Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet324/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ


partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati 
taqiqlanadi. Maxfiy jamiyatlar va uyushmalar tuzish taqiqlanadi”, deb 
ko’rsatib o’tilgan.
Ekologik xavfsizlik ham milliy xavfsizlikni tashkil etuvchi eng 
muhim Respublikaning Konstitutsiyasida fuqarolar atrof tabiiy 
muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majbur ekanliklari 
(50-modda), yer, yer osti boyliklari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi 
hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylik bo’lib, ulardan oqilona 
foydalanish zarurligi va ular davlat muhofazasida ekanligi (55-modda) 
belgilab qo’yilgan.
O’zbekiston 
Respublikasining 
Milliy xavfsizligi konsepsiyasida 
ekologik tanazzul hozirgi davrning o’ziga xos xususiyati sifatida 
belgilangan. Orol dengizining muammolari ham qo’shilib chuqurlashib 
borayotgan noxush ekologik vaziyat, shuningdek, suv resurslari hamda 
qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi uchun yaroqli bo’lgan yerlarning 
cheklanganligi O’zbekistonning jug’rofiy siyosiy ahvoliga ta’sir 
ko’rsatuvchi omillar qatorida ko’rsatib o’tilgan.
Darhaqiqat, 
2012-yil 
11-sentabrda O’zbekiston Respublikasi
qonuni bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasining Tashqi 
siyosiy faoliyati konsepsiyasi”data’kidlab o’tilganidek, “Tobora 
murakkablashib borayotgan, atrof – muhitga, mintaqa mamlakatlari 
aholisining sog’lig’i va genofondiga ziyon yetkazayotgan ekologik 
muammolar, xususan, Orol dengizi falokati oqibatlari, korxonalarning 
sanoat oqovalari hududlarni hamda suv resurslarini transchegaraviy 
ko’lamda ifloslantirayotganligi Markaziy Osiyo farovonligi va barqaror 
taraqqiyoti uchun tobora xavfli tus olmoqda”
300
.
Ekologiya shaxs, jamiyat va davlatning eng muhim hayotiy 
manfaatlarini belgilash mezonidir, inson hayoti va faoliyati uchun oqilona 
ekologik sharoitlarni ta’minlash, kishilar salomatligini saqlash hamda 
barqaror ekologik vaziyatni, shu jumladan mintaqamizda barqaror 
ekologik vaziyatni yaratish ushbu manfaatlarning mazmunini tashkil etadi.
Milliy xavfsizlik konsepsiyasi ekologiya sohasida milliy xavfsizlikka 
tahdidlar mavjudligini alohida ko’rsatib o’tadi. Avvalambor, bu:
300
Ўзбекистон
Республикаси
Олий
Мажлиси
палаталарининг
Ахборотномаси
, 2012 
йил
9/1 
(1437) –
сон
, 233 – 
модда



721 
– Orol ekologik tanazzuli hamda uning atrof muhit va millat 
genofondi, o’simliklar va hayvonot dunyosi uchun keltirib chiqaradigan 
oqibatlari;
– ishlab chiqarishni rivojlantirishga doir qarorlar qabul qilayotganda 
ekologik omillarni yetarli darajada hisobga olmaslik; 
– aholi salomatligi va atrof muhit uchun zararli bo’lgan ishlab 
chiqarishlarning faoliyat ko’rsatishi va kengaytirilishini qo’llab-
quvvatlash; 
– ishlab chiqarish chiqindilari, zaharli va radioaktiv materiallarni 
zarur darajada saqlamaslik va utilizatsiya qilmaslik hamda ularning 
mintaqamiz havo va suv havzalariga chiqarilishini nazorat qilmaslik; 
–suv resurslarining kamayib ketishi va yer resurslarining zavol
topishi, tuproq erroziyasi; 
– ekologik jihatdan zararli bo’lgan texnologiyalar, moddalar, 
materiallarning hamda aholi salomatligi uchun xavfli bo’lgan oziq-ovqat 
mahsulotlari va farmakologiya preparatlarining olib kirilishini nazorat 
qilmaslik; 
– tabiatdagi va texnogen tusdagi keskin o’zgarishlar (er 
silkinishlari, suv toshqinlari, yong’inlar, sel va boshqalar)dir. 
Konstitutsiya tashqi siyosatning asosiy mezonlarini belgilab beradi
bu mezonlar orasida xavfsizlik manfaatlari alohida o’rin tutadi. Tashqi 
siyosiy faoliyat, chunonchi, davlatlararo tuzilmalarda ishtirok etish avvalo 
xavfsizlik manfaatlaridan kelib chiqqan holda olib borilmog’i zarur. 
Mohiyatan olganda, Konstitutsiyaning har qanday prinsipial qoidasi,
milliy manfaatlarning oliy siyosiy-huquqiy ifodasi bo’lib, bundan 
“davlatning, xalqning oliy manfaatlari, uning farovonligi va xavfsizligi” – 
bu, avvalo, Konstitutsiyaning o’zi, uning qoidalarini himoya qilish,
uning ustuvorligi va mustahkamligi ekanligi kelib chiqadi. 
Tashqi siyosat O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida 
davlat faoliyatining sohasi sifatida belgilangan bo’lib, unga xalqaro 
huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalariga sodiqlik, 
shuningdek,, davlatlararo tuzilmalarda ishtirok etish nuqtayi nazaridan 
qaraladi hamda u oliy milliy manfaatlardan kelib chiqib amalga oshiriladi. 
O’zbekiston Respublikasi ko’p tomonlama hamkorligining asosiy 
yo’nalishlari asosan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
17-moddasi ikkinchi qismida belgilab qo’yilgan bo’lib, unda: “Respublika 
davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini 
ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdo’stliklarga va boshqa 


722 
davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin” 
deyiladi. 
Xalqaro tashkilotlarga (ittifoqlar, hamdo’stliklar va boshqa 
davlatlararo tuzilmalarga) a’zolikka nisbatan belgilangan bu norma-prinsip 
mamlakatimizning integratsiya jarayonida yanada faolroq ishtirok 
etishini ta’minlashga, boshqa davlatlarning huquqiy tizimlari bilan 
tegishli shartnoma munosabatlarini yo’lga qo’yish va o’zaro uyg’un 
hamkorlik qilish uchun keng istiqbollar yaratishga da’vat etilgandir. 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 17-moddasining ikkinchi 
qismidagi tushunchadan shu narsa kelib chiqadiki, respublika, agar milliy 
manfaatlarga zid bo’lsa, xalq farovonligi va xavfsizligiga zarar 
etkazadigan bo’lsa, davlatlararo tuzilmalarda ishtirok etmaydi. 
2012-yil 11-sentabrda O’zbekiston Respublikasi qonuni bilan 
tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyati 
konsepsiyasi”ga muvofiq, “O’zbekiston tinchliksevar siyosat yuritadi va 
harbiy – siyosiy bloklarda ishtirok etmaydi, har qanday davlatlararo 
tuzilmalar harbiy – siyosiy blokka aylangan taqdirda, ulardan chiqish 
huquqini saqlab qoladi.O’zbekiston Respublikasi qo’shni davlatlardagi 
qurolli mojarolarga va keskinlik o’choqlariga tortilishining oldini olish 
yuzasidan siyosiy, iqtisodiy va boshqa chora – tadbirlarni ko’radi, 
shuningdek,o’z hududida xorijiy davlatlarning harbiy bazalari va ob’ektlari 
joylashtirilishiga yo’l qo’ymaydi”
301

Shuningdek, 
Konstitutsiya 
ikki 
tomonlama munosabatlarning ham 
asosiy prinsiplarini belgilab beradi. Garchi ikki tomonlama davlatlararo 
munosabatlar masalalari xalqaro huquq doirasida va asosan tegishli 
shartnomalar negizida hal etilsada, shunga qaramay, xalqaro shartnoma-
larni tuzish va ularning bajarilishini ta’minlashning 
davlatimiz ichkarisidagi tartibini Konstitutsiya belgilab beradi. Aynan 
Konstitutsiya xalqaro shartnomalarning milliy qonun hujjatlari 
tizimidagi maqomi va o’rnini belgilaydi hamda vakolatlar bermagan
holda xalqaro shartnomalarni tuzish va ularni ratifikatsiya qilish huquqiga 
ega bo’lgan subyektlar doirasini belgilaydi. Bundan tashqari, Konstitut-
siyada ikki tomonlama davlatlararo munosabatlarning mazmuni va 
yo’nalishini belgilashga da’vat etilgan fundamental yo’l-yo’riqlar hamda 
normativ qoidalar aks etadi.
301
Ўзбекистон
Республикаси
Олий
Мажлиси
палаталарининг
Ахборотномаси
, 2012 
йил
9/1
( 1437) –
сон
, 233 – 
модда



723 
Bundan tashqari, Konstitutsiya muhofaza qiluvchi vazifasini 
bajaradi, masalan, davlatning tashqi siyosatini yo’lga qo’yishga 
aralashuvga yo’l qo’ymagan holda fuqarolar va davlat manfaatlariga zid 
bo’lmagan xususiy yoki guruh manfaatlarini ham himoya qiladi; tashqi 
siyosiy faoliyatning “siyosat – siyosat uchun” degan birdan-bir maqsadga 
aylanib ketishiga yo’l qo’ymaydi. Bunda Konstitutsiya nisbatan 
kuchli davlat bilan o’ta qulay iqtisodiy aloqalarni ham, agar bunday
davlat salmoqli moliyaviy iqtisodiy yordam (hatto beg’araz bo’lsada) 
evaziga O’zbekistonning suverenitetiga xilof bo’lgan turli xil yon 
berishlarga erishishga harakat qiladigan bo’lsa, rivojlantirishga yo’l 
qo’ymaydi va hokazo. 
Konstitutsiyaga binoan davlatning tashqi siyosiy harakatlari 
Asosiy Qonunimizning muqaddimasida belgilab qo’yilgan O’zbekiston 
erishishga intilayotgan insonparvar demokratik huquqiy davlat maqomi 
talab etadigan darajada oqilona va huquqiy bo’lmog’i darkor. Xalqaro 
huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalariga 
konstitutsiyaviy maqom berib, Asosiy Qonun shu ma’noda xalqaro 
munosabatlarda huquqni muhofaza qilish samarali mexanizmining 
yo’qligi o’rnini to’ldiradi, chunki u o’z davlatining tashqi siyosiy 
harakatlariga nisbatan oliy hokimiyat yo’l-yo’riqlarini berish xususiyatiga 
egadir. O’zbekistonda demokratik huquqiy davlatning qaror topishi va 
rivojlanishi sharoitlarida Konstitutsiyaning davlat tashqi siyosatining,
shu jumladan ikki tomonlama munosabatlarning asosiy yo’nalishlarini 
belgilashdagi roli o’ta muhimdir. 
O’zbekiston Respublikasining 2000-yil dekabr oyida qabul qilingan 
“Terrorizmga qarshi kurash to’g’risida”gi Qonuni milliy xavfsizlikni 
ta’minlashda katta ahamiyatga egadir. Mazkur Qonunda tegishli 
qilmishlarni kriminallashtirish to’g’risidagi normalar, terrorchilik 
harakatlarining oldini olish hamda terrorchilar va ularning sheriklarini 
jinoiy ta’qib etish bo’yicha protsessual choralar nazarda 
tutilgan.Terrorchilik faoliyati uchun jinoiy javobgarlik O’zbekiston 
Respublikasi Jinoyat kodeksining quyidagi moddalarida ko’zda tutilgan: 
155-modda. Terrorizm; 245-modda. Shaxsni garov sifatida tutqun-
likka olish;264-modda. Temir yo’lning harakatlanadigan tarkibini, havo, 
dengiz yoki daryo kemasini olib qochish yoki egallab olish; 
152-modda Xalqaro himoyaga olingan shaxsga yoki muassasaga hujum qi-
lish. 
2004-yil avgust oyida O’zbekiston Respublikasining “Jinoiy 
faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni 


724 
moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonuni qabul qilindi
(u 2006-yil 1-yanvardan e’tiboran amalga kiritildi). Jinoiy faoliyatdan 
olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga 
qarshi kurashish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan belgilab qo’yiladigan maxsus vakolatli davlat 
organi pul mablag’lari yoki o’zga mol-mulk bilan operatsiyalarning 
amalga oshirilishi ustidan nazorat qiladi. Qonunda asosiy normalar 
qatorida tegishli axborotdan erkin foydalanishni majburiy tarzda nazorat 
qilish va cheklash choralari belgilab qo’yilgan. Shunga muvofiq 
tashkilotlar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va 
terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog’liq o’z 
faoliyatlarida yuridik va jismoniy shaxslarni ularga nisbatan olib 
borilayotgan majburiy nazoratdan xabardor qilishga haqli emaslar. 
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni 
moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog’liq axborotlarni berish
tartibi ushbu Qonunga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
Bundan tashqari, Qonunda maxsus vakolatli organning vakolatlari 
ochib beriladi, pul mablag’lari yoki o’zga mol-mulk bilan operatsiyalarni 
amalga oshiruvchi tashkilotlarning majburiyatlari belgilanadi, shuningdek, 
ushbu sohadagi xalqaro hamkorlik masalalariga doir bir qator blanket 
normalar, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va 
terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi nizolar hamda 
tegishli qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik belgilangan. 
Terrorizmga qarshi kurashish sohasidagi qonun hujjatlari konstitutsiyaviy 
prinsiplar va normalarga, shu jumladan fuqarolarning qonuniy manfaatlari, 
huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan konstitutsiyaviy 
prinsiplar va normalarga qat’iy tarzda muvofiqdir. 
Biroq O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida faqat davlat 
hokimiyati va boshqaruvi organlarining milliy xavfsizlikni ta’minlash 
borasidagi faoliyatigina emas, balki fuqarolarning o’z mamlakatini himoya 
qilish majburiyatlari ham belgilangan. Chunonchi, 52-moddaga muvofiq 
“O’zbekiston Respublikasini himoya qilish – O’zbekiston Respublikasi har 
bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy 
yoki muqobil xizmatni o’tashlari shart”.
Milliy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida xalqaro tuzilmalarda 
ishtirok etish prinsipini konstitutsiyaviy mustahkamlash quyidagi qat’iy 
(nazariy) nuqtayi nazarlarga asoslanadi. Birinchidan, bu – xavfsizlik 
yaxlitligi, uzluksiz holatligi va hadsiz-hududsiz ekanligini tushunishdan 


725 
iboratdir
302
. Ikkinchidan, har bir mustaqil mamlakatning o’z milliy 
manfaatlariga muvofiq, o’z mustaqilligi va barqarorligini ta’minlash 
maqsadi bo’lishi lozim. U yoki bu xalqaro tuzilmalarda va kollektiv 
xavfsizlik shartnomalarida qay darajada qatnashishini ularning 
o’zi belgilash huquqi nazarda tutilishi zarur
303
. Uchinchidan, “Hozirgi 
sharoitda xavfsizlik faqat kollektiv bo’lishi mumkin. U hamfikr 
davlatlarning birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan, ularning imkoniyatlarini 
birlashtirish bilan ta’minlanadi”
304

Milliy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida xalqaro tuzilmalarda 
ishtirok etish konstitutsiyaviy prinsipi O’zbekiston Respublikasining
2001-yil 22-mayda qabul qilingan “Mudofaa to’g’risida”gi, 1996-yil
26-dekabrda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy 
faoliyatining asosiy prinsiplari to’g’risida”gi, 2012-yil 11-sentabrda 
O’zbekiston Respublikasi qonuni bilan tasdiqlangan “O’zbekiston 
Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi”da, 2000-yil
15-dekabrda qabul qilingan “Terrorizmga qarshi kurash to’g’risida”gi, 
2018-yil 9-yanvarda O’zbekiston Respublikasi «Mudofaa doktrinasi 
to’g’risida”
305
qonunlarida hamda O’zbekiston Respublikasining 
Milliy xavfsizlik konsepsiyasida yanada rivojlantirildi. Chunonchi, 
O’zbekiston Respublikasining “Mudofaa to’g’risida”gi Qonunida mudofaa 
sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplaridan biri xalqaro huquq 
normalariga muvofiq kollektiv xavfsizlik tizimlarida ishtirok etish, 
shuningdek, mudofaa vazifalarini hal etish uchun tashqi siyosiy 
xarakterdagi choralarni ko’rishdan iborat ekanligi ko’rsatib o’tilgan. 
Shuningdek,Qonunda 
“O’zbekiston 
Respublikasi xalqaro huquqning 
yakka tartibda va kollektiv tarzda mudofaalanishdan iborat bo’lgan 
huquqni mustahkamlovchi umume’tirof etilgan normalari va prinsiplariga 
asoslanib, harbiy qurilish, tinchlik va xavfsizlikni saqlab turish sohasida 
boshqa davlatlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi” deb aytilgan 
23-modda ham bor. Shu bilan birga, bu faollik mafkuraviy jihatdan
fikrini o’zgartirishlarga asoslanmasligi lozim. Bunday yo’l bugungi kunda 
ham kuzatilmoqda.
302
Қаранг

И
.
А
.
Каримов

Ўзбекистон
XXI 
аср
бўсағасида

хавфсизликка
таҳдид

барқарорлик
шартлари
ва
тараққиёт
кафолатлари
.– 
Т
. 6. 
Тошкент
. “
Ўзбекистон
”, 1998. – 
Б
.37. 
303
Ўша
жойда
38-39-
бетлар

304
Ўша
жойда

Б
.147. 
305
Ўзбекистон
Республикаси
«
Мудофаа
доктринаси
тўғрисида

ги
қонуни

Қонун
ҳужжатлари
маълумотлари
миллий
базаси
, 10.01.2018 
й
., 03/18/458/0537-
сон


726 
Shu bilan birga, “milliy xavfsizlik”ning qamrov doirasidagi 
asosiy vazifasi uning ob’ekti va subyekti tushunchasini belgilashdan 
iboratdir. Binobarin, har bir davlat o’zi duch kelayotgan xavf-xatarni 
yengib o’tishga mintaqaviy va dunyo miqyosidagi omillar ta’siri 
doirasida va o’z imkoniyati darajasidagi mavjud barcha resurslarni 
yo’naltiradi. Darhaqiqat, “Har bir mintaqada xavfsizlikni ta’minlash 
muammolari muayyan mohiyatga ega. Shuningdek, har bir mintaqaning 
o’z xususiyatlari, o’z tahdid manbalari va xavfsizlikni saqlash omillari 
bor”
2
. Bundan tashqari, “milliy xavfsizlik” tushunchasi o’z ichiga tashqi 
siyosatda milliy manfaatlarni himoya qilish, texnogen va ekologik 
xavfsizlikni ta’minlash, mamlakatning siyosiy, ijtimoiy-madaniy va 
iqtisodiy hayotida shaxs kamoloti va jamiyatning barqaror rivoji singari bir 
qator sohalarni ham qamrab oladi.
Mazkur masala O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat 
Mirziyoyev tomonidan ta’kidlanganidek, “Oldimizda turgan navbatdagi 
muhim vazifa – yaratib berilagn imkoniyat va vakolatlardan to’liq 
foydalanib, fuqarolarimiz, jamiyat va davlatimiz xavfsizligini hamda 
konstitutsiyaviy tuzum himoyasini ta’minlashdan iborat”
3
.
3063

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish