarda tutish zarur. 
Biroq, 
bu 
masalada qonunchilik uchun va davlat boshqaruvini
to’g’ri tashkil etish uchun xavfsizlikning bunday bo’linishi o’zini 
to’la oqlaydi. Xususan, milliy xavfsizlikka tahdidlarni tabaqalashtirish
va milliy xavfsizlikni ta’minlashning sohalar bo’yicha asosiy yo’nalishlari 
(siyosiy va tashqi siyosiy, iqtisodiy, jamiyat va davlat qurilishi, ijtimoiy, 
gumanitar, harbiy, ilmiy-texnika, texnologiya, axborot, ekologiya 
sohalari), ko’p jihatdan, qonunchilikning tegishli tarmoqlarini o’zida
ifoda etadi. Boshqa jihatdan, mazkur sohalar tarmoqlararo normalar 
majmuining torroq doiradagi o’rganish yo’nalishini belgilaydi va 
maxsus institutlar shakllantirilishini taqozo etadi. 
Masalan, siyosiy sohadagi xavfsizlikni ta’minlashning huquqiy 
normalari asosan kafolat, himoya yoki muhofaza xususiyatida bo’lib, 
mohiyat e’tibori bilan murakkab tarmoqlararo institut hosil qiladi. 
Jumladan, siyosiy xavfsizlikni ta’minlash sohasida vujudga keladigan 
munosabatlar quyidagi normalar bilan nazorat qilinadi: 
-
xalqaro huquq (bular – ikkitomonlama, mintaqaviy hamda 
universal shartnomalar va bitimlar), normalar, milliy qonun hujjatlarining 
tashqi siyosat sohasida amal qiluvchi va O’zbekiston Respublikasining 
ichki ishlariga aralashishdan, uning suverenitetiga tajovuz qilishdan 
himoya etadigan va umuman xalqaro munosabatlar tizimida milliy 
manfaatlarni himoyalashga qaratilgan normalari; 
-
terrorizmga qarshi kurashga doir qonun hujjatlari; 
-
konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilish to’g’risidagi, nodavlat 
notijorat tashkilotlari, siyosiy partiyalar to’g’risidagi, OAV to’g’risidagi, 
so’z erkinligini himoyalash bo’yicha qonunlar, inson huquqlari va 
erkinligini himoya etuvchi, demokratik institutlarning takomillashuvini 
ta’minlovchi va kafolatlovchi gumanitar, saylovga oid va boshqa qonun 
hujjatlari; 
-
agressiv millatchilik va millatlararo nizo kuchayishining oldini 
oluvchi normalar; 
-
diniy ekstremizm tarqalishiningoldini oluvchi qonunlar; 


740 
-
davlat hokimiyati va boshqaruvida korrupsiya, to’rachilik, 
mahalliychilik va urug’-aymoqchilik munosabatlari vujudga kelishining 
oldini olish va ularga qarshi kurashga yo’naltirilgan normalar; 
-
jinoyatchilikning, ayniqsa, uyushgan jinoyatchilikning o’sishini 
oldini olishga qaratilgan, qurol-yarog’ bilan noqonuniy savdo qilishga
va giyohvandlikning tarqalishiga qarshi kurashga oid qonunlar. 
Tegishli huquq normalari vositasida oldi olinadigan shunday 
tahdidlar borki, ular turli mohiyatga va har xil predmetga ega. Biroq, 
ularning subyektlari siyosiy munosabatlar jabhasida harakat qiladi, o’z 
siyosiy maqsadlariga ega yoki ushbu tahdidlarni amalga oshirish orqali 
siyosiy tizimga va konstitutsiyaviy tuzumga jiddiy zarar etkazadi. Boshqa 
tomondan, yuqorida sanab o’tilgan har bir yo’nalish o’ziga xos jihatlarga 
ega va ta’bir joiz bo’lsa, “sub-institutlar” shaklida (masalan, terrorizmga 
qarshi kurash instituti, OAVda so’z erkinligini himoyalash va 
kafolatlash instituti kabilar) namoyon bo’lishi mumkin. 
Milliy xavfsizlikni ta’minlashga taalluqli qonunchilik tizimida 
qator tarmoqlar borki, ularning o’rnini aniqlash ancha murakkab. 
Chunki ular o’z huquqiy mohiyatiga ko’ra ma’lum bir sohada xavfsizlikni 
ta’minlashga qaratilganligidan tashqari boshqa masalalarni ham tartibga 
soladi. Masalan, tabiatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonun hujjatlari 
tabiiy muhit sharoitlarini saqlash hamda tabiat boyliklaridan oqilona 
foydalanishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini belgilar ekan, 
inson bilan tabiat o’rtasidagi munosabatlar muvozanatli tarzda uyg’un 
rivojlantirilishini ta’minlashga, ekologik tizimlarni, tabiat majmualarini
va ayrim ob’ektlarni muhofaza qilish, fuqaroning qulay tabiiy muhitga 
bo’lgan huquqini kafolatlash maqsadlariga ham qaratilgan bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasida tabiatni muhofaza qilish va tabiiy 
boyliklardan oqilona foydalanish nafaqat “Tabiatni muhofaza qilish 
to’g’risida”gi Qonun vositasida, ayni paytda, yer, suv, o’rmon 
xo’jaligi, yer osti boyliklari to’g’risidagi, atmosfera havosi, o’simlik va 
hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to’g’risidagi 
qonunlar misolida ayon bo’lib turibdiki, bunday qonunlar majmui o’z 
doirasiga murakkab tarmoqlararo tizimni oladi, ular ekologik xavfsizlikni 
ta’minlash bilan bir qatorda boshqa vazifalarni ham ado etadilar. Ana shu 
bois, qonunchilik tizimlarini tarmoqlar bo’yicha bo’lib qarashga 
asoslangan mumtoz usulni bu o’rinda tatbiq qilish mushkul. Harbiy huquq 
tarmog’i bundan mustasno, negaki, mazkur qonunchilik amalda 
batamom harbiy xavfsizlikni ta’minlash masalalariga bag’ishlangan. 


741 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish